siljib,
dorilfunun
ilmini
olsa-da,
biron-bir
imtiyozga
ega
bo io lm ag an , birgina qandolat d o ‘koniga ega Ham let edi. U
yigirma yoshdan o 'ttiz yoshgacha b o ig a n yoshlar nom idan so‘z
ochib, jam iyat tartibotiga qarshi bosh ko'taradi. U nda jam iyatni
qayta qurish niyati yo'q; g'avg'o solishning o ‘zi uning uchun
murosasizlik, o'zgacha yashashga d a ’vat edi. Osborn qahram oni
tom oshabinlar oldiga o'ylashga d a’vat etuvchi ko‘pdan-ko‘p savol-
lam i to ‘kib soladi. O sbornning o ‘zi
ham keyincha bu savollarga
javob topishga urinib ko'radi. U ham o ‘z qahram oni kabi bu savol
larga javob topolm ay, ko‘pincha inkor etish yo'lini tutadi.
Osborn «Lyuter» (1961) pyesasida protestant islohchisi M artin
Lyuter shaxsiga m urojaat etib, zam onaviy g'arb ziyolilari axloqiga
tegishli m uam m olam i tahlil etishga intiladi. Dram aturg voqealarni
keng va tarixan haqqoniy ko'zdan kechirishga harakat qiladi.
Lekin
uni, aw alo , o 'z taqdirini xalq taqdiri bilan bogiagan, pirovard
natijada esa xalqqa xiyonat qilgan doktor M artin Lyuterning
m a’naviy olam i, ichki kechinm asi qiziqtirgan edi. Dastlabki sah-
nalarda Jim m i Porter singari soxta qadriyatlar olamiga qarshi isyon
ko'targan M artin hokim iyat
doirasiga yaqinlashgach, oxiri o 'z
e ’tiqodiga xiyonat qilgan «o'zingni bilu o'zgani qo'y» qabilidagi
xudbin shaxsga aylanadi. O sbornning fikricha Lyuterning fojiasi
«o'zingni bil..?» qoidasiga e ’tiqod qo'yishida edi.
Sheyla Dileni (1939) o 'z pyesalarida ayollik qalb ehtiroslari bi
lan insoniy ezguliklam i tarannum etgan adibadir. U o'zining bi
rinchi — «Asal mazasi» (1958) degan pyesasidayoq oddiy, aniq va
tushunarli hayotiy 'hodisa bilan m aydonga chiqdi. Bu insoniy
do'stlik,
sabr toqatlilik, saxiylik haqidagi pyesa edi.
Asar qahram onlari — o 'n yetti yoshii sohibjamol qiz Djo va
uning tirikchilik dardida fohishalik yo'liga kirib ketgan onasi Ellen
xonimlardir. Djo onasi ketgach, xarob kulbalarda tunlari o'zi qolib,
yolg'izlikda yo'qchilik azoblarida o'ssa-da, lekin o 'z sha’nini oyoq
osti qilmaydigan ayollik g'ururi baland qiz tarzida balog'atga yetadi.
Lekin u bir qora tanli yigitga ilakishib, undan hom ila orttirib, hay-
otda qattiq qoqiladi. Shu asnoda Djo
uyida jism an zaif Jefning
paydo bo'lishi bilan har ikkalasining baxti kuladi. Sheyla Dileni
uchun navqiron bir qiz bilan zaif kishining er-xotinlik masalasi qi-
ziq emas edi. U ni sof insoniy do'stlik masalasi qiziqtirardi. D ram a
turg pyesadagi kishilarning o'zaro m unosabatlari silsilasini m uno-
zara tarzida tuzdi. Djo va J e f bir-birlarining quvonchi va tayan-
chiga aylanadilar. Asal mazasi — bu bir-birini anglash va do'stlik
gashtini surish dem ak. Pyesaning yuksak poetik shukuhi shundadir.
248
Dileni dramaturgiyasi «poetik teatr* qoidalariga asoslangan;
uning
pyesalarida inson kechmishi, ko'ngil sharhlari ufurib tursa,
bas, voqealar uyg‘unligi, izchillik kabi jihatlar o ‘z-o ‘zidan tug'iladi,
deb tushundi u.
Dileni qahram onlari Jim mi Porterdak ayyuxannos solmaydilar;
ular shikastaqalb, q at’iy va sobitligi bilan nobop tuzim arkonlariga
qarshi norozilik ko'rsatadilar.
«Alamzada yoshlar* dramaturgiyasi ingliz sahnasini chinaka-
miga yangilashga olib keldi. Lekin, oradan o ‘n yil o'tgach, bu
harakat tanazzulga yuz tuta boshladi. 1960-yillarning o'rtasidan
dramaturgiyaga eng yosh qalam kashlar kirib kela boshlaydi.