S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

FRANSUZ TEATRI
JAN POL SARTR (1 9 0 5 -1 9 8 5 -y .)
Jan Pol Sartr yirik nasr ustasi va ekzistensializm falsafa mak- 
tabining nufuzli rahbari sifatida tanilgandan so'ng dramaturgiyaga 
kirib keldi. Ijodiyotda u m a’lum m a’noda o 'z falsafiy qarashlarini 
ifoda etdi. Tarixiy sababiyat inkor etiluvchi bu falsafiy maktabda 
asosan 
axloqiy m uam m olar 
idrok etiladi: 
foniy dunyoning 
o'tkinchiligi, olam da yuz beruvchi har bir narsaning insonga 
bog'liqligi va uning alohida m as’ulligi bu falsafa tizim ining asosiy 
m uam m olaridan hisoblanadi.
242


Sartr asarlari — inson borliqning intiqomli sinovlariga bardosh 
bera oladim i-yo‘qm i, bu uning musibatli lahzalarda eng maqbul 
«ezgulik yo'li»ni tanlashiga bog'liq, degan falsafiy qoidasiga 
asoslangan. Sartr qahram onlari «ilojsizlik» vaziyatida tayanch izlash 
azobi og'ushida ko'rinadilar va shundan uning pyesalari masal- 
m atal shakliga ko‘chib, falsafiy m a’no kasb etib boradi. Sartr o 'z 
fikr-o‘yini inson ruhiy olam ining tub-tubiga qaratadi, ruhiy 
ulug'vorlik, insonning kuch-qudratini k o 'z-k o 'z qilishga intiladi. 
Sartrning aql-idrok ustuvorligi g'oyasi fashizm istibdodiga qarshi 
qaratilganligi uchun ham urush yillari bu g'oya alohida qadr topdi.
Sartr «Bibliya»dan olingan birinchi pyesasini 1940-yili qam oq- 
xonada yozdi va shu bo'yi teatrning targ'ibot minbariga aylanishini 
ko'zlab, «Pashshalar» (1942) asarida qarshilik harakati g'oyalarini 
ifoda etishga harakat qildi. Asami Shari Dyullen sahnaga qo'ydi va 
chindan-da, bu pyesa urush yillari d a’vatnom aga aylandi.
Sartr «Pashshalar»da Orest haqidagi qadimgi rivoyatdan foy- 
dalanib, xo'rlangan, lekin bo'yin egmagan Fransiya haqida so'z 
ochgan edi. Tom oshabinlar Orestni qarshilik harakatining qah- 
ram oni tarzida qabul qilgan bo'lsalar, Kletemnestrani kelishuv- 
chanlik, murosasozlik g'oyasining ifodachilari tarzida qarshi oldilar. 
Itoatda yashashga o'rganib qolgan Argos xalqi Orest tom onidan 
m ustabid hukm dorning o'ldirilishini g'ashlik bilan qarshi oladi. 
Orest betayanch bo'lib yolg'izlanib qoladi, uning ozodlik haqidagi 
ezgu intilishi armonga aylanadi. Lekin qilmishidan afsus chek- 
maydi, aksincha, ko'rsatgan jasoratini o 'z iroda kuchining tasdig'i 
tarzida baholaydi. Pyesa qahram onlarining yurt ozodligi haqidagi 
o'y-m ulohaza, jo'shqin chaqiriqlari parijliklarda vatanparvarlik 
hissini uyg'otm ay qolmadi. Orest: «Parvardigorning karami keng. U 
shafoatini darig' tutmas», degan umidvorlik bilan yaqin orada 
Fransiya ozodlikka chiqishini bashorat qiladi.
Jonli obrazlarni siyosiy va falsafiy tarafkashlik ruhida ifodalash 
S artr ijodining keyingi bosqichida yetakchi o'ringa chiqadi. «Berk 
eshik ortida» (1944) degan bir pardali pyesasi muallifning shunday 
falsafiy qarashlari aks etgan asar hisoblanadi. Voqelikka tarafkashlik 
ruhida qarash uning «Harom qo'llar» (1948), «Dafnsiz qolgan 
murdalar» (1946) pyesalarida ham o 'z ifodasini topgan.

Download 9,43 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish