«Yo‘qIikka aylanish
» (1919) degan birinchi pyesasida sahnada shar-
palar, chalajon gavdalar harakat qilardi. Azobda qolgan bu chalajon
gavdalar jangga yaroqli ekanliklari haqida guvohlik olish uchun
projektorlar yog'dusi ostida chirib yo'qlikka aylanib borayotgan
tanalar orasida saf tortib turardilar. Chetdagi
tashlandiq handaqlar-
dan o ‘liklar ko‘tarilib chiqadi. D ushm an va ittifoqdosh, zobit va
oddiy askar deb nom langan bu m urdalarning endi bir-biridan hech
farqi yo‘q edi. C hetda yashirinib qolgan bir jonsiz gavda paydo
bo ‘ladi. Bu bir paytlar askarlar tom onidan zo ‘rlangan qiz edi.
«Yo‘qolsin uyat, sharm-hayo!» — deya qiyqiradi o'liklar. — «Sizni
zo'rlashgan. Evoh, bizni ham zo ‘rladilar!» — shundan so‘ng odatda,
ekspressionistik asarlarda qo'llaniluvchi ajal raqslaridan biri ijro eti
ladi.
Toller o 'z asarida urush voqeligini aniq
va batafsil chizib berish
m aqsadini emas, balki bu urushning dahshatli lahzalarini quyuq
b o ‘yoqlarda jonlantirish maqsadini olg'a surgan edi. Asar oxirida
bosh qahram on — inson insonligini yo'qotm agan ekan,
u
qirg‘inbarotga murosasizlik bilan qarab turishga haqqi yo'q, - deya
olom onga murojaat etadi.
Ekspressionistik dramaturgiyada ishtirokchilar odatda bir necha
m uqim guruhlarga bo'lingan, biri soqov personajlar — «Olomon»,
yana biri bosh qahram onni tushunishjga qodir «odamlar» guruhi;
bosh qahram on esa m uallif va unga yaqin
fikr mulohazalarni ifoda
etishi lozm edi. Bu dramaturgiyada o'zaro to'qnashuvlar, bir-biriga
zid nuqtai nazarlar olishuvi asosiga qurilmas, balki bir tom ongina
haqiqat ifodachisi sifatida namoyon b o 'lar edi. Ekspressionistik
dram ada voqea ibtido va intihoga ega bo'lgan
tugal voqea tarzida
em as, balki betinim kechuvchi voqelikdan yulib olingan m a’lum
oraliq tasviri tarzida mujassam ettirilgan. M uhim i — bu voqealar
insonni uyg'otish unda bem uruw at, badkir muhitga nisbatan ser-
gaklik hissini tarbiyalashga xizmat qilishi lozim edi.
Ekspressionizm taxm inan o 'n besh yilcha yashadi. Bu oqim
teatr olam ida o'ziga xos g'oya, bo'yoq,
obrazlar olamini yaratish
bilan e ’tiborlidir.