S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

Lorens Olivye 
(1907—1989) Angliyaning yirik Shekspir aktyor- 
laridan biri, ijodi, asosan, «01d-Vik» teatri bilan bog'liq teatr arbo- 
bidir. H am let Olivyening m ashhur rollaridan edi. Olivye H am leti- 
dan Gilgud qahram oniga xos zakovatlilik va qalb og'riqlarini izlash 
behuda. Qora sochli, yelkador, m etindek m ustahkam gavdali, yuz- 
ko'zini, bo'y-bastini jiddiylik qoplagan. H am let — Olivye jangchi 
misol shiddatkorlik bilan qadam tashlab, Elsinor bo'ylab borardi. 
U ni alam va qasos o 'ti qiynar, qahru q at’iyati bo'lg'usi olishuvlar 
uning foydasiga hal bo'lishidan darak berib turardi. Shubha va 
hadik unga yot edi. Tanqidchilar, uning H am letida H am letnam o 
o'ychanlikdan asar ham yo'q, deb ta ’na qilganlari bejiz emas. 
Olivye talqinining o 'z mantiqi bor edi. Aktyor D aniya shahzodasi 
rolini urush arafasida ro'y bergan ijtimoiy buhronlar, fashizm vas- 
vasasi avj olgan sharoitda o'ynaganligi uchun ham uni adolat 
yo'lida o'lim dan ham tap tortm ovchi kuchli va m ardonavor shaxs 
tarzida talqin etgan edi.
Olivyening Gilgud bilan uning V est-Enddagi «Nyu» teatrida, 
30-yillar sahna shekspirnomasining afsonaviy nam unasiga aylangan 
«Romeo va Julyetta» spektaklida uchrashuvi ularning ijodiy h a­
yotida m uhim voqeaga aylandi. Spektakl qiyofasi ju d a oddiy bo'lib, 
undagi yaxlit va yagona qurilm a, orqa va old qora pardalar sahna 
ko'rinishlarining tezkorlik bilan o'zgarishini t a ’m in etgan edi.
«Rom eo va Julyetta» spektaklida ajoyib .sahna yulduzlari 
yig'ilgan edi. Gilgud va Olivye Rom eo va M erkutsioni navbati bi­
lan o'ynadilar. Rom eo — Gilgud Julyettaga k o 'ra ham sevgi 
otashida kuchliroq yonuvchi shoirona fasohatli oshiq bo'lgani holda 
ola-shovur M erkutsio — Olivye tabiatan so'zam ol va jo'shqinligi 
bilan ko'zga tashlanib turardi. M erkutsio — Olivyening enaga bilan 
olib boriluvchi dahanaki jangi bir olam zavq uyg'otar, sham shir so­
hibi Tibaltdan zarracha kami y o 'q chapdast jangchi tarzida ko'rinar 
edi. Olivyening Romeosi esa «Yevropaning issiq quyoshi qon- 
qoniga singib ketgan sham shir sohibi, qisqa u m r bandasi» (J. Tyu- 
rin). U yg'onish faslining jasur va m ard o 'g 'lo n i tarzida gavdalandi. 
U ning Julyettaga bo'lgan m uhabbati xayoliy bo'lm ay, zaminiy edi.
216


Balkon yonidagi sahnada — «m ana-m ana, hozir to'siqdan o ‘tib, 
balkonga ko‘tarilib, Julyettani quchog'iga bosadigandek edi*. Ro­
meo — Olivyeda rom antik ko'tarinkilik xira bo ig an i holda ana shu 
ko‘tarinkilik tug'yoni latif va sirli M erkutsio — Gilgudda jamuljam 
edi.
30-yillar ingliz rejissyorlari, tabiiyki, yaqinlashib kelayotgan 
dahshatli voqelarga nisbatan befarq turolmadilar. Davr sadosi Shek­
spir tragediyalari bo‘yicha yaratilgan eng sara spektakllarda o 'z 
ifodasini topdi. F. Komissarjevskiy tom onidan Stratforddagi «Shek- 
spir xotira teatri»da qo'yilgan «Makbet» (1933) va T. Gatri «01d- 
Vik» teatrida sahnalashtirgan «Hamlet» (1938) shunday spek- 
takllardan edi.
«Makbet» Stratforddagi «Shekspir xotira teatri»ning 1926-yili 
yonib ketgan eski binosi o'm ida yangisi tiklangandan bir yil keyin 
dunyoga kelgan spektakl edi. Biroz mavhum teatrona ko'tarinkilik 
usuliga moyil rcjissyor Komissarjevskiy Shekspir tragediyasini dag'al 
zamonaviy turmush tarziga ko'chirishga harakat qilib, yarim afsona 
shotland tarixiy voqealarini 30-yillar siyosiy vaziyatiga yaqinlashtirdi.
1940-yili «01d-Vik» teatrida bosh rolda Gilgud ishtiroki bilan 
«Qirol Lir» tragediyasi qo'yiladi. Spektaklda Lirning hayot yo'li 
ezgulikning uyg'onish yo'li tarzida idrok etildi. M ahobatli moviy li- 
bos kiygan takabbur hukm dor asta-sekin g'am -iztirob chekishga 
qodir insonga aylanib boradi. Sahnadan-sahnaga o 'tish bilan uning 
ovozi mayin tortib, harakatlari sokinlik kasb etar, qalbida rahm - 
shafqat ovozi baralla kuchayib borardi. Intihoda Lir — Gilgudning 
qoni qochgan, yuzi joni uzilishidan dalolat berib turardi. Bu 
so'nggi lahzalar uning ko'ngil tugunlari yechilib, ruhan poklangan 
holda foniy dunyoni tark etish lahzalari edi.
Harbiy xizmatdan maxsus chaqirib olingan Lorens Olivye, Ralf 
Richardson va yosh rejissor Jon Barreldan iborat talantli uchJik 
1944-yili «01d-Vik» teatri rahbarligini qo'lga oladi. Bosh rolda 
L. Olivye ishtiroki bilan sahnalashtirilgan «Richard III» spektakli 
1944—45-yil mavsumining eng yirik voqeasiga aylanadi. Zam on 
nafasi shundoqqina ufurib turgan Olivyening sahnaviy timsoliga Jon 
Tyurin ajoyib ta ’rif bergan: «Ko'p yillar bu aktyor xotirasi bilan ya- 
shayajaklar; misoli tushi buzilib, tuni bilan bosinqirab chiqqandek 
yuzi bo'zargan bu fe’li buzuq, uzun burni ortidan oqsoqlanib sah­
nada paydo bo'lar va birinchi monologni aytardi: ko'rganlar uning 
vasvasaga tushgan iblisona qiyofasi haqida hikoya qilib yurishlari 
aniq; uning u yoq-bu yoqdan o'tib ketadigan shafqatsizona 
istehzolari, arang erishgan 
hukmronlik tojiga haqli ekanini
217


ko'rsatuvchi am irona yurish-turishlarini unutish qiyin: u qon ichida 
tug'ilib, qon to 'lqini bilan taxtga ko'tarilgan qirol edi-da».
«01d-Vik» 
teatri 
urush yillarida 30-yillarning g‘oya va 
shakllarini rivojlantirish asosida o ‘z tarixida eng ilhombaxsh davr- 
lardan birini boshdan kechirdi. U rushdan so'ng ko'p o ‘tm ay, A n­
gliyaning bu eng yaxshi teatri hayotida ko‘p yillarga ch o ‘zilgan 
chuqur tanglik boshlanadi. Bu urushdan keyingi yillarda ingliz 
sahna san’atida ro ‘y bergan um um iy tanazzulning bir ko'rinishi edi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish