bashariyatga nisbatan m ehr-shafqatlilik ekspressionizm san’atining
bosh mavzusiga aylandi.
Ekspressionistik dram aturgiya asarlarida
davr manzaralari un-
chalik chizilgani yo'q. Lekin eng yirik pyesalarda davr ruhi va
uning m uhim jihatlar yetarlicha ochib berilgan.
Ekspressionizm dramaturgiyasi V. Gazenkleverning « 0 ‘g‘il»
(1914) pyesasi bilan dunyo yuzini ko'rdi. Jahon urushi arafasida
yozilgan bu pyesada o ‘g‘ilning otaga qarshi bosh ko'tarib
chiqish
voqeasi tidatdagi oilaviy m ashm ashalarni eslatardi. Lekin undan ota
va o ‘g‘il orasidagi kelishm ovchiliklam ing m antiqiy asoslarini izlash
behuda. U nd a ekspressionizmga
xos tarzda rahm-shafqatlilik,
ezgulik haqida ko'p so'z-m ulohazalar bo'lishiga qaramay, oxiri
o 'g 'il o 'z to'pponchasini otaga qaratib o 'q uzadi. Lekin muallifning
asosiy maqsadi o'g'ilning otaga qarata o 'q uzishini ko'rsatishda
em as, balki shu fojeani keltirib chiqargan noinsoniy m uhitni fosh
etishda edi.
Ekspressionistlar urushlarni keskin qoralab chiqdilar. O 'ziga
qarshi o'zi qurol ko'tarib chiqqan kimsalar insonligini yo'qotgan.
O 'ziga o'zi choh qazuvchi m anqurtlar tarzida baholandilar.