ko'ngil ochish tabiati hisobiga uning saboq, o ‘git beruvchilik ji-
hatini kuchayritishga intilishi kutilgan natija bermadi. Shuning oqi-
batida 20-yillaming oxiri, 30-yillaming boshida yaratilgan « 0 'q u v
pyesalari* («Xo‘p deyuvchilar, «yo‘q* deyuvchilar*, 1929; «Gorat-
siy va Kuriatsiy*, 1934) quruq o ‘gitgo‘ylik ruhidagi pyesalar bo'lib
qoldi.
Shu bilan birga, Brext 20-yillarda ham «to‘laqonli* pyesalar
yaratgan. Bunday asarlar qatoriga aw alo «U askar nim a, bu askar
nim a»dan keyin yozilgan «Uch pullik opera* (1928) pyesasini
kiritish mumkin.