S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

Jon Gilgud 
(1904—2000) tabiatan shunday musiqiy fusunkor 
ovoz sohibi ediki, bu m unaqqidlar tom onidan ko'p m arta e ’tirof 
etilgan. Uning eski teatrda alohida qadrlangan nozik gavda qo- 
vushimliligi (plastikasi) yanada jozibali edi. Ayni paytda Gilgud o ‘z 
davri ruhini chuqur his etuvchi san’atkor sifatida ko'rindi. U si- 
nashta an ’analar orqali shoirona tilda davr mushkulotlari haqida 
so 'z ochdi. Gilgudning Shekspir va Chexov asarlarida yaratgan 
obrazlarida urushdan so'nggi «Angliyada zabun bo'lgan avlod» 
xususiyatlari aks etgandek edi. U Richard III ni (1929) bem u- 
ruvvat, badkirdor olam da yashashga mahkum , qalban xasta, nozik 
ta ’b shaxs tarzida gavdalantirdi. Uning hatto qotil va bebosh Mak- 
betida (1930) zamonaviy ziyolining g'am -alam dan toshga aylangan 
qalb nidolari eshitilib turgandek edi.
Gilgud Daniya shahzodasi Hamlet rolini birinchi marta 1930- 
yili 25 yoshida o'ynaydi. Lekin aktyor bu rolga yana to 'rt m arta 
qayta murojaat etadi. Hamlet obrazi um r bo'yi aktyor hayotida ya- 
shab keldi. Zero, Gilgud iste’dodining mohiyati shu obrazda keng 
nam oyon bo'ldi. «U Shekspir so'zlarini olib, ularga hozirgi kunimiz 
kishisi qonini singdirdi*, deb yozgan edi R. Gilder. Gilgud Hamlet 
rolida ochiqdan-ochiq zamonaga hamohanglik izlamaydi. U o 'z 
vazifasini Shekspir qahram onining ruhiy tabiatini ochishda deb bi- 
ladi. Uning qalban shijoatkor, jo'shqin Hamleti to'qnashuv va oli- 
shuvlardan zarracha tap tortm aydigan, kuch-g'ayrati bir olam yigit. 
Lekin bu zarb yegan kuch-g'ayrat edi. «Dunyo — avaxta» degan 
vahimali gap uning tani-joniga singib, ichki q at’iyatini bo'g'ib, uni 
o 'z yog'iga o'zi qovuriluvchi alamdiydaga aylantirib qo'ygan edi. 
H am let qalbini o'rtagan alam -iztiroblar ona bilan uchrashuv sahna­
sida sirtga otilib chiqadi. Bu Hamlet m a’naviy borlig'ining 
ko'tarlish sahnasi bo'lib, shu yerda onaga aytilmish achchiq kinoya 
va ta ’nalarda uning riyokorlik va qabohatga bo'lgan qahr-g'azabi 
to 'la -to 'k is ochiladi. Bu o 'rinda Hamlet Gilgudning alam -iztirob 
cho'kkan lab va yanoqlari, qilich misol keskir so'z va qo'l harakat- 
lari ko'zga ko'rinm as g 'anim bilan murosasiz olishayotgan kishi ho- 
latini eslatardi. Bu isyon behalovat qalb tug'yoni ediki, undan 20- 
yillardagi «alamdiyda yoshlar»ning norozilik ingroqlari eshitilib tur-
215


gandek edi.
O na bilan uchrashuv sahnasidan keyin H am let — Gilgud 
q a t’iylik kasb etadi, fikrchanlik va bosiqlik bilan qabohat va 
yovuzlikka qarshi tik bora oluvchi m ardonavor kishiga aylanadi. Bu 
jih at 1934-yilgi spektaklda (asarni G ilgudning o'zi qo'ygan) keng 
nam oyon bo'ldi. 0 ‘sha yilgi H am letdan so'ng Gilgud haqida tafak­
kur aktyori sifatida gapira boshlaydilar.

Download 9,43 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish