qarshiliklarini o 'z rasamadi bilan ifodalashga qodirdir. «Teatr
poeziya qudratini namoyish etuvchi — sig'imi bemisl nafosat mas-
kanidir»,-degan edi u.
Eliot o 'z dramaturgiyasi bilan kishilarni gum anistik ideallam i
saqlab qolishga da’vat etdi. olbodatxonada yuz bergan qotillik»
(1935),
«Oilaviy mashvarat» (1938),
«Kechki kokteylxo‘rlik»
(1949), «Shaxsiy kotib» (1953), «Davlat arbobi» (1958)
asarlarida
uning ijodiga xos shu yetakchi fikr o 'z ifodasini topgan.
«Ibodatxonada yuz bergan qotillik» asarida jahon sahnasi
tarixiga urush aw alida tahlikali ruh jo 'shib turuvchi badiiy yaxlit
sh e’riy tragediya sifatida kirdi. Hayot va m am ot yo'lida fashizmga
qarshi kurash olib borilayotgan yillari insonparvarlik ezgu maqsadi
baralla yangragan asaming tinchlik davrida dunyoga kelganligi
diqqatga molik: ingliz shoiri va dramaturgi unda jaho nd a yuz be-
ruvchi har bir voqeaga insonning shaxsiy m as’ulligi
mavzuyini
ko 'tarib chiqqan edi.
«Ibodatxonada yuz bergan qotillik* pyesasi qirol G enrix II jal-
lodlari tom onidan o'ldirilgach, avliyolar safiga qo'shilgan Kenter-
beriy arxiyepiskopi Tom as Beket (1118— 1170)ning hayotiga ba-
g'ishlangan bo'lib, u Kenterberiy festivalida ko'rsatish uchun max-
sus yozilgan edi. Markazlashgan monarxiya uchun kurashda Genrix
II safida turib, um rining oxirida bu serg'ayrat
hukm dorning ashad-
diy raqibiga aylangan tarixiy shaxs Beket haqida ham on m unozara
davom etib keladi. Eliot tasvirida Beket yorug' dunyo tashvishlari,
davlatning yaramas manfaat va intilishlariga zid o'laroq oliy ruhiyat
yo'lida jo n fido etuvchi siymo tarzida gavdalantirildi. Dram aturg
tarixiy faktlami qayd etib qo'ya qolmay, ko'p asrlar davom ida
m am lakat rivojini belgilab kelgan cherkov bilan davlat orasidagi
o'zaro to'qnashuvga asoslandi. Ildizi X III
asr bilan tutashib ketuv-
chi tarixan haqqoniy bu to'qnashuvlarni dram aturg shoirona ruhiy
ko'tarinkilik bilan falsafiy mavhum tarzda talqin etdi. Beket va uni
o'ldirgan ritsarlam ing bir-biriga ters kelishi, Kenterberiy ayollar xo-
rining Beket harakatini tushunmasligi va ayni chog'da uning
taqdiridan qayg'u-alam chekishi, m honiylar ko'z o'ngida Beketning
tushunarsiz qiyofa kasb etishi — bularning
jam i Eliot tragediyasida
o 'z m a’nosiga k o 'ra um um bashariy ko'lam dorlik kasb etgan edi.
Beket odam zod botgan gunohi azim ni bo'yniga olib, o'lim azobini
qabul qiladi va shu bilan insoniyatning haqiqatni anglash, insoniy-
likni tasdiqlash yo'lidagi harakatida olg'a tom on yana bir qadam
tashlaydi. (Eliot bu tushunchalarni diniy m a’noda qo'llaydi; lekin
Eliotning diniy allomaligidan ko'ra shoirligi ko'lam liroqdir). Shoi-
212
rona nutqning nafis fasohatli usullari o'zaro uyg‘un namoyon
bo'luvchi bu marsiya — pyesaga kutilmaganda 30-yillar voqeligidan
darak beruvchi dag'dag'ali nasriy ifodalar kirib keladi.
«Ibodatxonada yuz bergan qotillik*
asari Eliot ijodining eng
yaxshi nam unasi bo'lib qoldi.