• N E M IS TEATRI
  • Xayner Myuller (1929-y. tugilgan) o z faoliyatini jumalist sifatida boshlab, dramaturgiyaga 1957-yili «Yulgich» pyesasi bilan kirib keldi. 254
  • S tursunboyev jahon teatri




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/134
    Sana27.09.2024
    Hajmi9,43 Mb.
    #272697
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134
    Bog'liq
    Jahon tetri tarixi

    NAZORAT SAVOLLARI
    1. U rushdan 
    keyingi 
    yillarda 
    «neorealizm», — voqelikni 
    haqqoniy aks ettirish uslubi orqali italyan san ’ati, xususan, kinosi- 
    ning jahon miqyosiga chiqishi. Eduardo De Filippo yirik aktyor, 
    rejissyor va dram aturg sifatida. De Filippo asarlarining zamonaviy 
    dolzarbligi ularning xalqchilligida ekanligi.
    2. «Pikkolo Teatro di Milano* doim iy ishlovchi dram a 
    teatrining paydo bo'lishi. J. Strelerning yirik dram a rejissori va teatr 
    asoschisi sifatida ko'rinishi. Strelerning ijodiy izlanishlari tufayli 
    italyan sahnasi milliy va jah o n dramaturgiyasi asarlarining haqiqiy 
    talqinchisiga aylanishi.
    N E M IS TEATRI
    U rushdan keyingi dastlabki yillarda nem is teatri fashizm 
    hukmronligi davrida o'zga yurtlarda m uhojirlikda bo'lgan atoqli 
    adib va dram aturglarning asarlari asosida o 'z repertuarini shakllan- 
    tirib bordi. Bular Fridrix Volf, Bertolt Brext, Karl Gryunberg kabi- 
    lar asarlari edi.
    T eatr dram aturglarning yangi avlodini kutardi. U lar 50-yillar- 
    ning boshlarida yetishib chiqa boshladilar. Sharqiy G erm aniyada 
    Xayner M yuller, Peter Xaks, G 'arb iy G erm aniyada Rolf Xoxxut va 
    Peter Vays shunday dram aturglardan edi.
    Xayner Myuller 
    (1929-y. tug'ilgan) o 'z faoliyatini jumalist sifatida 
    boshlab, dramaturgiyaga 1957-yili «Yulg'ich» pyesasi bilan kirib keldi.
    254


    M yuller 
    pyesalari 
    zamonaviy 
    yoki 
    o'tm ish 
    mavzesida 
    bo'lishidan qati nazar, dolzarb m uam m olarni olg'a surishi bilan 
    ajralib turadi. Uning «Jang» (1975) pyesasida fashizmning davlat 
    tepasiga kelishi va uning so'nggi talvasali kunlari bo 'rtm a usulda 
    ifoda etildi. Asardagi ba’zi lavhalar tasaw urga sig'mas darajada 
    uqubatli, m ash’um ona holatlarni ko‘z oldimizga keltiradi, undan 
    inson zotining hadsiz alam -iztirob, ingroqlari eshitilib turadi. 
    M yuller asarlari timsoliy ohanglarga boy bo'lib, ular o 'z mohiyatiga 
    k o 'ra musibatli va iztiroblidir.
    M yullem ing «Germ aniyaning Berlinda mahv bo'lishi (1975), 
    «G undlingning hayoti* (1981) kabi pyesalari nemis tarixining fojiali 
    kechmishini aks ettirishga qaratilgan. Ularning barchasida m urak­
    kab timsoliy tasvir va tasaw urlarga duch kelish mumkin. G er­
    m aniya vatan timsoli yanglig', xalqning shon-shavkati va sharm an­
    dali o'tm ishi ifodasi tarzida, ogohlikka chaqiruvchi qadriyat tarzida 
    nam oyon topgan.
    M yuller uzoq vaqt davomida Brextning «Berliner Ansambi* 
    teatrida adabiy emakdosh bo'lib ishlagan va barcha pyesalari dast- 
    lab shu teatrda qo'yilgan.
    P e te r 
    Xaks 
    (1929) ham ilk pyesalarini shu teatrda ishlagan 
    chog'ida yozgan va shu yerda qo'yishga erishgan. Xaksning bir qa­
    to r asarlari qadimgi sujetlar asosida yaratilgan. Bu borada u Berxt 
    tajribalaridan foydalandi va goho ustoz bilan m unozaraga ham 
    kirdi. D ram aturg ijodida san ’atkorning jamiyatdagi o 'rn i masalasi 
    ayniqsa keng falsafiy teranlik bilan ko'zdan kechirilgan. Uning 
    m asharaom uz tarzda yozilgan «Amfitrion» (1985) kinoyaviy pyesasi 
    aynan shu mavzuga bag'ishlangan.
    Xaks pyesalarida qadimgi sujet, rivoyat qahram onlari qatori 
    tarixiy shaxslar ham ko'plab uchraydi. «Senekaning o'lim i», (1978) 
    qadimgi rim faylasufi Senekaning o'lim ga tik borishi, m ardonavor 
    shaxs ekani ifodalanadi. Xaksning «Ilhom» (1981) pyesasida ham 
    chin insoniy qadriyatlar haqida so'z boradi.
    G 'arb iy G erm aniyada «hujjatli drama» deb ataluvchi yangi 
    dram aturgning paydo bo'lishi bilan nemis dramaturgiyasi jahon 
    sahnasiga chiqadi.
    «Nemis hujjatli dramasi»da fashizmning tub ildizi, insonning in- 
    sondan bezishi, mutelik kabi muamm olar falsafiy nuqtayi nazardan 
    tadqiq etildi. Bu dramaning kuchi shundaki, unda o'tm ish voqealari 
    shunchaki izohlanmay, balki tahlil etib beriladi. Bu dramaning asosiy 
    maqsadi fashizm tufayli xalqning boshiga tushgan fojialaming takror- 
    lanishiga yo'l qo'ymaslik muddaosi bilan izohlanadi.
    255


    R olf Xoxxut (1931-y. tug'ilgan) «Noib» dram asida voqea Rim, 
    Berlin va Osvensimda ro ‘y beradi. Pyesa ikkinchi jahon urushi dav- 
    rida Rim cherkovi tarixiga oid hujjatlar asosida 1963-yilda yozilgan. 
    Xoxxut o ‘z asarida yahudiy aholisini yo‘q qilishda fashistlar qanday 
    «tadbir»larni sobitlik bilan amalga oshirganliklari haqida so ‘z och- 
    gan edi. Bu «tadbir»lardan ham m a qatori Rim Papasi Piyem XII 
    boshliq cherkov doirasi voqif, lekin biron-bir zot bu qatli om ning 
    oldini olish haqida lom -m im dem agan. U lar yovuzlikka qarshi qar- 
    shilik ko'rsata olar edi; lekin fashist hukm dorlar bilan orani buzi- 
    shni istashmaydi. Rim Papasining yaqinlaridan Rikardo Fontan 
    Vatikanga ta ’sir ko'rsatishga harakat qilib ko'radi, biroq hech kim 
    aql-idrok va vijdon ovozini eshitishni istamaydi. Rikardo Fontan 
    norozilik ramzi tarzida ko‘kragiga olti qirrali yulduz taqib, o'lim ga 
    m ahkum etilgan yahudiylar taqdiriga sherik ekanini e ’lon qiladi. 
    «Noib» dram asida sliaxs jam iyat va davlat orasida o'zaro m unosa- 
    bat, har bir kishining olam da kechmish voqealar oldida m as’ulligi 
    kabi m asalalar realistik tarzda talqin etildi.

    Download 9,43 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish