«Umidsizlik orollarining g'ofil bandasi» (1931)
pyesasi-
oxirida ham sud sahnasi bor. Bu safar u butun insoniyatni «qiyomat
qoyim» azobi doirasiga tortadi. Pyesa janriga ko‘ra «qiyomat qoyim
bilan yuzma-yuz» deb atalgan. Momaqaldiroq gumburi eshitilmaydi,
chaqmoq chaqini ko'rinmaydi, osmon ham ostin-ustun bo‘lmaydi. Bi-
roq odamlar guruh-guruh bo'lib yoki bitta-bitta g'oyib bo'laveradi.
London biijasi yopiq, jam oalar palatasida jog' ham yo'q. professor
o'qituvchilar m a’ruza o'qiyotib misoli parlangandek yo'qlikka aylanar
edi. Lekin Shou «mahshar kuni»ni olamning oxiri deb emas, balki
haqiqiy insoniy «mas’ullikning bo'shlanish kuni», degan xulosa
chiqaradi. Jamiyatga nafi teguvchi, turmush farovonligi uchun ku-
rashuvchi kishilar yashash huquqini oladilar.
Jahonga taniqli adib o'zining so'nggi «Uzoq kelajak haqida
masal» — pyesasida uchinchi jah o n urushi vasvasalariga qarshi
maydonga chiqdi. U avlodlarga tinchlik uchun kurashish Iozim-
ligini vasiyat qilib qoldirdi. «Yoshlar urush qurboniga aylanm a-
sunlar», degan so'zlar uning so'nggi so'zlari bo'lib qoldi.
OSKAR UAYLD (1 8 5 6 -1 9 0 0 -y .)
Oskar Uayld b or-yo'g 'i qirq to 'rt yil um r ko'rgan. Lekin oz va
soz um r ko'rgan, k o 'p d a n -k o 'n esse, ertak va hikoyalar, estetikaga
oid m aqolalar muallifi sifatida tanilgan bu adib va dramaturgning
muborak nom i ingliz va jah o n adabiyoti ham da teatri tarixidun
tiufuzli o 'rin oldi. Uayld ijodini, ayniqsa, estetika sohasidagi
qarashlarini har kim ham to'laligicha beistisno qabul qilolmaydi.
180
Lekin uning ijodi insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilganiga
shubha yo'q: Uayld o 'sha davr jam iyatida ko'zga tashlangan
qabohatdan dili vayron bo'lib, go'zallik shaydosi yanglig' ulkan
iste’dod sohibi sifatida qalam tebratdiki, bu hoi uning ijodi kamyob
san ’at hodisasiga aylanishiga sabab bo'ldi.
Irlandiyada taniqli jarroh oilasida tug'ilgan Oskar Uayld Oks-
ford dorilfununida tahsil ko'radi. O 'qib yurgan chog'idayoq u antik
adabiyotni favqulodda zo 'r bilishi bilan ko'zga tashlanadi; u olimlik
martabasiga d a’vo qilishga haqli edi, lekin erkin, sarxush hayot
nash’u
namolariga
berilib
ketadi.
U
turli-tum an
kiborlar
davrasining matlub ishtirokchisiga aylanadi.
U yurish-turishi
zavqbaxsh, so'zam ol, fahm-zakovati o'tk ir kishi edi. Shu xislatlari
tufayli u kiborlar davrasining jon-dili bo'lib qoladi. Uayld shaxsiga
xos bunday xususiyatlar uning ijodida ham o 'z aksini topgan. Uayld
son-sanoqsiz aforizmlar to'qigan bo'lib, u zid fikrlar ifoda tarziga
shu qadar mayldor ediki, bu uning shaxsiy hayotida ham , ijodida
ham bosh yo'riqqa aylandi. U go'zallik oldida sajda qiladi, shu
go'zallikni ulug'lab, o'zini buyuk «nafosatparast» (estet) deb e ’lon
qiladi. Bu so'zlar havodan olingan so'zlar emas. U hayotda
ham isha ko'hli, m aftunkor bo'lishga intildi va o 'z ijodida inglizlar
taom iliga kirgan go'zallik a n ’analarini davom ettirdi.
