NAZORAT SAVOLLARI
1. G . Lorka poetik dram a san ’atining ulkan nam oyandasi sifa
tida; Lorka asarlarida erkin sevgi, erkin shaxs mavzuyining taran
num etilishi; Lorkaning «D ehqonlar tragediyalari* turkum iga kiruv-
chi «Qonli to ‘y» dram asida m aishiy turm ush tarzi qay tarzda shoi
rona timsoliy ifoda vositasiga aylangan? «Qonli to'y* asarining
M uqimiy nom li musiqiy teatrdagi talqini haqida nim a deya olasiz?
2. Lorkaning «Bam arda Alba xonadoni* dram asida tashqarida
kechuvchi voqea tasviri orqali inson ruhiy olam ini ochishda
nam oyon bo'lgan m ahorati haqida so'zlab bering.
AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI TEATRI
Amerika Q o'shm a Shtatlarida teatr san’ati XX asming dastlabki
o 'n yilliklarida tarkib topdi. Amerika dramaturgiyasi Ovro'po dra-
maturgiyasidan orqada qolgan edi. Yangi asr boshida Mark Tvenning
qudratli realistik ijodi ta ’siri ostida Amerika adabiyotida T. Drayzer,
E. Sinklar, S. Lyunsdek izchil naturalist adiblar maydonga chiqadi.
Teatmi esa tijorat tizimi egallaydi. Sahna san’ati chayqovchi antrep-
renyorlar qo'liga o'tib ketadi. Dramaturgiya va teatr sohasida 1920-
yillardan keskin o'zgarish yuz bera boshlaydi. Ba’zi Amerika teatr tan-
qidchilari O 'N ilning «Ufq ortida* pyesasi qo'yilgan 1920-yilni
zamonaviy AQSH teatrining boshlang'ich sana deb hisoblaydilar.
O 'N il ijodining ahamiyatini AQSHda adabiyot sohasida birinchi
bo'lib Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan adib S. Lyuis juda aniq
ta ’riflab bergan: «0'N ilning Amerika teatri oldidagi xizmati shunda
bo'ldiki, u qandaydir o'n-yigirm a yil ichida bejoqli soxta komedi-
yadan iborat dram am izni butkul o'zgatirib yubordi va o'zi yaratgan
drama bilan ulug'vor, dahshatli va ulkan olam barpo etdi».
YUJIN O'NIL (1888—1953-y.)
Yujin O 'N il atoqli aktyor Jeym s O 'N il oilasida tug'ilgan. U
otasi ishlagan teatr yo'laklarida yurib katta bo'ladi, Prinston doril-
232
fununida bir yilcha o'qidi, so'ng mustaqil hayot kechirish yo'liga
kiradi. 1916-yili «Provinstaun* teatriga yaqinlashadi va 1920-yillar
davom ida shu teatr bilan hamkorlikda ishlab, pyesalarining sahna
yuzini ko'rishiga erishadi «Kit yog'i*, «Ufq ortida* (1919), «Anna
Kristi* (1921), «Alvasti maymun» (1922), « Bashar bolalarinino
barchasiga qanot berilgan* (1923), «Qayrag'och soyasida* (1924)
shunday dram atik asarlardir.
Bir pardali «Kit yog‘i» pyesasi 0 ‘Nil ijodining ilk bosqichi
uchun ibrat bo'larli asardir. Voqea ikki yildan buyon, um m on qarida
suzayotgan kit ovlash kemasida ro‘y beradi. Dengizchilardan omad
yuz o ‘girgan edi: kemani muz qoplab olgan, omborlar bo'shab qol
gan deginzchilar uyga qaytishni talab qilar, kapitan Kini esa dengiz-
chilarning iltijolariga qaramay, m atonat bilan shimolga intilar «shay-
tonga qasd qildim», kit yog‘ini qo'lga kiritmay uyga qaytish yo'q, der
edi. U pul topish dardida yoki qandaydir sarkash g'urur, o'jarlik ep-
kini emas, balki qalbining tub-tubidan otilib chiqayotgan botiniy bir
kuch uni shimol tom onga da’vat etayotganini safdoshlariga tushun-
tirmoqchi bo'ladi. Bu shunday aqlbovar qilmas har qanday to'siq va
qiyinchiliklardan ustun turuvchi kuch edi.
Pyesada tasvir etilgan shart-sharoit, fe’l-atvorlarning haqqoniy
va ishonarligi e ’tiborga molikdir. M uallif hayotiy haqqoniy dalillar
asosida inson hayotini um umlashtirish, uning fe’l-atvorini falsafiy
idrok etishga o'tadi.
O 'N il pyesalarida shaxs va uning olam bilan murakkab m u-
nosabati masalalari tadqiq etiladi. Dramaturg qahram on qalbining
tub-tubiga kirishga intiladi. Kapitan Kinining «Tabiat xurujiga zid
o'laroq, aql bovar qilmas* tnaqsad sari intilishi qiziq, O 'N il uni
olg'a sudrayotgan kuch nim ada ekanligini aytmaydi. Bu dengiz
hukm i, inson tabiatining qandaydir ichki d a’vatidir. «Kit yog'i*
pyesasi boshdan oyoq yaqinlashib kelayotgan falokatni tahlikali
kutish ruhi bilan sug'orilgan.
1921-yili sahnaga qo'yilgan «Anna Kristi* asari muallifni bir
inchi darajali Pulitser mukofotiga sazovor etdi. Pyesa asosida asar
qahram oni Anna Kristini ko'm ir tashuvchi kema kapitani — otas
Kris Kristofersonning uyiga kelishi voqeasi yotadi. Anna vafot et-
gach, besh yoshligida G 'arbdagi qarindoshlarinikiga yuborilgandan
buyon o 'z otasini ko'rm agan edi. Ishratxona, qam oqxona bormi,
kasalxonam i, jam iki do'zax azobini ko'rgan yigirma yoshlik Anna
hayotni qayta boshlash ilinjida, otamga ortiqcha dahm aza bo'la-
m anm i, degan hayollar bilan otasinikiga kirib keladi. Lekin ishlar
boshqacha bo'lib chiqadi, kapitan mehribon, e ’tiborli ota edi. Anna
233
qalban qayta tug‘iladi, dengiz sohilida M et Berk degan dengizchi
bilan topishib, sevishib qoladi. Berk ko‘nglini rom etgan Annaga
uylanishga tayyor, lekin A nnaning o'tm ishini bilm og'i shart. An-
naning o'zi ham otasi ham shuni istaydi. Annaning ayanchli
o ‘tm ishi, tavba-tazarrulari Berkni ham , otasini ham larzaga soladi.
Berk va Kristi kemaga yollanib dengizga suzib ketadilar, Anna esa
ulam ing qaytishini kutib qirg'oqda qoladi.
Asarning sujeti oddiy va bir qadar o ‘kinchli. Agar dengiz obrazi
ko'zga tashlanib turm aganda, m azkur pyesa yo‘ldan toygan ay-
olning axloqiy poklanishi haqida yana bir qissaga aylanishi m um kin
edi. T um an bilan qoplangan shu dengiz pyesada to ‘rtinchi m uhim
ishtirokchiga aylanadi. M uallifning ilk pyesalaridan farqli ravishda
bu yerda dengiz va tum an shunchaki o ‘lim va taqdir misoli emas.
Dengiz mavzuyi musiqiy sayqal misol voqeaga teranlik, ko'lam lik
va nafosat baxsh etib, butun pyesa davom ida jilvalanib turadi.
Pyesa qahram onlam ing qismati dengiz bilan shu qadar bog‘liqki,
dengizning fe’li, ulaning yurish turishi, harakatida aks etib tur-
gandek taassurot qoldiradi:
— Dengiz odamlarga faqat musibat keltiradi, «insonning cha-
tog'ini chiqaradigan jahannam *, deydi qariya Kris. Krisning ikkinchi,
uchinchi va to'rtinchi pardalarda aytiladigan terma qo‘shiqlarda ham
dengizning kishilarga baxtsizlik keltiruvchi «iblisona» fe’li haqida so'z
boradi. Lekin Annaning dengizga qarashlari o'zgacha. Uning o'zi
azob-uqubat keltirgan zaminni, fermani, shahami ko'rgani ko'zi yo'q.
U dengizni darhol sevib qoladi; zero dengiz unga otasining m ehr-
oqibatiyu Berkning muhabbatini hadya etadi. Endigi Anna Berkka
to'la sodiq rafiqaga aylangan edi. Mazkur pyesada O 'N ilning voqelikni
qamrovli ifodalashga bo'lgan intilishi yaqqol ko'rinadi. Hayotiy dalil
va borliq taassurotlari o 'z holicha namoyon bo'lgan holda ayni
chog'da umumlashma m a’no ham kasb etgan edi. Dengizning aynan
ramziy obrazga aylanganligi muallifga qahramonlar taqdirini umumiy
tarzda ta ’riflash imkonini berdi. Uning e ’tiroficha, baxtsizlikning m an-
ba umumiydir. Annaning otasi unga yetkazgan jabr-sitamlari uchun
undan kechirim so'rarkan, qiz shunday deydi: «Sening hech qanday
aybing yo'q, m en ham aybli emasman. Ha, u ham aybli emas. Biz
hammamiz sho'rpeshonalarmiz, hayot hiqildog'ingdan tutib oldimi,
xohlagancha siltayveradi».
Mazkur pyesa inson ruhiyatini tasvirlashda O 'N ilning yangi
bosqichga ko'tarilganidan dalolat beradi. Shu asardan so'ng qah
ramonlaming ziddiyatli, shiddatkor, ichki hayoti uning asarida asosiy
yo'nalishga aylanadi. U inson ruhiyatini xalovatsiz o'zgarish jaray-
234
onida tasvirlashni hush ko'radi. U o'zgalar bilan yuz beruvchi, zohiriy
to ‘qnashuvlar ichga ko‘chib, o'zi bilan o'zi olishuviga aylanganidagina
taqdirlar yechim l topiladi, deb hisoblashi mumkin. Muallif «Anna
Kristi* pyesasida shunday ta’sirli lirik ko'tarinkilik kayfiyatini yarata-
diki, bu pyesa zaminidagi achchiq hayot haqiqatining yanada jiddiy
tus olishiga sabab bo'ladi. Mazkur pyesaning tomoshabinlarda kuchli
taassurot uyg'otib kelganligining sababi ham shunda.
O'Nilning 20-yillar birinchi yarmida yozilgan asarlari orasida
«Qayrag'och soyasida* asari juda katta muvaffaqiyat qozondi. Bu, mual
lif nazdida, yangicha tragediya edi. Asar voqeasi XIX asr o'rtasida yangi
Angliyada yetmish besh yoshii Efraim Kebot fermasida ro'y beradi.
Pyesaning yetakchi ohangi boshdanoq ma’lum bo'ladi. Dramada uch
qahramon zo'r umumlashma darajasiga ko'tarilgan. Bunga muallif ha-
yotiy muhit va qahramonlaming faoliyatini muttasil tasvirlash orqali eri-
shadi. Bu drama — L. Tolstoyning «Zulmat uyasi* asariga o'xshash
dahshatli bir drama. Efraim mulki — xo'jaligiga shu qadar berilganki,
hatto bolalariga bo'lgan mehri buning oldida bir pul. Efraimning o'g'li
Ebin ham mulkparast; shu uyga awal Efraimga, keyin Ebinga xotin
bo'lib kelgan Abbi ham omening fermam*, «mening uyim* qabilida
mulkparastlik kasaliga yo'liqqan ayol. Voqeaiaming rivoji ichki kurashlar
orqali qahramonlar qarashlarida keskin o'zgarishlami sodir etadi. Ebin
bilan Abbi orasida paydo bo'lgan muhabbat mulkchilik hissini parchalay
boshlaydi. Ebbi o'tmishini xotiradan o'chirish, yangi qaylig'i Ebinga
butkul sodiqligini isbotlash niyatida o'z bolasini o'ldiradi. Qahramonlar
og'ir fojiona jazavaga tushish orqali hayotning asl m a’no va mohiyati
nimada ekanini anglashga intiladilar.
Hayot va m om ot jangi oralig'ida sevgining qudratli kuchi va
boylikning behudaligi anglashiladi. «Tutqinlikdayam, o'lgandayam ,
jannatdayam , do'zaxdayam faqat sen bilan birgaman*, deydi Ebin
Ebbiga, muallifning so'nggi izohi: «Ikkovlari yorug' dunyoning
azoblariyu, alam -anduhlaridan holi bo'lib iltifot va hayrat ila
ko'kka boqib qoladi*.
O 'N il psixologik dram alar qatori ekspressionizm uslubiga oid
pyesalar ham yozdi. Ekspressionizm dastlab G erm aniyada rivojlan-
gan bo'lsa-da, u 20-yillar Amerika san’atiga anchagina ta ’sir
ko'rsatgan. O 'N il o'zning ekspressionistik ruhdagi pyesalarida bur-
jua taraqqiyotida ko'ringan jarohatlam i ochib tashladi, zam onning
m uhim ijtimoiy m uam m olarini ko'tarib chiqdi. «Alvasti maymun*
pyesasida tabaqaviy to'qnashuv mavzusini tadqiq etgan b o isa , «Im-
perator Jens*, «Bashar bolalarining barchasiga qanot berilgan*
asarlarida irqiy adovat m uam mosini ko'tarib chiqdi.
235
0 ‘Nilga ekspressionizmning shiddatkorlik xususiyati m a’qul tu-
shdi. Lekin bu uslibning inson fe’l-atvorini tasvirlash tarziga nisbatan
butkul zid fikmi olg‘a suradi. U ekspressionistlaming mavhumlik qoi-
dasiga qarshi chiqdi. U ekspressionistik asarlarda ham insoniy sajiya-
lami to'laqonli aks ettirish qoidasiga sodiq qolaverdi. «Alvasti may-
mun» pyesasidagi Yank obrazi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
O 'N il «Bashar bolalarining barchasiga qanot berilgan» pyesasida
ekspressionistlaming nazariy qoidasidan yana ham chetga chiqqan.
Pyesa Amerikada keskin tus olgan irqiy tengsizlik mavzusiga
bag'ishlangan. Dramaning birinchi qismi ekspressionizm odatdagi qoi-
dalar doirasida yozilgan. Betinim, shitob bilan birm a-bir almashinuv-
hci kichik lavhalarda asosiy qahramonlardan Ella va Jimning yoshlik
choqlari, o ‘zaro oila qurishi va Amerikani tark etishigacha bo'lgan
hayoti tasvirlanadi. Ikkinchi pardada voqea kechimi sekinlashib, uning
o'm ini qahramonlar taqdirida yuz bergan fojiona kechmishning ruhiy
tadqiqi egallaydi. Muallif diqqat-e’tiborni qahramonlaming izdan
chiqqan xasta ruhiyatini tadqiq etishga qaratib, oq tanli Ella va qora
tanli Jimning ijtimoiy va irqiy tengsizlikdan qadr-qimmati, nafsoniyati
toptalib, ruhan ezilib halok bo'lishini ko'rsatadi.
Bu yillarda O 'N il dramaturgiyaning ifoda tilini m ukam m al-
lashtirish ustida ko‘p tajriba o'tkazadi. U ning m iqoblardan foy-
dalanishi, ayniqsa, qiziqdir. O lom onning jam oaviy psixologiyasi va
qiyofasi o'zgarm ay,
ham isha yagona tusga egaligini alohida
ko'rsatish uchun «Alvasti m aym un»da niqoblardan foydalanadi.
