S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

♦Uch pullik opera* 
pyesasi ikki asr m uqadam ingliz dramaturgi 
Jon G ey yaratgan asarning qayta ishlangan nushasi edi. 0 ‘zgalar 
sujetidan foydalanish «epik teatr*da «holi o'qish* usulini qo'llash 
yo'llaridan biri bo'lgan: bu holda m uallif muddaosi o'zining 
g'oyaviy intilishi bilan m um toz pyesa tamoyili bilan o'zaro cha- 
tishuv orqali ro'yobga chiqarilgan. Bu yo'l tufayli «Uch pullik ope- 
ra*da bir-biriga zid ikki xil badiiy borliq ajib bir tarzda o 'zaro chat- 
ishtirildiki, natijada, mazkur asar 20-yillar oxirida misli ko'rilm agan 
muvaffaqiyat qozondi.
Brext pyesasida ham , Jon G ey asarlaridagidek, sahnada Lon­
don hayotining «tubi*da qolgan kazzob Makxit, o'g'irlik buyumlar 
sotuvchisi Pichem , uning sohibjamol qizi Polli va bir necha suyuq- 
oyoq juvonlar ishtirok etadi. Veymar hayotining alg'ov-dalg'ov vo- 
qealari eski syujetni butun borlig'I bilan jonlantirib yuborgan edi. 
Sahnada kechgan afsonaviy sarguzashtlar burjua tartibotiga xamo- 
hangligi, zamonaviy ruhda jo'shib turishi bilan e ’tiborli edi. Brext 
aynan «U ch pullik opera* asarida birinchi m arta qahram onning 
ongi darajasiga m onandlik yaratib m uallif fikrini ifoda etuvchi qah­
ram onlar qiyofasini chizgan edi.
1939-yili Brext o 'z ijodining eng yorqin namunasi bo'lm ish 
«Onaizor Kuraj va uning bolalari* dramasini yaratadi. U nda o 'ttiz 
yillik urush ortida bolalari bilan arava sudrab boylik yiqqan chay- 
qovchi Anna Firling haqida hikoya qilingan. Kurajning Eylif va 
Shvetsariyalik degan ikki o'g'li ketm a-ket halok bo'ladi. Keyin so- 
qov qizi Katrin vafot etadi. Kuraj bem ehr ona emas; u bolalarini 
balo-qazodan, aw alo urushdan asrashga harakat qiladi; lekin urush 
uning hayot mazmuniga aylangan edi, shu urush tufayli boylik 
to'playdi, homilali bo'ladi, farzandlar ko'radi; 
Kuraj urush 
dahshatlarini bilgani holda uni qoralaydi, lekin maqtaydi ham. U 
o 'z qilmishining qurboniga aylanadi; o 'z baxtsizligininggina emas
xalq boshiga tushgan musibatning ham sababchisi bo'lib qoladi, o 'z
225


bolalarining o ‘limidan ham xulosa chiqarm aydi. Shu hoi to- 
m oshabinni yanada jiddiyroq o'ylash va hukm chiqarishga d a’vat 
etadi.
Brext o 'z g'oyaviy niyatini shunday keng qam rovda, jonli vo­
qealar orqali ifodalaydiki, bu uning hayratom uz layoqatidan darak 
beradi. U ning «U ch pullik opera», «Onaizor Kuraj» va 1940-yili 
yozilgan «Sezuanlik sahiy odam* asarlari o ‘tkir publitsistik pyesalar 
bo‘libgina qolm ay, ayni paytda chinakam shoirona ruhdagi asarlar 
ham dir.
«Sezuanlik sahiy odam» pyesa-m asalida shunday antiqa voqea 
tasnif etilgan: yaxshi, sahovatli insonni uchratish niyatida xudolar 
falakdan yerga tushadilar. Butun Sezuan xududida eng sahiy va 
samimiy deb topilgsn odam Shen De degan fohisha b o iib chiqadi. 
Sen De boshpana berganligi uchun xudolar unga alohida sahiylik 
ko'rsatadilar. Shundan so‘ng unga o'zini taxqirlab kelgan kasbini 
tashlash imkoni tug'iladi. U xudolargagina emas, boshqalarga ham 
yordam q o ‘linin cho'zib, sahiyligini ko'rsatadi: boshpanasiz oilaga 
uyidan joy beradi, pul so'raganlarga pul tarqatadi. Lekin biron-bir 
zot unga yordam qo'lini cho'zm aydi: u dunyo xali yaxshilikka 
moslanmaganligini payqay boshlaydi, yana qashshoqlik azobini 
chekishi aniq ekanini anglab, erkakcha kiyinib, vaqti-vaqti bilan 
shafqatsiz jiyani qiyofasiga kirib, yo'l qo'yga «xatolar»ni qattiq- 
qo'llik bilan to'g'rilashga kirishadi. Brext shunday g'alati, antiqa 
sujet orqali jam iyatning g'ayritabiiy, jum boqli holatini ochib tash- 
laydi.
Brext o 'z teatrini epik (ulug'vor) teatr deb atar ekan, bunga 
to 'la asosli edi. U roviy yoki qissago'y misol voqealarni chetda 
turib izohlash, hikoya qilish usullarini aynan qissago'ylik tajribasi- 
dan oldi. Lekin Brext dram alarida lirikaning mavj urib turishini 
ham e ’tibordan soqit qilib bo'lm aydi. Tom oshabinning erkin fikr 
yuritishi, hukm chiqarishi haqida qancha gapirmaylik, har bir sah­
naviy lavhada Brextning xulosalari yaqqol ko'zga tashlanib turadi. 
Brext qo'llagan yo'l-yo'riqlar, uning dunyoqarashi tom oshabin ko'z 
o'ngida uning dramaturgiyasining ziyobaxsh sahnaviy ifodasi tarzida 
nam oyon bo'lishiga yordam beradi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish