«Hamlet* spektakli orqali ifoda etdi. H am letni ikki atoqli aktyor
o ‘ynadi: Albert Basserman H am leti saroy olom oni qarshisida
o'zining shohona yurish-turishi, ruhiy ustunligi bilan ko'zga tash-
lanib turardi; Moissi butkul o'zgacha, ya’ni uning H am leti asabiy
va shubhalar o 'tid a yonuvchi, ayniqsa, bo'sh sahna qo'ynida xoki-
sor va alam zada ko 'rinar edi.
1910-yili Reynxardt Berlin sirkida Sofoklning Gofm anstal to
m onidan qayta ishlangan «Shoh Edip» asarini sahnalashtiradi. Edip
fojiasi sirk m aydonining orqa gir atrofiga
ulanib ketgan ulkan om -
maviy ko'rinish qarshisida sodir b o 'la r edi. Besh yuz kishilik ishti-
rokchilar om masi Reynxardt tom onidan g'oyatda puxta ishlangan
edi. Olom on bir jonzotdek harakat qilardi: yalang'och qo'llar
ko'kka ko'tarilar, gavdalar to'lqinsim on bo'lib baravariga harakatga
kelar, Edipga qaratilgan iltijo xitoblar baravariga yangrar; uzun oq
ko'ylak (xiton) kiygan Edip uym alangan olom onning oyoqlari
ostida yakka o 'zi turardi. Vegenerning kuchli haykal surat obrazi
misoli bir bo'lak m arm ardan «yasalgandek» edi. Moissi Edipni but
kul o'zgacha, ya’ni zam onaviy kishining dil ezguligi bilan
yo'g'rilgan q a t’iyatli va shijoatli hukm dor tarzida gavdalandi. «Shoh
Edip* spektaklida om m aning markaziy
qahram onlardan biriga ay-
lanishi, qahram on bilan om m a orasidagi iztirobli, qayg'uli holat-
larga urg'u berilishi nem is sahnasiga ekspressonizm oqim ining kirib
kelayotganidan darak berardi.
Reynxardt S hum andan sotib olingan sirkni qayta ta ’m irlab, uni
« K atta dram a teatri* deya ataydi, 1919-yili uning pardasini Esxil
ning «Oresteya» asari bilan ochadi. Keng orxestra m aydoni, odat-
dagi sahna qutisiga tutash katta old sahna, uch m ing o'rinlik doira-
sim on tepalik bag'rini egallagan o'rindiqlar rejissoiga spektakl m a
koniy yechim ida nihoyatda keng im koniyatlar yaratib bergan edi.
Reynxardt turlicha teatr ifoda shakllarini am alda qo'llash, to
moshabin bilan aktyorning o 'zaro
aloqadorligini kuchaytirish
yo'lida tinm ay izlandi. U yangi-yangi sahnaviy ifodaviylik vosita-
larini qo'llash m aqsadida turli m am lakatlar milliy madaniyatlariga
m urojaat etdi.
Reynxardt fashizm hokim iyat tepasiga kelgach, Germ aniyani
tark etib Avtriyada q o 'n im topadi, 1938-yildan AQSHda m uhojir
bo'lib yashashga m ajbur bo'ladi. H ayotining so'nggi yillarini Holli-
vudda o'tkazib, shu yerda bir necha spektakl yaratadi, teatr mak-
tabida
dars beradi, Shekspirning
«Yoz tunidagi tush* asari
bo'yicha filmni suratga oladi.
198
Maks Reynxardt sahna san’atini misli ko'rilm agan yangi ifoda
omillari va uskunalar bilan boyitdi, dekorator-m usaw ir san’atidan
unum li foydalanish, nur va rangni qo'llashda m o'jizalar yaratishga
qodir aktyom i spektaklning bosh ijodkori deb bildi. «Men teatm ing
abadiyligiga ishonam an, boisi aktyorning abadiyligiga ishonaman*,
deb yozgan edi Reynxardt. G erm aniyada
ijod qilgan yirik aktyor-
lam ing ko‘pchiligi Reynxardt tarbiyasini ko'rgan aktyorlar edi. A.
Moissi, E. Vintershteyn, E. Timig, G . Eyzolt, A. Basserman kabi-
lar shular jum lasidandir.
Reynxardt qaysi janrda ishJamasin, qanday sahnaviy shakllami
q o ‘llam asin va qaysi davrga oid asam i q o ‘ymasin, asosiy diqqat-
e ’tiborini insonga qaratdi. Insonga b o ‘lgan sevgi-muhabbat, xayri-
xohlik XX asr teatrining yaratuvchilaridan biri bo'lm ish Reynxardt
ijodining tub m ohiyatini belgilab berdi.