Yank o 'z taqdirining ayanchligidan iztirobga tushgan paytda atrof-
dagi kishilar niqobda chiqib, Yankning yolg'izligini yana ham
bo'rttiribroq ko'rsatishga xizmat qilishi kerak edi.
«Ulug' tangri Braun* (1926) pyesasida O 'N il niqoblardan yana
ham keng foydalanadi. Bu boradagi tajribalarni um um lashtirib, u
1932-yili «Niqoblar haqida bayonnoma» degan risola yozadi. O ’Nil
L. Pirandelloning ta ’sirida insonni tushunish uchun uni niqob
ostida ko'rish lozim, - deb yozgan edi. Zero, «Insonning tashqi
hayoti — o'zgalam i anglashdagi yolg'izlik holati, ichki hayoti,
o'zini o'zi anglashdagi yolg'izlik holati», deb shrxladi u.
«Ulug' tangri Braun»da ikki qahram onning har biri ayni ikki-
tadan qiyofaga ega: biri — haqiqiy qiyofasi o 'zi uchun, ikkinchisi—
o'zgalar uchun. Insonning fojiasi shundaki, uning haqiqiy qiyo-
fasini hatto eng yaqin odam lari ham bilolmaydi. S an’atkor uchun
yana boshqa qo'shim cha fojia shundaki, u o'zini o 'zi mujassam
etolmaydi. Q ahram onning asl qiyofasi bilan uning niqobi orasidagi
ziddiyatni sahnaviy ifodalashda niqob yangi im koniyatlar tug'diradi.
236
Q a h ra m o n la r niqoblarni kiyish, yechish orqali o ‘zlarining ongi
tubida yuz berayotgan o ‘zgarishlarni ko'rgazmali tarzda ifoda etish
ga erishadilar. 0 ‘Nil ijodi aynan shu yo'lda, inson qalbi ichki ha
yoti murakkabligini yanada teran va to'la-to 'k is ko'rstish yo'lida
rivojlanib bordi. 1930-yillar bo'sag'asida yaratilgan «G ‘alati inter-
lyudiya* (1928), «M otamsaro Elektra» (1931) dramalari shu
yo'nalishdagi yirik muvaffaqiyatlarga aylandi.
«G'alati interlyudiya» dramasida O'N il nutq san’atining qaysidir
jihatdan «fikr kechimi»ni eslatuvchi yangicha ifoda turini kiritish bilan
qahramonlaming ichki hayotini bo'rttirib ko'rsatishga harakat qildi.
Dramaturg o'z qahramonlari ruhiy hayotining «ostki oqimi»ni
namoyon etish ular fe’liyaning ziddiyatli silsilasi, nozik kechinmalarini
butun bo'yoqdorligi bilan ifodalash maqsadida odatdagi «chetga
so'zlash» usulini «ichki monolog»ga aylantiradi. Qahramonlar shu usul
orqali dilida yashiringan, endi qalb sadosiga aylanadigan, o'ta islohotli
his-kechinmalami ifodladilar. Ruhiy hayot tarsi, «qalb orom-
sizligi»ning o'zi mana men deb o'zini ko'z-ko'z qilayotgandek edi.
O 'N il mayl va beixtiyoriylik masalasini o'rganishga alohida
e ’tibor bergan. Bu borada dramaturgning o'sha davrdagi ijodiga xos
tarzda uni Freyd ta ’limotiga e ’tiqod bilan qarashi ham o'zni
ko'rsatgan. Insondagi tug'm a buzg'unchilik mayllari aql-idrokdan
kuchliroq, degan freydcha ta ’limot kishining iroda-xohishdan qat’iy
nazar fojeiy to'qnashuv yaratish imkonini beradi, deb hisoblagan
edi O 'N il. Dram aturg antic tragediyaga xos baloyi taqdir hukmini
tabiiy mayl xuruji bilan almashtirdi. Lekin ruhiyat nazariyasining
ta ’siri g'oyatda kuchli kezlarda ham O 'N il qahram onlarda ongdan
tashqari mayllar ta ’srini ko'rsatish qatori shart-sharoit, tarbiya in
son taqdirida hal qiluvchi asos ekanini ham tasvirlab keldi.
«M otam saro Elektra» asari voqealari fuqarolar urushining
oxirida Amerikada ro'y beradi. Asar Esxilning «Oresteya» trilogiyasi
bilan bog'liq: voqealar kechinm a, qahram onlam ing nom lari shun-
dan dalolat beradi. Agamemnon - M enon, Orest — Orin, Klitem-
nestra — Kristina nom lari bilan atalgan. Lekin bu yangi davr trage-
diyasidir, unda qudratli va umrboqiy his-kechinm alar inson
axloqini yemiruvchi m uhit doirasida ko'zdan kechiriladi.
1934—
1946-yillar orasida O 'N il « 0 ‘zini o'zi aldagan mulkdor-
lar tarixi» degan epopeyasini yaratadi. 1946-yilgi intervyusida
dram aturg bu epopeyaning falsafiy asoslari haqida to'xtalib, shun
day degan edi: «Men shunday aqidaga suyanamanki, Amerika
Q o'shm a Shtatlari jahonda eng katta yutuq egasi bo'lish o'rniga
eng katta yutqizish egasi bo'lib qoldi. U boshqa biron-bir mamlakat
237
ega bo‘lmagan im koniyatlar sohibi bo'lgani uchun ham shunday
b o ‘ldi. AQSH g'oyatda tezkor rivojlangani holda chinakam iga chu-
qur ildiz ota olmadi. U qalbdan tashqari nim alam idir egallash
orqali qalb orttirm oqchi bo'ldi. Va oxir-oqibatda o 'z qalbidan
ajraldi. Bu haqda «Bibliya»da allaqachon «butun dunyoni egallagan
odam nimaga ega bo'ladi, hech narsaga, lekin ayni paytda o 'z qal
bini yo'qotadi», deb ju d a soz aytilgan, hikm at misoli bizning
to'g 'rim izd a aytilganga o'xshab ko'rinadi.
O 'N il o'zining sevimli usuli — tim sollardan ham m ohirona
foydalangan. M errining qachondir, eng go'zal joyi qo'llari bo'lgan.
Endilikdan kasallikdan ilm a-teshik bo'lib ketgan bu qo'llar yashiril-
ganda ham hunugi chiqib, ko'zga tashlanib turadi. Kalt afsonasiga
ko'ra, qo'l — oila tim solidir, dem ak, M erining qo'li Tayronlar oilasi
barbodligining ham timsolidir. T um an, goh-goh eshitiluvchi ogah-
lantiruvchi tovush, Shopen musiqasi, so'nib boruvchi qandil va
boshqa tasviriy izohlar bir-biri bilan qo'shilib, pyesa qah
ram onlarining fojiali olam ini gavdalantirib turadi.
Pyesada vaqt timsoli alohida ahamiyatga ega. U insonga qarshi
qaratilgan dahshatli kuch tarzida nam oyon bo'ladi. Um idbaxsh
tongdan tahlikali tungacha o'tgan vaqt, Meri aytm oqchi, betinim
oqayotgan vaqtning aksi, xolos. «Chekimizga tushgan hayot tarzini
hech birimiz o'zgartirolm aym iz,-deydi M eri, — qo'zg'algunim izcha
u bizni asta-sekin o'z yo'rig'iga solib olaveradi va biz kimmiv va
kim bo'lm oqchim iz degan gaplar orasida o'tib bo'lm as devor paydo
bo'lib oxiri hozirim izdan hamishalikka ajralm aguncha o'sha hayot
yo'rig'ida yashashga majburmiz».
