favqulodda yangiligi bilan misli ko'rilm agan san’at voqeligiga ay
landi.
Brext badavlat oilada tug'ildi, gim naziyada, so'ng Myunxen
dorilfununida tibbiyot sohasida tahsil ko'rdi, harbiyga xizmatga
chaqirilib, sanitar sifatida xizmat qildi. U
hokimiyat tepasiga G itler
kelishi bilan G erm aniyani tark etadi, o 'n besh yillik um rini Shvet-
sariya, Avstriya, Shvetsiya, AQSH m am lakatlarida muhojirlikda
o'tkazadi. 1948-yildan u Berlinda istiqom at qila boshlaydi. 1949-
yili Brextning «Berliner AnsamU teatri tashkil topadi.
Brext o 'z teatrini «noaristotelcha», «noan’anaviy» teatr deb
atadi. Brext bunday teatrning shakl-sham oyillarini o 'ttiz
yildan
k o'proq davr m obaynida ishlab chiqdi. Brextcha teatr nazariyasi
uning «U ch pullik opera»ga izohlar (1928), «Ko‘cha sahnasi*
(1940), «Teatr uchun kichik orgonon» (1953) asarlarida bir qadar
to 'la ifoda etilgan.
D ram aturg o 'z ijodiy yo'lini teatr tanazzulga uchragan yillar
boshlagan ed i.1 Ekspressionizm avjga chiqqan-u, lekin qizig'i qol-
magan, hatto Brext ham ijirg'alanib qaraydigan oqimga aylanib
qolgan edi... Veymar respublikasi teatrlarini oldi qochdi pyesalar
bosib ketgan, m um toz dram aturgiya nam unalari esa ko'pincha tub
m azm undan ajralgan holda qo'yilar edi.
Teatrlar voqelikni tahlil
etish o 'm ig a uning jo 'n nushasini ko'chirish bilan cheklanardi.
Brext a n ’anaviy ♦aristotelcha* teatr tom oshbinning fikrlashini, faol-
ligini oshirish va uni harakatga solishga qodir em as, degan xulosaga
keladi.
Brext a n ’anaviy «aristotelcha» teatrga qarshi chiqqan bo'lsa-da,
lekin o'ziga yaqin jah o n dramaturgiyasi qadriyatlaridan voz
kechgani yo'q. Bugina em as, barcha o'ziga xosliklardan q at’i
nazar
Brext ijodi ikki asr chegarasi va XX asrning dastlabki o 'n yillik-
larida adabiyot va san’at sohasida, xususan, ko'pgina yozuvchi va
san ’atkorlar faoliyatida ro'y bergan qurilish epkinlari bilan bog'liq
holda maydonga chiqdi.
Brext
Ibsen,
Chexov,
G orkiy
O ’N il,
Shou
o'ziga
o'xshashm agan dram aturglar ijodiga yuqori baho berdi. U rom on-
navislardan yurtdoshi D eblin, amerikalik D os Passos,
irland Joys
tajribalarini qunt bilan o'rgandi. Brextgina em as, uning m aqola-
larida nom i qayta-qayta qayd etilgan, m asalan, deblin ham epik
1 Ekspressionizm — lotincha so‘z bo'lib namoyon bo'lish ma’nosini anglatadi.
Ekspressionizm fikr-g'oyalami ochiq, yalang'och, oshkora ifoda etishga qaratilgan
oqim bo'lib XX asrning 10 yillari Germaniyada shakllangan.
222
san’at, eposni qayta qurdirish va shu asosda qayta ro'm on
yaratish
haqida tez-tez so‘z ochadi. Bu va boshqa adiblar tilida «epos* so‘zi
m a’lum o ‘ziga xos m a’noda aytilgan bo'lsada, lekin aniq m a’noga
ham ega edi. Yang badiiy tamoyilga ko‘ra, asosiy diqqat insonning
ichki olamiga emas balki uning ijtimoiy vaziyatga, ijtimoiy zulm
tarzida qay darajada bog‘liqligiga qaratilishi lozim edi.
Brext uchun tom oshabinning faol fikrlashi muhimdir: T o
moshabin voqea ta ’siriga tushib, uning shunchaki kuzatuvchisi
bo'lib qolmasligi kerak. Sahnada kechuvchi voqeaning, odatda-
gidek, lavham a-lavha o ‘z yo‘nalishida m antiqan o ‘sib
borishi Brext
uchun qiziq emas. Voqea qayergadir kelgach, orada unga nisbatan
zid boshqa bir lavha, voqea berilishi kerak va tom oshabin ko'zdan
kechirayotgan aw algi voqedan uzoqlashuvi, chetlashuvi va unga
boshqa, yangi voqea nuqtayi nazaridan m unosabatda bo'lishi lozim;
natijada, aw algi voqea-lavhalaming e ’tibordan chetda qolgan jihat-
larini anglash, taftish etish jarayoni boshlanadi.
Brext to
moshabinning diqqat-e’tiborini
bir voqeadan boshqa voqeaga
ko'chirish, burish usulini «xoli o'qish san’ati* yuqdirish deb atadi.
Brextcha «epik teatr»ning muhim jihati — bu tom oshabinning
his-tuyg‘usiga emas, aql-idrokiga asoslanishidir. «Drama teatri»ning
shohona asarlari tom oshabinni «sahna voqelariga ishontirish* orqali
uni shu voqealam ing ishtirokchisiga aylantirib kelgan bo'lsa, epik
teatr asarlari esa masofani saqlash, nuqtayi nazarlam i taqqoslash,
tahlil etish asosiga qurilgan. Shu bilan birga, Brext o'zining ilk
asarlarida «Bu teatrdan his-tuyg'uni chiqarib tashlash m utlaqo
n o to 'g 'ri, lekin tom oshabin birovga qayg'urm asin,
balki u bilan
m unozaraga kirsin*, deb yozgan edi. Brext tom oshabinning bu
teatrga nisbatan nuqtayi nazarini «ijtimoiy-tanqidiy» nuqtayi nazar
deb atagan.
Brext o 'z izlanishlari va jahon dramasi tarixidan olingan misol-
larga suyanib, odatdagi «aristotelcha» dram a teatri bilan epik teatr
orasidagi farqlarni ko'rsatuvchi o'ziga xos jadval tuzgan. O 'sha jad-
valdan olingan ayrim misollar quyidagicha: