ham teatr rivojiga katta naf keltiradi. Bertolt Brext ijodi bilan nemis
dramaturgiyasida chinakam burulish davri boshlanadi.
10—40-yillar Germaniya adabiyotida ijtimoiy-tanqidiy realistik
omonchilik yetakchi janrga aylanib, umumovro'po miqyosida dovrug'
taratadi. Lekin tarixiy voqealar va davrning og'riqli
kayfiyati aynan
dramaturgiyada hoziijavoblik bilan o 'z in’ikosini topdi. XX asrdagi
ko'pgina nemis romonchi adiblari pyesalar ham yozishgan. Tomas
Mann, masalan, «Fiorentsa» (1936) dramasini yozgan, Genrix Mann
esa bir qator pyesalari bilan ko'rindi. Bular orasida
ayniqsa fransuz in-
qilobi davridan olingan «Legro honim» (1913) dramasi e ’tiborlidir.
A.Sveyg, L. Feyxtvanger, L. Frank, I. Bexer, E. M. Remark turli
davrlarda dramaturgiyaga murojaat etganlat.
10—40-yillar nemis dramasi butkul tarixiy jarayon muam m olari
tadqiqiga qaratilgan edi. Lekin davr bilan
hamnafaslik faqat shu bi-
langina izohlanm as edi. Nemis dramaturglari yangi voqelikni yangi
shaklda ifodalash yo'l-yo'riqlam i ham topdilar. U lar adabiyotning
epos va lirika turlari bilan boyitilgan noan’anaviy qurilmali dram a
turini yaratdilar.