NAZORAT SAVOLLARI
1. Jon Osborn «Alamzada yoshlar* dramaturgiyasi yetakchisi —
sorboni sifatida: Uning «Qahr ila boq* asarining «Royal Kort* teat
rida qo'yilishi ingliz teatrida yuz bergan burilish nuqtasi ekanligi. Nega
bosh qahramoni Jimmi Porter bo'lgan bu asar keng shuhrat qozondi?
Adiba Sheyla Dileni «Asal mazasi* pyesasi bilan yoshlarga po-
etik teatr uchun yo‘l ochganligi; Dileni qahram onlari shikasta qalb,
nozik didli insoniy timsollar ekani.
2. Ingliz sahnasida Shekspir asarlarining yangicha talqin etilishi.
L. Olivye rahbarligida «Miiliy teatr»ning ochilishi. Olivyening Otello,
Sheylok rollarni irqiy tengiik mavzusi nuqtayi nazaridan talqin et-
ganligi.
Pol Skfild va Piter Brukning Shekspirning «Romeo va Jul
yetta*, «Hamlet», «Qirol Lir* asarlari ustidagi izlanishlari. Skofild
M erkutsio, Ham let va Lir rollarida.
Piter Brukning teatr ifoda omillarini yangilash ustidagi izla
nishlari va olam shum ul muvaffaqiyatlari.
251
~ ITALIYA TEATRI
1950-yillaming boshlarida Italiyada xalqaro miqyosda e ’tirof
etilgan san’at dunyoga keldi. Bu, aw alo , kino san’atida «neo-
relizm» nom i bilan o 'z ifodasini topdi. Roberto Rasselinining «Rim
ochiq shahar* filmi italyan kinosidagina em as, shu qatori um um ja-
hon kino san’atida ham yangi davrni boshlab berdi.
Urushdan keyingi italyan dramaturglari orasida ikki yirik dram a
turg alohida o'rin tutadi. Bular realist san’atkorlardan Alberto M ora
via va Eduardo De Filippo edi. Birinchisi tez-tez teatrga murojaat
etuvchi adib hisoblansa, ikkinchisi aktyor, rejissor va dramaturg sifa
tida koTindi. M oravia asarlari teatrga aylanuvchi adabiyot bo'lsa, De
Filippo komediyalari adabiyotga aylanuvchi teatrdir.
Eduardo De Filippo (1900—1984) bolalik chog'idayoq o'zini te
atr quchog'iga urgan edi. U 1916-yili birinchi ustozi Eduardo Skar-
pet truppasiga kiradi va opasi Titana bilan birgalikda rollar o'ynaydi,
1930-yili esa opasi va ukasi Peppino bilan o 'z truppasini tuzadi.
Eduardo De Filippo dramaturgiyasi urushdan keyingi yillarda
gullash bosqichiga kiradi. U «Neapol — millionerlar shahri* (1945),
«Filum ena M arturano» (1946) asarlari bilan Italiyaning eng yirik
realist san ’atkorlari qatoriga kiradi.
Eduard
De
Filippo
asarlari
hozirjavobligi
bilan
to-
m oshabinlarni o'ziga m aftun etardi. U italyan zamonaviy hayotini
chizishga juda usta edi. «Komediya san’ati* (1965), «Silindr»
(1966), «Shartnom a» (1967), «Haykal», «lm tihon hech qachon tu-
gamas* (1973) kom ediyalari italyan dramaturgiyasining eng sara
nam unalariga aylandi. 1973-yili eng sara dram atik asarlari uchun
xalqaro m ukofot berilar ekan, u o 'z ijodi haqida shunday degan
edi: «M ening pyesalarim asosini shaxs bilan jam iyat o'rtasidagi zid-
diyat belgilaydi. Voqea odatda biron-bir hissiy xatti-haraktdan
boshlanadi.
Kimsa
adolatsizlikdan
noliydi,
nobop
odatlarni
la’natlaydi. M eni ijtimoiy m a’nosi to r g'oya qiziqtirm aydi, negaki,
m a’nosi to r narsaning jam iyatga nafi tegmaydi... Agar m ening pye-
sam da sakkiz personaj bo'lsa, to'qqizinchisi tom oshabindir. Aynan
tom oshabinga asosiy diqqatim ni qaratam an, negaki m ening shubha
va andishalarim shu tom oshabin orqali ravshan tortadi*.
Eduardo De Filippo komediyalarida sahna bilan tom oshabin
orasidagi o'zaro bog'liqlik o 'ta tig'izdir. Shu m a’noda san’atkorning
estetik m uddaosini yaqqol aks ettiruvchi «Komediya san ’ati* pye
sasi e ’tiborlidir. U n d a muallifning san ’atga nisbatan yuksak fu-
qarolik talablari o 'z ifodasini topgan.
252
|