va qahram onlik ideallari bilan real borliq orasida yaqqol ko'zga
tashlanib turuvchi fojiona tafovut aktyor san’atining yanada
ko'tarinkilik kasb etishiga olib keladi.
Shekspir Salvinining eng sevimli dramaturgi bo'lib, u Otello,
Hamlet, M akbet, Lir, Koriolan, Rom eo, Yago rollarini o'ynaydi.
U qalban beg‘ubor, olamga bolalarcha soddalik, umidvorlik bi
lan qarovchi zukko qahram on timsolida qahram on yaratish istagini
Otello obrazida ro'yobga chiqardi. Otello
roli Salvini uchun um r
b o ‘yi intiqlik bilan kutiladigan va ijrochining tashqi va ichki
imkoniyatlarini to'la-to 'k is nam oyon etadigan birdan bir rol bo'lib
chiqdi. Salvini «Otello» asarini olam qabohatini astalik bilan
fahmlovchi bolalarcha ishonuvchan kishining fojiasi haqidagi asar
tarzida talqin etdi.
Salvini Otellosining tashqi qiyofasi uning mardonavor va nurli
qalbi bilan ajib m ushtaraklik kasb etgan edi. Tashqi maftunkorlik,
m ardonavor
oddiylik, ifodali ta ’sirchan qiyofa, manzarali turish ho-
latlari q o ‘l harakatlari bilan uyg'unlashib ketgan edi.
Salvini Otellosi yoriga bo'lgan ishonchi barbod bo'lgach, had-
siz azob-uqubatga duch keladi. Endi u boshqa odamga «aylanib
qolgan edi. Z ahar o 'z ishini qilib, qalbini ostin-ustun qilib bo'lgan
edi. U parchalangan qalb ingroqlari-yu, m udhishona o'ychanlikni
o 'tab , yaralangan arslon misol o'kirganicha Yagoga tashlanar,
o'kirishlari yana va yana avjga chiqar, bunday hayvoniy o'kirishlar
dahshatini so'z bilan ifoda etish maholdir»,
deb yozgan edi tanqid-
chilardan A. Grigorev.
Salvini ulkan tabiiy iste’dod egasi bo'lgani holda o 'ta m chnat-
kashligi bilan ham ajralib turgan. Uning fikricha, rol ustida ishlash
hech qachon to'xtam ay, uzluksiz davom etishi kerak. U rolni ye-
tiltirishda tom oshabinning ta ’sir kuchiga alohida e ’tibor berardi.
O 'n yillar davomida yaratilib, yuz m artalab o'ynalgan
rolga har
spektaklda alohida tayyorgarlik ko'rish bu daho aktyor uchun do-
imiy
qoida
hisoblangan.
Stanislavskiy
Salvinini
kechinma
san’atining eng m o'tabar nam oyandalari qatoriga kiritgan.