Piter Bruk — Angliyaning nomi chet ellarda keng m a’lum rejis-
sorlaridan
biri.
1970-yili
uning boshchiligida
Parijda
teatr
tadqiqotchiligi Xalqaro Markazi tashkil topadi. Bruk Parijga kelib,
turli m am lakatlar aktyorlari ko‘rigini o ‘tkazadi va shu bahonada si-
yqa andozalardan holi, erkin ijod qilishga qodir malakali aktyorlar
tarkibida kichik truppa tuzadi: U teatr tadqiqotchiligi zimmasiga
yer yuzida yashovchi har bir insonga tushunarli
teatr shakllarini
tiklash vazifasini qo'ygan edi. U teatrni yangilash vositalarini izlab,
xalq tom osha shakllariga murojaat etadi. O vro'po va Sharq teatri
ning qadimgi a n ’analarini tiklaydi. 1991-yili Piter Bruk 0 ‘zbe-
kistonda
bo'lganida
Qashqadaryo
«Muloqot*
studiyasining
«Jononga bordim bir kecha* (H am zaning «Kim to ‘g‘ri?» asari
asosida) spektaklini ko‘rib, uning xalq qiziqchilik teatri a n ’analariga
asoslanganligiga yuqori baho berdi va P. Bruk tashabbusi bilan
m azkur asar o ‘sha yili «Avinon festivalida* namoyish etildi.
Piter Bruk aktyor bilan tom oshabin orasidagi to'rtinchi devorni
yo'qqa chiqaruvchi vositalarni aktyomi ichki zo'riqishlardan xalos
etish yo'llarini izlaydi. Shekspirning «Afinalik Timon* (1974), «Har
narsaning m e’yori yaxshi* (1978),
1985-yili
yaratilib, so'ng
Toshkentda namoyish etilgan 7 soatlik «Mahobhorat* spek-
takilarida Piter Bruk teatrning ifoda imkonlari naqadar kengligini
namoyish etish maqsadlarini olg‘a surgan edi.
T R i