NAZORAT SAVOLLARI
1. XIX asrning oxirida italyan xalqining milliy-ozodlik kurashi
avj olishi sharoitida atoqli teatr arbobi Gustavo M odena rahbar-
ligida
qah ram onona-rom antik
ruhdagi
aktyorlik
maktabining
shakllanishi; E. Rossi, T. Salvini shu maktabning ulkan nam oyan-
dalari ekani.
Rossi san ’atida yuqori sahna texnikasi va hayotiy haqqoniy ijro
tam oyillarining uyg'unligi; Rossining murakkab kechinm alarga
moyilligi uning Shekspir qahram onlari qatori Pushkin, A. Tolstoy
qahram onlariga m urojaat etishi.
2. T. Salvinining kechinm a maktabi san’atkori ekani nim ani
anglatadi? T. Salvini O tello rolining buyuk talqinchisi va ijrochisi
ekani. E. Duze san ’atida inson qalbini poklovchilik xususiyati ni
mada?
Duze
M argarita
(«Gul
ko'targan
xonim»),
N o ‘ra
(«Qo‘g‘irchoq uy») rollarida. Duze san’atining hayotbaxshlik shu-
kuhi nim ada ko'rinadi?
176
IN G L I Z T E A T R I
XIX
asr oxiri va XX asr b o ‘sag‘asida ingliz dramasi va teatrida
realizm ham da simvolizmdan iborat ikki badiiy yo'nalish yetakchi
o ‘rin tutdi. Birinchisi, ya’ni realizm B. Shou va J. Golsuorsi
dramaturgiyasi ham da «Mustaqil teatr» va Ellen Terri, G enri Irving
kabi atoqli ijodkorlar faoliyatida nam oyon bo ‘ldi. Simvolizm ta-
moyillari esa Oskar Uayldning bir qator asarlarida ham da aktyor,
rejissyor G ordon Kreg spektakllarida ko'zga tashlandi.
BERNARD SH O U (1856—1950-y.)
XIX—XX asrlar chegarasi va XX asrning dastlabki o ‘n yillik-
larida ingliz teatri ko‘p jihatdan Bernard Shouning ijodiy merosi
ta ’siri ostida rivojlandi. Shouning badiiy va ijtimoiy faoliyati o 'ta
ko'lam dorligi bilan ko'zga tashlangan edi. U musiqa va teatr tan-
qidchiligi sohasidagi k o 'pdan-ko'p maqolalari, publitsistikasi bilan
keng tanilgan edi.
Shou Dublinda tavallud topdi, uning bolalik, o'sm irlik yillari
ham shu yerda o'tgan. «Angliya Irlandiyani zabt etdi, menga
Angliyani zabt etishdan o'zga nima ham qolgan edi», deb yozdi ki
noya bilan Londonga yo‘l olarkan.
Bernard Shou G 'arb dramaturgiyasida butkul yangicha tasvir
usuli, ya’ni paradoks (zid fikr) ifoda usuliga asoslangan yangi
dram a turini yaratdi va shu bilan tafakkur teatrining shakllanishiga
asos soldi. Dramaturg tom oshabinlar ongini tarbiyalashni bosh
vazifa deb bilib, zamondoshlarini aql-idrokli bo'lishga chorladi.
Ularni hayotning ijtimoiy qonunlarini anglashga, burjuacha axloqqa
nisbatan murosasiz bo'lishga undadi. Ayni paytda u insoniyat aql-
idrokining olamni o'zgartirishdagi cheksiz kuch-qudratiga komil
ishonch bilan qaradi.
B. Shou zamonaviy voqelikni tadqiq etishda umum tomonidan
e ’tirof etilgan, lekin har kimga ham botavermaydigan jumboqli para
doks (zid fikr) ifoda usulini o 'z ijodi uchun asos qilib oldi. Turkum
asarlarini ham u g'alati nomlar bilan ataydi. Xususan, «Bo'ydoq uy-
lari» (1892), «Ko'ngil o'g'risi* (1893), «Uorren xonimning kasb-
kori» (1894) degan uch asarini «yoqiinsiz pyesalar» deb atagan. Bu
asarlarda burjua jamiyatining turli axloqiy muammolari olg'a suril-
gan. «Bo'ydoq uylari» pyesasidagi chayqovchi Sartorius, uning gu-
mashtasi Likchiz va zodagon naslining arzandasi Trench o'zaro
kelishib, tashlandiq kulbalarda yashovchi kishilar mablag'i hisobiga
177
boyishni o'zlariga kasb qilib olgan kishilar tarzida ko'rinadi.
Ijtimoiy adolatsizlik masalasi «Uorren xonimning kasb-kori»
asarida yana ham keskin qo'yilgan. U nda Uorren xonim fohishaga
aylanib, O vro'poda q ator ishratxonalar ochadi. M uallif bu uchun
unigina qoralam aydi, shunday harakatga yo‘l qo'ygan barcha fu-
qarolarni qoralaydi.
B. Shou «yoqimli pyesalar» deb atalgan «Inson va qurol»
(1894), «Kandida» (1895), «Taqdir xohishi» (1895) va «Omon
bo‘lsak ko'ram iz* (1896) turkum pyesalarida m uallif zam ondosh-
larining insoniylikka daxlsiz o ‘y-intilishlari ustidan kuladi. «Shay-
tonning shogirdi» (1897) ham da «Sezar va Kleopatra» (1898) tari
xiy dram alarida yuqoridagi asarlarda ko'tarilgan m uam m olarni
davom ettirib, m ustam lakachilik siyosatini fosh etadi.
Shou yangi asmi hajman ulkan «Inson va o ‘ta qudratli odam*
(1903) degan falsafiy komediyasi bilan kutib oldi. Uning nazarida o 'ta
qudratli inson kelajak kishisi bo'lib, yomonlikdan yiroq, g'ayrat-
intilishlari buzishga emas, balki yaratishga qaratilgan insondir.
Jahon urushi arafasida Shou o'zining keng tarqalgan asarlari
dan biri «Pigmalion» (1913) pyesasini yaratadi. Bu «Sohibjamol
Galateya» yaratib, unga ishqi tushib, shu ishqi tufayli unga jon ki-
ritgan haykaltarosh Pigm alion haqidagi rivoyatning zamonaviy
nusxasi edi. «Sohibjamol Galateya»ga aylangan londonlik gulchi qiz
Eliza va uning otasi Alfred haqidagi bu asarga aw al dram a teatrlari,
keyin musiqiy teatrlar (kom pozitor F. Lou tom onidan «M ening
dilbar sohibjamolim* musiqali komediyasi yaratilgan) uzoq sah
naviy um r ato etdi.
1894-yildan Shou o'zi yozgan aksariyat asarlaridan o'zi sahnaga
qo'ya boshlaydi. U aktyorlardan qahramonlar ruhiyatiga to'liq kirish
asosida mubolag'aviy, g'aroyib ifodaviy usullami qo'llanishini talab
etardi. 1914-yili u «Pigmalion» asarini ham «Alo hazratlari teatri»da
sahnaga qo'yadi. Aktyorlardan Stella Patrik Keypbell (Eliza) va G er-
bert Birbom Tri (Higgins)larga Shou asar oxirida qahram onlar sevgi-
sini ko'rsatishni keskin man etgan. Sababi bu Shouning badiiy uslu-
biga zid edi. Pyesa sevgi haqida emas, balki insonning ulkan imkoni-
yatlari haqida bo'lib, unda Eliza professor Higgins yordamida o'zligini
topadi. Shou armiya buijua sharoitida bunday komillikka erishishning
imkoni yo'q. inson o 'z qismati haqida o'zi o'ylashi kerak degan xu-
losaga kelib, asar oxirini jumboqli tarzda qoldiradi.
Birinchi jah o n urushining jarohatli oqibatlarini dram aturg eng
sara «Qa!blar vayron bo'lgan xonadon» (1913—1919) va «Parivash
Ioanna* (1923) asarlarida um um lashtirgan. Kinoyachi, hajvgo'y,
178
zid fikr ustasi Shou m azkur asarlarda sajiya va voqealarni fojiaviy
ruhda talqin etuvchi ruhshunos sifatida ko'rinadi. «Qalblar vayron
bo'lgan xonadon» asarida zukko, nozik ta ’b, lekin birinchi jahon
urushiga yo'l qo'ygan ovro'polik ziyolilar hajv ostiga olinadi.
«M azkur nom faqat pyesaning nomigina emas, balki, ushbu «vay-
ron bo'lgan xonadon» urush arafasidagi butun madaniy va beg'am
O vro'poning o 'zi ham dir», degan edi muallif.
«Parivash Ioanna* Shou dramaturgiyasining eng yuksak na-
m unalaridan biriga aylandi. Jannani to 'la m a’noda xalq qahram oni
deyish mumkin. «Men yer farzandim an, shu yerda m ehnat qilib,
kuch-quw at oldim. Haqiqiy xalqning kimligi menga kundek
ravshan, u ishlab o'ziga non topib, tirikchilik qiluvchi xalqdir, —
deydi Janna, — ...Bilaman, qahringizning cheki yo'q, m en endi
ko'zlarida o 't misol chaqnab turuvchi sevgisi bilan bu qahrni
so'ndiruvchi oddiy odam lar oldiga ketgum. Meni o 'td a kuydirasiz,
ko'nglingiz joyiga tushar, lekin bilingki, men o 'td a yonsam ham,
xalq qalbida abadiy qolurman».
Shou «Parivash Ioanna* asarini bu shaxsga murojaat etgan o'z
salaflaridan Shekspir va Shiller, Volter va Mark Tvenlarga nisbatan
m unozara tarzida yozgan. Uning Jannasi mutaassibona dindorlik-
dan holi ravishda olamga tiyran ko'z bilan qarovchi qahram on. U
tarix jarayonini anglab, uning istiqbolini ko'rib harakat qiluvcha
xalq aql-idrokini o'zida mujassam etgan qahram on qiz tarzida
nam oyon bo'lgan.
Jannani xudo bilan odam lar orasida arosatda qolgan kofirga
«siyosiy zarurat» yuzasidan qatl etadilar. Din a ’yonlari, ingliz va
fransuz hukmdorlari Jannani yo'q qilish bilan xalqning erkin,
m ag'rur ruhini bukish uchun o'zaro birlashadilar.
Pyesa xotimasi achchiq kinoya va kesatiqqa to'la: Jannaning
o 'td a yondirilishigina fojiali emas, qatldan so'ng yigirma besh yil
o'tishi bilan uning oqlanishi g'alati bir fojiona jum boq. 1920-yili
Janna nom ining abadiy ulug'lanuvchi m o'tabar nom lar qatoriga
kiritilishi yana ham g'alati hoi. «Qandayin alam -sitam likki, har kim
meni maqtayversa! U nitm ang, men parim an, parilar har qanday
m o'jizaga qodir, aytinglarchi, go'rdan chiqb tiriklayin paydo
bo'lishim ni hoylaysizmi?* deya alam -iztirobda savol beradi Janna.
Rad javobini eshitgach yana xitob qiladi u: «E, parvardigor, sen
shundayin sahiy zam inni yaratding, qachon u o 'z parilarini mu-
nosib qabul qilarkin? Q achon, e hudoyim, qachon?». Bu so'zlarni
m uallif zamondoshlariga qaratadi.
179
20-yillarning boshida Shou o'zining «Mafusail sari, orqaga»
degan beshta pyesadan iborat eng hajm dor pentalogiyasini yaratadi.
Bu yerda Shou faylasuf va publitsist sifatida ko'rindi.
Shouning 1930—40-yillardagi ijodida uning diqqati ko‘proq si-
yosiy dolzarb masalalarga qaratildi. U shu yillari yozilgan «01ma
yuklangan arava» (1929), «Achchiq, lekin haqiqat» (1931) va
«Jeneva»
(1938)
degan
uch
siyosiy
komediyasini
«siyosiy
g'aroyibotlar» deb ataydi.
«01ma yuklangan arava* pyesasida Shou fashizm qarshisida uni
o 'chib qolgan beqaror dem okratiyani beshavqat fosh etadi. Angli
yaning AQSHga iqtisodiy qaram ligini ko'rsatadi. «Jeneva» pye
sasida Batler, B om bardoni, Flando degan to ‘qim a nom lar bilan
m urdor fashist siyosatchilari ustidan xalqaro sud jarayonini bosh-
laydi, tajovuskorlar yurishiga to 'siq q o ‘yolmagan davlat rahnam o-
larini hajv ostiga oladi.
Shouning
|