S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

SAHNA SAN’ATI
Keksa sahna arboblari dunyodan o ‘tishi bilan XX asrning 
boshlaridan e ’tiboran tijorat asosidagi teatr faoliyati avjga chiqadi. 
V ast-End mavzeida birinchi jahon urushi yillarida tijorat teatr 
tizimi qaror topadi. V ast-Endda teatrlar bahosi oshib, ular oldi- 
sotdi vositasiga aylanadi, qo'idan qo'lga o ‘tib turadi.
Tom oshabinlar biroz b o ‘lsa-da, urush dahshatlarini unutish 
istagida o ‘zlarini ko'ngil ochish maskanlariga ura boshlaydilar. 
ehtiyoj amaliy charalar ko'rishni taqozo etardi: Londonda XX asr 
burjua om m aviy xos tarzda o'zining qat’iy harakat tizimiga ega 
ko'ngil ochish sanoati bunyod topadi. Hozirda ham uning asosiy 
tamoyillari yashashda davom etib kelmoqda. Vest — End teatrlarini 
yengil-yelpi komediya, fars, m elodrama va musiqiy shoular qoplab 
oladi.
Ayni shu vaziyatda, 20-yillari Bernard Shou inglizlar aql — 
zakovati ramziga aylanadi. Bu yillar tajribaviy «kichik teatr- 
lar»dagina emas, shu bilan birga Vest — End teatrlarida ham Shou 
pyesalarining sahnaviy dovrug'i eng yuqori darajaga ko'tarilgan yil­
lar bo'ldi. Uning «Parivash Ioanna* (1942) asari «Nyu» teatrida 
ingliz sahna san’atining yirik yutug'iga aylandi. Spektakl ikki yuz 
qirq to 'rt m arta namoyish etilib, favqulodda z o 'r moliyaviy daro- 
m ad keltirdi. Bu Shouninggina emas, balki Janna rolini o'ynagan 
Sibil Torndaykning ham yutug'i edi.
Sibil Torndayk (1886—1976) fojeiy aktrisa sifatida Janna rolini 
shunday m ahorat ko'rsatib o'ynaydiki, bu uning san’atdagi h a­
yotida eng yuqori cho'qqi bo'lib qoldi.
B. Shou «Parivash Ioanna» pyesasidagi bosh rolni Sibil T orn­
dayk ijrosini ko'zda tutib yaratgan edi. Spektaklni tayyorlash 
davrida Shouning o'zi Torndayk bilan mashq o'tkazadi va aktyor- 
lam i tarixiy libosga o'ralgan dram a emas, balki o 'ta zamonaviy 
pyesa tarzida mujassam etishga yo'naltiradi.
B. Shou asarlari, uning m a’naviy nufuzi shu qadar keng 
shuhrat topadiki, 
20-yillarning oxirida Malverne shaharchasida 
Shou asarlari bo'yicha har yili festival o'tkazishga qaror qilinadi.
213


1929-yili birinchi M alveme festivalida Shouning «01ma yuklangan 
arava» siyosiy pyesasi ko'rsatiladi. U nda Orintiya rolini m ashhur 
aktrisa Edit Evans o'ynagan edi. Festival Shou ijodining jo'shqin 
m uhibi, «Birmingem repertuarli teatri»ning asoschisi Barri Jekson 
(1879—1961) tom onidan tashkil etilib, bu festival qariyb ikkinchi 
jah o n urushiga qadar davom ettiriladi.
1913-yili tashkil topgan «Birmingem teatri* Angliyada «reper- 
tuarli teatrlar»ni avj oldirishda sezilarli ta ’sir ko'rsatgan. M anchestr, 
Liverpul, Bristolda shunday teatrlar paydo bo'ladi.
«Repertuarli teatr» tijoriy teatrdan truppasining bir qadar do- 
imiyligi ham da repertuarida bir necha pyesaning bo'lishi bilan ajra- 
lib turardi. «Repertuarli teatr»da asosan zamonaviy m uam m oli pye- 
salar sahnalashtirildi. Barri Jekson teatrida, masalan A. Strindberg,
B. Frank, G . Kayzer, J. Golsuorsi dram alari ko'rsatiladi. Tabiiyki
Shou pyesalari teatr repertuarida yetakchi o 'rin n i tutadi. Barri Jek­
son 1923-yili Shouning «Mafusail sari orqagao pentalogiyasini sah- 
nalashtiradi.
1920— 1930-yillar chegarasida ingliz teatr madaniyati taraqqi- 
yotida keskin o'zgarishlar yuz beradi. D avr yangi ruhdagi rejissorlik 
izlanishlarini talab etardi. Lekin 30-yillarda yetakchilik qilgan ingliz 
rejissorlaridan Mishel San — Deni ham , Tayron G atri, hatto Fedor 
Komissaijevskiy ham rejissorlik san’atini zamonaviy g'oyaviy estetik 
talablar darajasiga ko'tara olm adilar. Ingliz teatridagi o'zgarishlar 
asosan m um toz dramaturgiya, Shekspir va Chexov pyesalari 
zam inida aktyorlik san’ati jabhasida sodir bo'ldi.
Bu davrga kelib, aniqrog'i 1930-yillarda Angliyada jahonga 
taniqli bir qator ulkan aktyorlar yetishib chiqadi. Jon Gilgud, Peggi 
Eshkroft, Lorens Olive, Ralf R ichardson, Alek G ines shu davrda 
o 'z san’atining gullagan bosqichiga kiradilar. 20-yillar sahna yul- 
duzlaridan Edit Evanro va Sibil Torndayk, aw algidek, London 
sahnasida chiqishni davom ettiradilar. Bu barcha sahna ustalari av- 
lodi «01d-Vik» va Gulgud uyushm a (antrepriza)lari «Quniz» va 
«Nyu» teatrlaridan iborat ikki m arkaz atrofiga uyushgan edilar.
«01d-Vik» teatri 1918—1923-yillarda Shekspir asarlarining bi­
rinchi nashriga kirgan barcha pyesalarni sahnaga qo'yadi. T eatr 30- 
yillari gurkirash bosqichiga kiradi. «01d-Vik» teatri oldiga m a ’rifiy 
m aqsadlar qo'yilgan edi. Bu teatr sahnasida chiqish shon-sharaf 
ishiga aylanadiki, eng dovruqli aktyorlar V est-Enddan bo'lgan katta 
moliyaviy nafdan voz kechib, «01d-Vik» teatriga o 'ta boshlaydilar. 
Jo n Gilgud ham «Vest-End»da tanilgandan keyin rejissor Xarkort 
Uilyamsning taklifi bilan 1929-yili «01d-Vik» teatriga o'tgan.
214


Shekspir asarlarini yangichasiga o ‘qib, ularga xos shoirona na- 
fosatni sahnaga qaytarish, o ‘tm ish Buyuk Britaniya aktyorlari 
a n ’analarini 
tiklash, 
shekspirona 
ko'tarinki 
poeziya 
bilan 
zamonaviy psixologik talqin tamoyillarini uyg'unlashtirish bosh 
maqsadga aylandi. Ana shu maqsad Jon Gilgud ijodida mukammal 
mujassam topdi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish