• «Evredika» va «Antigona»
  • S tursunboyev jahon teatri




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/134
    Sana27.09.2024
    Hajmi9,43 Mb.
    #272697
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134
    Bog'liq
    Jahon tetri tarixi

    «Nursiz pyesalar* 
    to'plam ini e ’lon qiladi. O 'sha 
    yilning o'zid a 
    «Nurli pyesalar* 
    to'plam i (« 0 'g 'rila r bali», «Leo-
    203


    kadiya» 1939; «Sanlisdagi uchrashuv*, 1941) ham nashr qilinadi. 
    Ayni shu vaqtda, keyinroq «yangi nursiz pyesalar* (1946) 
    to ‘plam iga kiritilgan «Antigona» (1942) asari paydo bo'ladi. Uning 
    «Iyezavel», «Romeo va Janetta*, «Medeya» asarlari ham shu 
    to 'plam dan o 'rin olgan.
    «Evredika»
    va 
    «Antigona»
    urush yillari yaratilgan eng yorqin 
    pyesalar xisoblanadi. Anuy har ikki asarida zamonaviy tafakkur 
    dramasiga ham ohang tarzda turm ushning maishiy va shartli izoh- 
    larini o ‘zaro uyg'unlashtirib diqqatini hayotiy borliq tahliliga 
    qaratadi va shu bilan uni falsafiy idrok etish ham da um um lashm a- 
    lar yaratish darajasiga ko'taradi.
    «Evredika» asarida «Yowoyi qiz* pyesasidagi m undarija 
    yo'nalishi davom ettirilgan. U nda kichik bir viloyatda yashovchi 
    Evredika ismli yosh aktrisa bilan beish qolgan skripkachi yigit Or- 
    fey qabih hayotiy m uhitga qarshi o'laroq nurli ezgu g'oyalar ifoda- 
    chisi tarzida nam oyon bo'ladilar. Ayni chog'da yaramas turm ush, 
    beor va t a ’magir yoshi ulug'lar ko'ngliga zarracha g'ashlik hissini 
    solmaydi. Pyesadan pyesaga o 'tib keluvchi shaxsiy qiyofa yo'q bun­
    day kim salarni m uallif alohida xafsala bilan masxaralaydi. D ram ada 
    toshbag'ir, bem uruw at ota-o n alar oqko'ngil ikki yosh qarshisida 
    ta m a ’girligibilan ko'zga tashlanib turadilar. Q ahram onlar nom lari- 
    ning fojiona afsonalar qahram onlari nomi bilan atalishi m azkur 
    asarning o 'sh a qadimgi rivoyatdagidek fojiali xotim alanishidan da- 
    rak berib turadi. Evredika ham Tereza singari iztirobli o'tm ish 
    asorati ta ’sirida yashaydi. Lekin u ruhan so'niq tarzda nam oyon 
    bo'ladi. «Yowoyi qiz*da Tereza oxiri hayotini yangitdan boshlaydi. 
    «Evredika» asarida ilojsizlik ohangi kuchayadi; bu yerda o'lim qah- 
    ram onlarni ilojsizlikdan qutqaruvchi yagona chora tarzida nam oyon 
    bo'ladi. M uallif bundan o'zga chorani ko'rolm aydi, u qah- 
    ram onlarini shunday ju r’atsiz, ruhan miskin kishilar tarzida 
    ko'rsatganki, ular qabohat toshiga urilib, halok bo'lishi tabiiydir.
    A nuy «Antigona* asarida Sofokldan olingan fojeiy voqealar ti- 
    zim ini saqlagan holda m a’lum narsalarni atayin o 'z holicha 
    qoldi radi. Lekin o 'z dramasini Fransiya uchun o 'ta dolzarb 
    m uam m o asosiga quradi. Asar turli g'oyaviy nuqtayi nazarlar 
    to'qnashuvidan iborat «g‘oyalar dramasi* tarzida dunyoga keladi. 
    U nda ekzistensialistlar qoidalariga m ushtarak tarzda «Kim qaysi 
    tom onda?* degan m uam m o o'rtaga qo'yilib, shaxs va davlatning 
    o 'z aro m unosabati mavzusi asosiy o'ringa olib chiqiladi. Asarda 
    olg'a surilgan ham m a zam onlar uchun yagona hisoblangan davlat 
    kerakligi m uam m osining qo'yilishi pyesaning fashizm tartibotiga
    204


    qarshi kurash ohangi bilan sug‘orilishiga olib keldi.
    Kreonning Polinik jasadini dafn etishni man qilishi va uning 
    bu hukmga qarshi chiqqan qiz Antigona bilan o'zaro to'qnashuvi 
    turlicha nuqtayi nazardan baholanishi mumkin. Anuy Kreon bilan 
    Antigonaning bir-biriga yaqinligini ta ’kidlaydi. U lam ing har ikkala- 
    si ham dunyoga puch, g'addor va chin insoniylikning zavoli deb 
    qaraydi. Faqat bunda Kreon davlatni boshqaruvchi sifatida butun 
    og'irlikni o 'z bo'yniga olgan holda «xo‘p» deydi, yosh, qaysar Anti­
    gona esa «yo‘q» deydi va avf etilish, ya’ni qaytarib beriluvchi ha­
    yotni qabul etmaydi. Antigona murosaga bormay, o 'z so'zida qat’iy 
    turib oladi. U ning alamli va bemurosa chaqiriqlarida odamiylik 
    tuyg'ulari jo 'sh ib turadi. Anuy tragediyasining insoniylik mohiyati 
    shundadir.
    Kreon davlat oldidagi burch talabi va shaxsiy iztirob hissi 
    to'qnashuvidan qiynalsa, Antigona dafn etilmay qolgan akasi oldi­
    dagi jigarlik tuyg'usi ostida azoblanadi. Anuy o 'z diqqatini qah­
    ram onlam ing ichki olami tahliliga qaratadi va shu bilan ularning 
    ekzistensialistlar dramasi qahram onlaridan farqlanib turishini belgi­
    lab beradi.
    «To'rg'ay» (1953) asari Anuy dramaturgiyasining eng shoirona 
    nam unasi hisoblanadi. M uallif milliy tarixiy materialga murojaat 
    qilib, ko'p jihatdan B. Shouning «Parivash Ioanna* tragediyasiga 
    yaqin tarzda o 'z pyesasini Janna D ’Ark ustidan o'tkaziluvchi sud 
    jarayoni shaklida yozgan. Dram aturg tom onidan ko'p m arta 
    qo'llanilgan o'yin usuli pyesa tizimini belgilab bergan. Sud jarayoni 
    davom ida xalq qahram oni Janna hayotidan olingan turli lavhalar 
    jonlanadi. Tragediyadagi to'qnashuv va olishuvlar ijtimoiy falsafiy 
    m a’no kasb etib boradi. Jam iyat, davlat soxtaliklariga mardonavor 
    qarshi chiqqan Janna chinakam insoniylik timsoli sifatida namoyon 
    bo'ladi. 
    Jannaga qaram a-qarshi 
    qo'yilgan 
    inkvizitor insonni 
    o'zining asosiy raqibi deb biladi. Tragediya inkvizitoming m ag'lu- 
    biyati bilan yakun topadi. Janna o'zining haqligiga komil ishonch 
    bilan qarab, dahshatli o'lim ni m ardonavor qarshi oladi: Janna alan- 
    gada kuydirilish sahnasidan so'ng pyesa qahram onlari unutib 
    qo'yilgan, ya’ni Karlga toj kiydirish sahnasini ijro etadilar. «Janna 
    hayotining haqiqiy xotimasi — bu baxt va ro'shnolik xotimasi».
    Anuy dramaturgiyasi fransuz teatri repertuarining tarkibiy qis- 
    miga aylangan. Fransuz rejissurasining yirik namoyandalari Anuy 
    dramaturgiyasiga tez-tez murojaat etib turadilar.
    Fransuz sarmoyadorlari birinchi jahon urushidan so'ng teatrni 
    tijoriy muassasaga, butkul ko'ngil ochish vositasiga aylantirish
    205


    yo'lini tutdilar. 0 ‘yin — kulgi shaydolarining xirs — havaslarini 
    q o ‘zg'ovchi zohiran jozibador sahna usullari ishlab chiqildi. 
    tJarijnm g yirik xiyobonlariga joylashgan (shundan ular «Xiyobon 
    teatrlari» deb yuritiladi) tijoriy teatrlarda 20-yillarda bir pyesa 
    m aqom i, ya’ni tom oshabinning kelishi to'xtagunga qadar bir pye- 
    sani h ar oqshom ko‘rsatish tartibi tarkib topadi. «Jimnaz», «Renes- 
    sans», «Port Sen — M arten», «Eberto», «Vodevil» va boshqa xi- 
    yobon teatrlari aktyorlari b a’zan beparda, hayo — odobdan tashqari 
    ko‘rinishlarni ko‘z-ko‘z qilishdan 
    ham toym asdilar. Lekin ular 
    orasida o 'z kasbining ustasi ekanligi bilan ajralib turuvchi aktyorlar 
    ham uchrardi.
    Sasha G itri (1885—1957) haqli ravishda fransuz sahnasining 
    ulkan ustalaridan biri hisoblanadi. Shoir, dram aturg, adib va aktyor 
    sifatida tanilgan bu zot o 'z sahna usulini ishlab chiqqan edi. G itri 
    san’ati nafis, zavqbaxsh shod xurramlik san’ati edi. Tijoriy teatm ing 
    serviqor tom oshalarida odatda boyu boyonlarcha to'kin-soch in , 
    laziz turm ush tarziga tosh otilmas, aksincha, boylik nash’u nam o- 
    lari k o 'z -k o 'z qilinar va bu tirikchiligi but, kulgi, hangom aga o 'c h
    aslzoda tom oshabinlar didiga m udom yoqib tushardi.
    G itri odatda, m ard, har ishga qodir, jozibador jazm anlar rol­
    larini o'ynagan. Uning qahram onlari mayin istehzo aralash m uto- 
    yibago'ylik ruhida ko'rinar, beg'ubor qalb sohibi ekanligi va 
    sam im iy xatti-harakatlari bilan tom oshabinni 
    m afiun etar edi.
    Tijoratga asoslangan teatrda m alaka ko'nikm alarini chuqur 
    egallamay, qovushimsiz, ovoz tuslanishlarida oqsoqlik qilgan akty­
    orning non topishi qiyin edi. Shu xislatlar egasi bo'lgan aktyorgina 
    shuhrat topa olardi. Lekin ana shu yuqori m ahoratni nam oyish- 
    korona k o 'z-k o 'z qilish k o 'p hollarda asosiy maqsadga aylanib 
    qolardi.
    «Komedi Fransez» teatrining 1918—1945-yillar tarixi uch 
    bosqichga ega: birinchisi 1918—1936-yillarga to 'g 'ri kelib, bu 
    davrda teatrga bosh m a’m ur Emil Fabr boshchilik qilgan; 1936— 
    1940-yillarda Eduard Burde, 1940—1941-yillarda esa Jak Kopo va 
    Jan Lui Voduaye (1941—1944) boshqarganlar.
    XX asr boshlarida yirik dram aturg va teatr arbobi sifatida tanil­
    gan Emil Fabr (1869—1955) «Komedi Fransez* teatrini «nam u- 
    naviy sahna» darajasida tutib turishga harakat qiladi. Fransiyaning 
    otaxon teatri aktyorlari XIX — XX asrlar chegarasida Andre Antuan 
    rahnam oligida boshlangan teatrni yangilash harakati ta ’sirida m um ­
    toz repertuarda o 'z rollarini qayta, yangichasiga idrok eta boshlay- 
    dilar. Lekin ikki asr m obaynida yashab kelgan ifodali o'qish uslubi
    206


    (deklamatsiya), nafls so'zlash san’ati a n ’analarini avaylab saqlab 
    qolish ham unutilm adi.
    O 'tgan vaqt Fransiya akademik teatri XX asrda millat m a’naviy 
    hayotining ulug‘vor voqeligi boiganligini yana bir bor tasdiq etdi. 
    Bu ko'p jihatdan teatrning o 'z a n ’analariga sodiq qolganligi bilan 
    izohlanardi. Zero, a n ’ana «Komedi Fransez* teatri uchun havodek 
    jo n ozig'i bo'Idiki, aktyorlar shu havodan nafas oldilar. Aktyorlar- 
    dan «bir-biriga o 'tib yig'ilgan son-sanoqsiz usul, andozalar, ijro 
    tarsi», «alohida o'ziga xos aql-idrok ustuvorligi; ko'rish, yurish ta- 
    moyillari» (L.Juve) shular jum lasidan edi.
    Bu keksa teatr san’ati yangi ijtimoiy g'oyalar va teatr izlanish- 
    lari ta ’siridan chetda qolmadi.
    Rejissyor Jorj Berr 1921-yili M olyerning «Tartyuf» asarini 
    yangicha talqinda sahnaga qo'yishga urunib ko'rdi. U nda voqealar 
    goh Orgon uyi ichida, gjh ko'cha yoki bog' qo'ynida ko'rsatildiki, 
    natijada klassitsizm estetikasining muhim shartlardan biri — o'rin 
    birligi qoidasiga putur yetkazildi. Berr vaqt birligi qoidasini ham 
    yo'qqa chiqardi. U asarni yangi sahnaviy shaklga ko'chirdi-yu, le­
    kin uni davr ruhiga mos yangi fikr m a'no bilan boyitolmadi. Shu 
    bois «Komedi Fransez» teatrining keyingi ishlarida Berr tajribasi 
    davom ettirilm adi. Lekin muhimi shunda ediki, m um toz merosga 
    yangicha inunosabat «Molyer uyi»ning o'zida boshlandi. 1933- 
    yilning oxirida Emil Fabr sahnalashtirgan Shekspirning «Koriolan» 
    asari esa davr og'riqlariga ohangdosh, chinakamiga zamonaviy dol- 
    zarb spektaklga aylandi (gap G erm aniyada natsistlar hokimiyatni 
    egallashi ustida boradi). Koriolan rolini navbati bilan Rene Alek­
    sandr (1885—1945) va Jan Erve (1884—1962) o'ynadilar.
    «Komedi Fransez» teatri zali jang maydoniga aylangan bo'lib, 
    spektakl tom oshabinlarning bir qismi uchun diktatura xavfiga qar­
    shi chaqiriq, boshqa bir qismi tom oshabinlar uchun qudratli shaxs- 
    ni ulug'lash g'oyasi tarzida qabul qilindi.
    1936-yili «Komedi Fransez» teatri m a’murligi vazifasiga Edu­
    ard Burde (1887—1945) tayinlanadi. Ko'plab «xulq-atvor kom edi- 
    yalari» muallifi Burde keksa fransuz teatrini zamonaviy m uam m o- 
    larga yaqinlashtirish zarurligini yaxshi bildiradi. Shuning uchun 
    ham u «Komedi Fransez* teatriga atoqli rejissor Jak Koponi va un ­
    ing «Kartel» birlashmasiga kiruvchi izdoshlaridan Shari Dyullen, 
    Lun Juve, G aston Batilarni taklif etadi.
    Teatrning faoliyati bu davrda bamisoli uch yo'nalishda davom 
    etdi. T ruppa aktyorlarining bir qismi repertuarda faqat aktyorlik 
    m ahorati va malakasini namoyish etuvchi ko'hna qoida, andozalar
    207


    bo’yicha yaratilgan spektakllami daxlsizlikda saqlab turish uchun 
    intildilar. Rassinning «Fedra», M olyerning «Erlarga saboq», Dyum a
    — o 'g'ilning «Deniza» spektakllari shunday asarlardan edi.
    Faoliyatining ikkinchi yo'nalishi 1936— 1940-yillari Jak Kopo 
    nom i bilan bog'liq bo'ldi. Atoqli rejissor, aktyor, teatr pedagogi, 
    teatr haqida ko'plab m aqolalar muallifi bo'lm ish Kopo estradada 
    fransuz tragediyalaridan parchalar o'qish bilan chiqib turardi. U 
    aynan shu estrada ulug'vor fransuz ifodali o 'qish (deklamatsiya) 
    usulini nam oyish etadi. shunish m uhim ki, u k o 'h n a merosga 
    zam onaviy g'oyaviy ohangdorlik baxsh etdi. Burde Kopoga teatrda 
    m um toz spektakllam i yangilash vazifasini topshirdi.
    U 1937-yili Rassinning «Boyazit» asari ustida ishlarkan, ak- 
    tyorlarni uning she’riyati nafosati va jozibasini bosiqlik bilan 
    ifodalashga yo'naltiradi. ko'tarinki holat ko'nikm alarini k o 'z-k o 'z 
    qiluvchi o'tli nutqli ifodalar, nafis, ko'hli bezak va liboslar qah­
    ram onlar ichki olamini ochishga qaratilgan ediki, bu ko 'h n a frant- 
    suz teatrining fojeiy san’atda ko'ringan yangi tam oyillaridan darak 
    berardi.
    Kopo M olyerning «Odamovi» (1938) asariga ko'p yangiliklar 
    kiritadi. Keyinroq u Kornel, Marivo va boshqa m um toz dram aturg­
    lar asarlariga murojat qilib eski andoza, taqlidlardan xalos etilgan 
    m um toz m eros fransiya m a’naviy qadriyatining tarkibiy qismi 
    ekanini ko'rsatadi. Teatr hayotidagi uchinchi yo'nalish «Komedi 
    Fransez» sahnasining g'oyaviy kurash m aydoniga aylanishida 
    ko'rindi. «Kartel» ishtirokchilaridan Bati, Dyullen va Juvelar fajli- 
    yati shu m a’noda e ’tiborli edi.
    G aston Bati (1885—1952) «Komedi Fransez» teatrida qator 
    asarlar sahnalashtirgan. Bular orasida A. Myussening «Shamdon» 
    (1937), A. R. Lenorm aning «Samum» (1937) spektakllari ayniqsa 
    e ’tiborlidir.
    «Sham don»da badxulqlikka zid o'laroq axloqiy komiliik 
    g'oyalari ifodalangan bo'lsa, «Sarnum» spektaklida psixologik ijro 
    san’ati nam oyish etildi. Shari Dyullen (1885—1949) «Komedi 
    Fransez* teatrida Bum arshenning «Figaroning uylanishi» (1937) 
    asarini sahnaga qo'yadi. U nda aktyorlar m ahorat yetukligi bilan bir 
    qatorda asarning ruhiy va ijtimoiy qatlam larini chuqur his etish 
    layoqatlari bilan ham ko'rindilar.
    Lui 
    Juve 
    (1887-1951) 
    1937-yili 
    Koklenning 
    «Kulgili 
    xomxayol* asarini qo'yib, unda tamballik, xudbinlikni qoralash 
    asosida ijodkorlik m artabasini ulug'lash m aqsadini olg'a surdi. Juve 
    bilan olib borilgan ish «Komedi Fransez* teatri aktyorlari uchun
    208


    izsiz ketmadi. Ular sahna san’atini davrning og'riqli muammolari 
    bilan bog'lash zarurligi vazifalarini anglab yetdilar.
    Parij qamali yillari «Komedi Fransez» teatri og'ir davrni boshi- 
    dan kechirdi. Lekin aynan shu davrda Fransiyaning keksa teatri ak- 
    tyorlari millat oldidagi m as’uliyatni chuqur his etib, ko'tarinki ho- 
    lat ko‘nikm alarini saqlabgina qolmay, shu bilan birga insonparvar- 
    lik g ‘oyalarini ham tarannum etib keldilar.
    «Komedi Fransez» teatri sahnasida o ‘sha kezlari asosan m um ­
    toz asarlar o ‘ynalardi. Jan Lui Barro, masalan, Kornelning «Sid» 
    (1943) asarida Radrigo misolida mashaqqatli kezlarda ham jangovar 
    ruh ulug‘vorligini saqlay olgan fidoyi qahram on qiyofasini yaratdi.
    Teatrda zamonaviy asarlar ham qo'yildi. Lekin asos e ’tibor bi­
    lan «Komedi Fransez» teatri urush yillari milliy sahna a n ’analari 
    taetri bo'lib qoldi.

    Download 9,43 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish