ulug'vor teatr tom oshalarini yaratdiki, bu
xalqni teatrga yaqinlashti-
rishda fransuz sahnasi tarixida favqulodda yangi voqelik edi. Vilar-
ning bu boradagi izlanishlari Avinon festivallaridan boshlangan edi.
1947-yili Provans Avinon shahrida Vilar boshchiligida «Fran-
suz dram a san’atining birinchi festivali» o ‘tkazilib, ushbu festival
o ‘sha chog‘dan har yili yoz kezlari «Avinon festivali* nom i bilan
xalqaro miqyosda o ‘tkaziladigan bo'lib qoldi. Vilar o ‘z teatriga
J. Filip,
Daniel Sorano, M ariya Kazares kabi iste’dodli aktyorlarni
jalb etgan edi.
Jerar Filip
(1922—1959) qahram onona rom antik ruhdagi ak
tyor bo'lib, u Kornelning «Sid» asaridagi Rodrigo rolini Fransi-
yaning buyuk kelajagi, shon-shavkati deya
kurashgan siymo tarzida
talqin etdi. Uning Rodrigosi Sheyo saroyi sahnasida qaynab
jo'shgan holda paydo bo ‘lar ekan, tom oshabinlar olqishlar bilan
kutib olardi. Jerar Filipning yana bir qahram oni qalbi jo 'sh q in
vatanparvar, hayolparast gam burg shaxzodasi (Kleystning «G am -
burglik shahzoda*) bo'ldi.
Jan Vilar «Milliy Xalq teatri»da Sofoklning «Antigona», Brextning;
«A nur Uining martabasi» (Vilarning o'zi Artur Uini o'ynagan),
Gyugoning «Mariya Tyudor», Molyeming «Don Juan*, Aristovanning
«Tinchlik» (o'zi Trigey rolida) kabi asarlami sahnaga qo'yadi.