S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

SAHNA SAN’ATI
Genri 
Irving 
(1838—1905) 
ingliz 
sahnasining 
sehrgar 
san’atkorlaridan biri edi. U XIX asrning oxirida London teatr hayoti- 
ning markaziga aylangan «Litseum» teatriga chorak asr davomida rah- 
barlik qilib, Shekspirning deyarli barcha asarlarini shu teatrda sahnaga 
qo'yadi va o'zi Hamlet, qirol Lir, Yago, Shaylok singari rollarni ijro 
etadi. «Yago rolida. ushbu siymo qanchayin shayton qiyofa bo'lmasin, 
uning muhibiga aylanmay ilojing yo'q, chindan-da «Yago halol», jozi- 
bador ediki, asti qo'yaverasiz», deya eslagan edi Ellen Terri.
Irving tabiatan rom antiklarga xos ko'tarinki qalb egasi edi. Ir­
ving tragediyada «gumburlovchi 
m om aqaldiroqqa emas, - deb 
yozgan edi G ordon Kreg, — balki yig'ilib-yig'ilib, so'ng birdaniga 
o'kirib, kuch-qudratini ko'rsatuvchi m om aqaldiroqqa o'xshashdir».
Irving «Litseum» teatrida Shekspir asarlarini «ashyoviy natura­
lizing deb ataluvchi usulda sahnalashtirdi. U ning spektallari serha- 
sham va m ahobatli ko'rinishlari bilan ajralib turardi. Shekspir asar­
larini Irving talqinida «M anzarali Shekspir» deb atadilar.
Irving ingliz romantizmi an ’analari qatori ko'rkamlik usuliga ham 
moyillik ko'rsatgan. «Sahna san’atining pirovard maqsadi go'zallikni 
ulug'lashdir, - deb yozgan edi u. — T o'g'ri, shundoq ham unda 
go'zallik unsurlari jamuljam; tuban va dag'al narsalami il'odalash 
san’at tarovatini yo'qqa chiqaradi». «Litseum» teatri spektakllarini ato- 
qli ingliz musawirlaridan Peri — Jons, Alma — Tadem a bezadilar.
Irvingning rejissorligi ko'proq o'zi va u bilan sheriklashib rol 
o'ynovchi Ellen Terri harakati uchun qulay va unum li sahnaviy 
shart — sharoit yaratishda ko'rindi. A ktyorlam ing o'zaro ijro 
uyg'unligi ham bosh rol talqiniga bog'liq holda hal etilgan. Ibsen, 
Shou, G au ptm an va boshqa «yangi dram as mualliflari Irvingni 
qiziqtirm adi. Shu hoi tanqidchilikda «Irvingga qarshi kurash» avj 
olishi sabab bo'ladi. B.Shou shu kurashning ilhomchisi sifatida 
maydonga chiqib, o'zining bir qadar bo'rttirib yozilgan maqola- 
larida «Irving davri ingliz teatri»ning tanglik davri deb baholab, 
«Irving o 'z davri m a’naviy hayotidan cheksiz darajada uzoq edi», 
degan xulosa chiqargan.
184


Ellen Terri (1848—1928) «Litseum» teatrida Irving bilan barcha 
spektallarda 
unga benazir 
sherik — sahnadosh 
sifatida 
o'zini 
ko'rsatdi. U insonning eng nozik qalb tug'yonlarini ifoda etishga 
qodir san’atkor edi. Uning talqinida «Venetsiya savdogari* asaridagi 
Porsiya «sharofatli va ko'hli, go'zal va oqila, vafodor va dono qiz 
tarzida gavdalanadi. Terrining Ofeliyasi saroy muhiti siquvida o'zini 
Hamlet misoli yolg'iz va betayanch his etuvchi malohatli qiz timso- 
lida namoyon bo'ldi. Aktrisaning Kordeliyasi va Dezdemonasi qal­
ban shijoatkor, ruhan kuchli qahram onlar edi. Makbet xonim Terri 
talqinida erini ziyod darajada sevishi tufayli jinoyatga qo'l uradi.
G ordon Kreg aktrisaning shaxsiy jozibasini ta ’riflab, shunday 
degan edi: «U yakka-yolg'iz roli — o'zini o 'zi o'ynaydi; agar u 
o'zini rolda topolmasa, uni o'ynayolmasdi; rol yuzlab o'ynalganda 
ham o'zini o'zi takrorlam asdi, Shekspir daraxt, zamin, havo 
bo'lgani holda, u har safar shu daraxtning shox-shabbasi va nur 
o'yini yanglig' yana uning o'zi nam oyon bo'lardi». «U zam ona 
xotin-qizlarining eng komilasi, alohida o'ziga xoslaming alohidasi*, 
deb yozgan edi B. Shou Terri haqida.
Gordon Kreg (1872—1966) — rejissor, teatr musawiri, teatr 
nazariyachisi sifatida tanilgan yirik san’atkor edi. U Ellen Terrining 
o'g'li bo'Iganidan «Litseum» teatrida aktyor sifatida ilk ijodini boshlab, 
so'ng o'z qarashi va yo'liga ega rejissor sifatida shakllanadi.
Irving va Terri Kregni taetrning chinakam muhibiga aylanti- 
radilar. Lekin Kreg chakana teatr muhibi emas edi. U teatrga antik 
zam onda bo'lganidek, bayramoua shukuh va maktablik martabasini 
qaytarish ezgu niyati bilan yashadi. Stanislavskiy, Reinxardt, Mey- 
erxold singari kreg ham ishni tijorat dardiga mubtalo bo'lgan bur- 
juacha teatrni inkor etishdan 
boshladi. 
Keyinroq u butun 
zamonaviy teatr tizimi yaroqsiz, degan xulosaga kelib, o 'z shaxsiy 
teatrini barpo etishga harakat qildi.
Kregning estetik dasturi ko'p jihatdan D. Reskin va nafosatchi ras- 
somlar yo'riqlariga yaqin edi. U ham Uayld singari nafosat oshifta- 
larining go'zallik haqida qoidalarini qabul qiladi. Nafosatchilar ijodida 
go'zallik hayotda uchrovchi badbinlik, tubanlikdan ajratilgan holda 
o'zicha alohida san’at olamiga aylantirildi. Shu sababli Kreg oliy 
ezgulik qadriyatlarini unutib, tirikchilik dardida ko'ngil ochish vosita- 
siga aylangan teatrga qarshi kurash ochdi, eski teatr tizimini barbod 
etish va yangi teatr yaratish kuyiga tushdi.
Teatrni tubdan isloh qilish zarur edi. Ko'pchilik teatr arboblari 
shu fikrda edilar. Kreg o 'z maqola va kitoblarida burjuacha teatr 
tartiboti yaroqsizligini asosli tarzda ochib tashladi. Lekin Kregning
185


o ‘z teatri yo ‘q edi. U o ‘z atrofiga ham fikrlar guruhini yig‘olmadi. 
U Angliyada ishlab, so‘ng boshqa O vro'po m am lakatlarini kezib, 
bor - yo‘g‘i o ‘nta spektakl qo'ydi. Shu paytda «omadsiz Kreg» de­
gan afsona tug'ildi. Lekin Kreg teatr nazariyasini ko'p yangi fikr- 
m ulohazalar bilan boyitdi, rejissura va sahna bezagi sahasiga sezi- 
larli hissa qo'shdi. U ning ko'pgina kashfiyotlari XX asr teatriga 
m uhim ulush bo'lib qo'shildi.
Kregni ulkan falsafiy va estetik m uam m olar qiziqtirdi. U 
olam ni m ayda-chuyda izoh, chala-chulpa rang, unlar bilan anglab 
b o'lm as yaxlit va yagona xilqat deb tushundi. Uni Shekspir asar- 
larining ko'lam dorligi, ulug'vorligi va yaxlitligi m aftun etganligi, 
doim o shu asarlarga murojaat etganligining sababi ham ana shunda. 
Kreg estetikasida go'zallik tushunchasi yaxlitlik va butunlik tushun- 
chasi bilan m ushtarak tarzda keladi. Uning fikricha, «muvozanat» 
m ukam malligi shu go'zallikda jam ul-jam dir. «G o'zallik shu qadar 
keng m a ’noli tushunchaki, - deydi Kreg, — u m uvozanat m ukam - 
malligidan tashqari narsalam i ham o 'z ichiga oladi. U nda xunuk, 
noxushlikning ham o 'z o'rni bor, lekin chala-chulpa narsalar unga 
m utlaqo yotdir».
U spektaklda, aw alo, rejissura, aktyor ijrochiligi va makoniy ye- 
chim borasida mushtaraklik va yaxlitlik bo'lishi qoidalarini olg'a surdi.
Spektakl mayda — chuyda izoh va tasvirlardan xoli bo'lgandagina 
yaxlit, bir butun badiiy timsolga aylanadi; spektaklda aktyor o'z jis- 
mining bir qismi misol singib, uyg'un tarzda harakat qilishiga asoslan- 
gan bir jinsli makon bo'lishi lozim, deb hisobladi Kreg. Biroq teatrda 
chizm a bezaklarga asoslanganda, bunday bir jinsli makoniy muhit 
yaratish mumkinmi? Bezatilgan ko'rinishlar bilan uch o'lchamli inson 
tanasi orasida qanday mutanosiblik yaratish mumkin?
Kreg odatdagi sahnaviy makon yaratish usulidan voz kechib, 
dekoratsiya o 'rnida m e'm o riy inshootlar asoslangan antik teatrni 
nam una qilib olishni taklif etdi.
Sahnaviy m akon islohi masalasi G ord on Kreg nazariyasining 
eng m uhim jihatlaridan birini tashkil etadi. U sahnada birinchi 
galda 
m e 'm o riy
inshootni 
tiklash, 
yassi 
bezakni 
hajm dor 
ko'rinishga aylantirishga intildi. Shu zaylda sahnada harakatga 
keltirib, voqea tarzi o'zgartiriladigan turli shaklli m e'm o riy qurilma
— shirm a (to'siq — parda) ifoda usuli m aydonga keldi. Shunday 
qilib, sahnaviy makon spektaklning ajralmas tarkibiy qismiga, y a'n i 
Kreg ijodining asosiy mavzularidan insonning olamga munosabati 
mavzusini ochuvchi ifoda omiliga aylandi. Boshqacha aytganda, 
Kregning tom oshabin olam ni yaxlit va yagona hilqat tarzida qabul
186


qilishi kerak, degan qoidasi shu tarzda amalga oshirildi.
Kreg o'zining 1911-yili nashr etilgan «Teatr san'ati* kitobida 
m usaw ir eskiz ustida ishlar ekan, u «aw alo, shoir tikriga ham o- 
hang bo'lib*, voqea o 'm in i topishi kerak, deb yozgan edi. Ko'kka 
cho'zilgan to 'g 'ri burchakli qurilma, tutash kublar tizimi, oxiri yo'q 
yo'laklar, zinapoyalar, bir-biriga tutash o'tish joylari — Kreg olam 
qiyofasini shu tarzda gavdalantirdi. Bu yerda na osm onu falak va 
na ochiq maydon mavjud. H atto, voqea sodir bo'ladigan usti ochiq 
joylarda ham m anzara faqat m e’moriy ko'rinishlar orqali ifodala- 
nadi. Kreg, m usaw ir ham rejissor kabi tabiat borlig'iga taqlid qil- 
masligi kerak, balki tabiatda ko'rgan-kechirganlarini badiiy asar 
tarzida yangichasiga jonlantirishi lozim, deb hisobladi.
Kreg sahnaviy makon islohiga kirisharkan, m usaw ir va rejissor 
bir shaxs misolida namoyon bo'lishi kerak, degan xulosaga keladi. U 
bir spektaklning bir necha yaratuvchisi bo'lmasligi kerak, deydi.
Kreg teatri — bu rejissor teatridir. Pyesa muallifidan boshlab 
aktyorgacha ham m a shu rejissor mo'ljalini ro'yobga chiqarishi 
kerak. Kreg shu shartlar bajarilgandagina bir butun, yaxlit spektakl, 
chinakam san’at asarini yaratish mumkin degan fikrga keldi. «Bar­
cha ifoda omillarni uyg'unlashtirishdek rejissor intilishi astoydil 
qabul qilinib, amalga oshirilmas ekan, yuqori samaraga erishishi 
m um kin emas» deb yozdi Kreg o 'z kitobida. Kreg o'zi qo'ygan 
spektakl bezagi eskizini doimo o'zi chizgan.
Makoniy yechim masalasi Kreg spektakllarida birinchi darajali 
ahamiyatga molik masaladir. U ko'p marta ta'kidlaganidek teatr — 
bu aw alo tomoshabin demakdir. «Tomosha, - deb yozdi u, — bu 
tomoshabin qalbiga yo'naltirgan shunday yaxlit, jo'shqin taassurotlar 
hosil qilishki, u qalam ahlining zahmatli mehnati bilan yaralgan nar- 
sani yana ham boyitishi va kuchaytirishi lozim», Demak, rejissorning 
niyati, spektaklning umumiy konsepsiyasi dekoratsiya orqali ifodala- 
nadi. Spektakl bezagi Kreg nazarida pyesa g'oyasini qurish orqali aks 
ettirish demakdir. Kregning 
asarini sahnalashtirish bo'yicha olg'a 
surgan talablari XX asr boshlarida favqulotda yangilik tarzida 
qabulqilingan. U o'zining 1900-yillarda yozilgan maqolalarida sahna 
bezakchiligi hodisasini nazariy tahlil etib beradi.
Asar mohiyatini aktyordan ko'ra ko'proq ko'rinishlar orqali 
ochish Kreg spektakllarining asosiy xususiyatiga aylanadi. Shu tufayli 
uning spektakllarida nur va rang ifodalari alohida ko'zga tashlanuvchi 
omil hisoblanadi. N ur, xatti-harakat makoniy yechim silsilasida spek­
takl timsolini yaratishda yetakchi unsurlik vazifasini ado etadi. N ur — 
yog'du tuslanishlari bezakning zarur qismlarini alohida-alohida ajratib
187


ko'rsatar, parda peshtoqiga tushar, sahnada goh yalpi-yassi, goh turli 
iiakllar orqali sirli muhit olamini xosil qilardi. Kreg o'ziga xosliklami 
ilodalashda simvolistlar ta'lim i va amaliyotiga asoslandi.
Kregning fikricha, b a'zan yorqin va zavqbaxsh, b a'zan qora, m o- 
tamsaro rang muayyan sahnaviy kayflyat yohut spektaklning hissiy 
cho'g'iga m onand tushishi kerak. Sahnaviy makon, harakat, nur va 
rang Kreg uchun spektakl oryazini yaratishda asosiy omillarga aylandi.
Kregni aktyorni qadriga yetm aslikda, inson gavdasidan badiiy 
bezakning bir bo'lagi sifatida foydalanishda aybladilar. Lekin uning 
teatri aw alo rejissura teatri ekanligini unutm aslik kerak.
Kreg aktyorlik ijodi muammosiga ko'p e ’tibor bergan. Um um an 
olganda, Kreg tasaw ur maktabi tarafdori edi. U o'zini simvolist deb 
atab, aktyordan kechinmani emas, balki shu kechinm ani ramziy 
ifodalash, ya’ni o'zini biror narsani boshidan kechirayotgan kishi 
qilib ko'rsatishni talab etdi. U qachon va qaysi o'rinda qanday ho- 
latda turish, harakat qilishni aniq hisobga olib, ularni his-hayajonga 
berilmay hassasona bajaruvchi aktyorni ibrat olsa boiadigan aktyor 
deb hisoblardi. Kreg «Teatr san’ati» kitobiga kiritilgan «Aktyor va 
qo‘g'irchoq» maqolasida «qo'g‘irchoq» insoniy kechinm alardan holi 
bo'lganidan 
kechinm a 
hurujiga berilmay, chinakamiga san’at 
ii.;:noyishchisiga aylana olar va shu bilan jonli aktyordan afzalligini 
tasdiq eta olgan bo'lardi, degan xulosaga keladi.
Kreg o 'z rejissyorlik iste’dodini turli janrlarda namoyon etgan bo'l- 
sa-da, uni biron-bir ingliz teatri taklif etmaydi. G. Kregning ijodi tur­
licha nuqtayi nazardardan talqin etilishi mumkin. Bundan qat’i nazar, 
ning ijodi XX asr jahon rejissorlik san’ati va sahnaviy bezak rivojiga o'z 
ta’sirini ko'rsatdi va teatr tarixiga yorqin sahifalar bo'lib kirdi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish