oqimining bosh'm aqsadi ekanligi.
2. B. Brext XX asr nemis va G ‘arb teatr madaniyatining ulkan
namoyandasi sifatida; Brextning «epik teatr* nazariyasi; unda «holi
o'qish* tom oshabinning idrokiga ta ’sir ko'rsatish vositasi ekani.
Brextning «Onaizor Kuraj va uning bolalari* asarida «epik teatr*
tamoyillari qay tarzda ifoda etilgan?
ITALIYA TEATRI
LUIDJI PIRANDELLO (1 8 6 7 -1 9 3 6 -y .)
Italiya adabiyoti chuqur tanazzulga yuz tutgan davrda inson
hayoti va qismatiga xolisona m unosabatda bo ‘lib, italyan teatrida
yangi badiiy yo‘nalishning chinakam
ijodkoriga aylanish faqat
yakka-yolg‘iz Luidji Pirandelloga nasib etdi.
Pirandello Sitsiliyada tavallud topdi. Rim, so'ngra Bonn doril-
fununlarida tahsil ko‘rdi. Rimda turg‘un bo'lib qolib, shu yerda
adabiy faoliyatini boshlaydi.
Pirandello mahalliy turmush ikir-chikirlarini ifoda etishga
qaratilgan verizm uslubidan aqliy-tahliliy uslubgacha bo'lgan yo'lni
bosib o ‘tib, proza ustasi bo'lib tanilgach, dramaturgiyaga o'tadi. U
o 'z dramaturgiyasi bilan 1910-yillari italyan verizm uslubiga xotima
yasaydi. «Liola* (1916) asarida u J. Verga bilan munozaraga
kirishib, pyesadagi to'qnashuv qishloq turm ush tarzi bilan emas,
balki ishtirok etuvchi shaxslar qarashlarining
ziddiyatliligi bilan
bog'liqligini izohlab berdi. «Shunday o'ylasangiz, shunday-da»
(1917) dramasi voqeasini falsafiy musohaba asosiga qurdi. «Ahmo-
qona qalpoq* (1917) va «Ezgulik halovati* (1918) pyesalarida sah
naga hayot nobopligidan azobda qolgan «abgor odam»larning
m ubolag'ali qiyofalarini olib chiqdi.
Lekin ularda zarracha
ko'tarinkilik ruhi yo'q edi. M uallif tirikchilik tashvishiga mubtalo
«kichik
odam »ning
dard-kechinm alarini
qaynoq
xayrixohlik
tuyg'usi bilan tasvirlaydi. Parokanda borliq bilan aynan «kichik
odam»ning to 'q n ash kelishi hayotning beburdlik holatini yanada
yorqinroq ochilishiga olib keladi.
Pirandello ijodining gullash davri 20-yillarga to 'g 'ri keldi. D ra
m aturg «01ti personaj muallifini izlaydi* (1921) degan m ashhur
pyesasida
o 'z
ijodining
kashfiyotchilik
qudratini
to ‘la-to'kis
nam oyon etdi. U ijtimoiy ziddiyatlarni e ’tibordan holi qoldirmay,
dram a voqealarini g'oyat tomoshaviy ruhda tasnif etdi. Bu asar
hayotga o'xshashlik tarzi bilan shartli teatrona ifodaviylikni
227
uyg'unlashtirishda XX asr jah o n sahnasida nam una bo ‘lib
xizmat
qildi. Dram aturgning hayot voqeligi bilan tasaw u r m ahsulini o 'zaro
bir-biriga zargarona om ixtalashtirish m ahoratida, shuningdek, jonli
qiyofalar va jonsiz niqoblar, m uqim dalillar va o'zgaruvchan sah
naviy
holatlar
qovushimliligida
niqoblar
komediyasi
teatri
a n ’analariga suyanish, yangi dram a va zam onaviy rejissura tajri-
balarini tanqidiy o'zlashtirish yaqqol sezilib turadi. O qibat-natijada
Pirandello teatr ijrosini' ham , shaxs taqdirini
ham hayot voqeligini
tadqiq etish vositasiga aylantirdi. Shunday izlanish tufayli XX asr
teatr ijrosi mafkuraviy m a’no kasb etuvchi hodisa tarzida qabul
etila boshladi. Keyinroq uning B. Brext, J. Anuy, M. Frish va
boshqa dram aturglar tom onidan saboq tarzida qabul etilishiga ham
sabab shunda edi.
Pyesa sujeti noodatiy, lekin murakkab emas. Tugallanmagan
pyesaning olti personaji mashq chog'ida teatrga kirib keladi. Trup-
pada o'zlarining o'tm ishini ko'rsatishga xohish uyg'otm oqchi bo'lib,
aktyor oldida shu o'tm ishning haqqoniy
va sahnabop ekanini isbot-
lashga kirishadilar. Shu zaylda Pirandello uchun zamonaviy inson-
ning ijtimoiy qismati va san’at bilan voqelikning ijodiy aloqasi
m uam m olarini o'zaro chatishtirishdek juda m uhim vazifa amalda
ro'yobga cliiqadi. Pirandello, inson hayotda haqiqat topolmaganidek,
personaj ham sahnada chinakam in’ikosini topolmaydi, zero, san’at
voqelikni aks ettiradi, lekin u ham nobop hayotining o'zi
misol tala-
fot ko'rishga m ahkum , degan umidsizona xulosaga keladi.
«Olti personaj muallifini izlaydi* pyesasida Pirandello qadimgi
«sahnada sahna» teatr usulidan foydalangan edi. Keyinroq shu
usulda yana «H ar kim o'zicha* (1924) va «Bugun badihago'ylik
qilaylik* (1929) degan ikki pyesasini yozadi. M uallif yuqoridagisiga
shu ikki pyesani qo'shib, ularning «Teatr trilogiyasi* tarzidagi rejis
sorlik tahliljni yaratdi.
Yigirmanchi yillar Pirandello uchun teatrda sabotli izlanishlar,
eng yetuk pyesalar yaratish va italyan teatrini ijodiy va tashkiliy
qayta qurish, O vro'poning eng yirik rejissorlari bilan ham korlik qi-
lish yillari bo'ldi. Lekin Pirandelloning
bir qator rejalari, xususan,
m illiy davlat teatrini tashkil etish rejasini amalga oshm ay qoldi, Pi
randello ijodi g'oyaviy jihatdan fashizmga qarshi qaratilganidan u
hukm ron doira tom onidan tazyiq ostiga olina boshladi. 1924-yili
N obel m ukofoti bilan taqdirlangan Pirandello bu voqeani yakka
o 'z i tanholikda nishonlaydi, hatto, do'stlari ham uni tabriklashga
ju r’at etolm aydilar. O 'z yurtida yashash g'urbatga aylanganidan
dram aturg um rining so'nggi yillarini 14 pyesasi sahnalashtirilgan
228
Fransiyada o ‘tkazadi.
D ram aturg «Tog‘ pahlavonlari* asari ustida ishlash chog'ida
og‘ir
xastalikka uchrab, dunyodan ko‘z yumadi. Pirandello cherko-
vona diniy mulozam at bilan ham , dunyoviy tantanali marosim bi
lan ham dafn etilishini m an qilib, hoki sochib yuborilishini vasiyat
qilib qoldirgan edi. Shu zaylda dram aturg o ‘z dafn marosimidan
g'ayri maqsadlarda foydalanish imkonini yo‘qqa chiqardi.