Shaxs bilan jam iyat orasida o'zaro uyg'unlik yo'q ekan, bu
shxsni o 'z «meni», m a’naviy borlig'ini jam iyatning barbod etuvchi
ta ’siridan holi qila olmasligini anglatadi. Merining taqdiri haqida
keng um um lashm alar chiqarishni taqozo etadi. O 'N ilning o'zi ham
shu fikrda bo'lib, o'zining keyingi asarida ilk pyesalarining g'oyaviy
ohanglariga qaytgani, lekin hayot voqeligini eng kengroq qam rovda
tasvirlanganini qayd qilgan.
O 'N ilning keyingi pyesalari uning ijod gultoji misol e ’tiborni
o'ziga tortadi. «Zulmat ichra kechgan sayohat» pyesasi bular ora
sida alohida ajralib turadi. «Qon bilan yozilgan» bu pyesa m uallif
tirikligida em as, balki uning vafotidan to 'rt yil o'tgandan keyin
nashr etilgan. O 'N il unda o'tgan zulmatli kunlarga qaytib, hayot
ning uqubatli kunlari haqida hikoya qilib bergan.
Pyesada tashqi yugur-yugurlar yo'q: Tayronlar xonadonining
bir kuni haqida so 'z boradi, unda biron voqea ro'y bermaydi, gap-
238
so‘z bo'ladi, xolos. Kundalik turm ushning oddiy tarzi, lekin shu bir
kunlik hayot tarzida, qatrada quyosh aks etganidek, butun jamiyat
va zam onning dard-alam lari aks etgandek edi. Bu xonadonda har
bir kishi o'zicha, o 'z yog'iga o'zi qovurilib yashaydi.
Oila boshlig'i Tayronning xasisligi tufayli xotini kasalvand.
M eri shunday deydi: «M ister Tayronni pul, tom orqa, keksalikda
yom on kunga tushib qolmaslikdan tashqari hech narsa tashvishga
solmaydi. Boshqa narsalarga fahm-farosati yetishmaydi». Butun
voqea kechimi shu xulosani tasdiq etishga qaratilgan.
O 'N il inson ongi va qalbining jo'yali-jo'yasiz jo'shishi orqali
uning ziddiyatli, murakkab tabiatini, qalbining tub-tubida pinhon tu
tilgan nurli va nursiz xislat va xususiyatlami namoyon etadi. Bu
ayniqsa qora doridan halokat yoqasiga kelib qolgan ojiza va mushtipar
ona Meri Tavron obrazi tasvirida yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Mor-
fisiz unga hayot yo'q: u dahshatli og'riqlami bostirish uchungina emas,
oila boshiga yog'ilib kelayotgan falokat, iztiroblar haqida o'ylamaslik
uchun ham shu dahshatli og'uga o'rganib qolgan. Dramaturg nutqning
tag m a’nosini ochish orqali Merining hayot soxtaliklarini qalban his
etish tufayli ruhiy azoblanish holatlarini kishini larzaga soladigan dara-
jada noziklik bilan chizib beradi.
O 'N ilning jamiyat va inson taqdiri haqidagi mulohazalari o 'ta
qayg'uli. Shundan uning pyesalari iztiroblarga to 'la asarlar tarzida
tug'ilgan. Lekin. har qanday tragediyada boiganidek, uning asar
larida ham ko'ngilga taskin beruvchi jihatlar bor.
Ulug' Amerika dramaturgi Yujin O 'N ilning ijodi butun dun-
yoda e ’tiro f etildi. «Yaratuvchilik qudrati baland, shiddatkor his-
larga to 'la va mustaqil tragediya tamoyillariga ega dram a asarlari
uchun* O 'N ilga 1936-yili adabiyot sohasida Nobel mukofoti beril
gan. U ning jahon dramaturgiyasiga ko'rsatgan ta ’siri alohidadir.
|