Uayld ingliz faylasufi va san’atshunosi Jon Reskin hamda
go'zallikni ulug'lagan nafosatchi rassomlaming davomchisi sifatida
ko'rindi. Uayld sarmoya olamini xunuk, badbinlik olami deya
qoralab, o 'z asarlarida bunga zid o'laroq o 'z go'zallik olamini
yaratdi. «San’atkor go'zallik yaratuvchidir*, - deb yozadi u «Dorian
G reyning portreti* (1891) rotnani muqaddimasida.
Uayld estetikasining asosiy tamoyili naturalizm va realizm us-
Iublarini inkor etishda ko'rindi. U san’at — go'zallik timsoli va burjua
olami bu qadriyatdan mahrum ekan, demak. san’atda bunday borliqni
ifodalash joiz emas, deb hisobladi. Shu tareda Uayld o 'z estetikasida
hayot boshqa-yu, san’at boshqa degan xulosaga keladi. «San’at uning
ko'z o'ngida hayot sasiga daxlsiz sehrli go'zallik saltanati tarzida qad
ko'taradi. Uning estetikasiga xos boshqa tamoyillar shu tub tushuncha
bilan bog'liqdir. San’at hayotning in’ikosi bo'lmay, balki hayot
san’atning ta ’siri ostida bo'ladi, deydi u. Uning fikricha, XIX asr
ko'rinishlari Balzak romanlarida jonlantirildi, ana shu ko'rinishlar
hayot ko'chirmasiga aylandi, umidsizlik Shekspir Hamletining kashfi-
yoti, milliy nigilizm degani Turgenevning topilmasidir.
Uayld
san’atning borliqqa nisbatan hech qanday burchdorlik joyi yo'q, u
rostgo'ylik va axloqqa ham bog'liq emas, degan fikrni olg'a suradi.
181
«Yolg'onning zavol topishi» (1891) essesida Uayld san’atda yolg'on-
yashiqning ta’sir qudrati haqida yozib, har bir san’atkor bu ne’matdan
bebahra qolmasligini uqtiradi. «Axloqiy yoki axloqsiz kitoblar
bo'lm aydi, faqat yaxshi yozilgan yoki yomon yozilgan kitoblargina
bo'ladi, xolos. Tamom-vassalom».
U ayldning o ‘zi bu qoidalarga rioya qila oldimi? Y o'q, albatta.
«Ulug‘ nafosatparast» ham isha ham o 'z qoidalariga o 'zi amal qila
olmadi. Bunga uning yuz yildirki jahon teatrlari sahnalaridan
h am on tushm ay kelayotgan pyesalari misol bo'lishi mumkin.
Uayld dram aturg sifatida 1890-yillardan dovrug' tarata bosh-
laydi. U ning komediyalari ketm a-ket yaratilib, darhol sahna yuzini
ko'ra boshlagan.
Uayld m a’lum m a’noda ingliz xonaki pyesa an ’analarini davom
ettirgan bo'lib, uning asarlarida xazin dramaning yig'loqilik ohanglari
ham jilvalanib turadi. Uning qahramonlari nomi ulug', martabasi
baland zodagon zotlardir. Bularda voqealar serviqor mehmonxonalaru
so'lim chorbog'lar (villalar)da o'tadi. Bular o'sha davrda odat tusiga
kirgan oilaviy xiyonatlar, jazmanlari tashlab ketgan qiz-juvonlar, beva
qolgan ona va otasiz go'daklar haqidagi mashmashalardan o'zgacha
emas. Lekin Uayld bu voqealarga o'zgacha ohang baxshida etdi:
dramaturg o 'z qahramonlarining to'ralarcha zavqbaxsh yurish-
turishlari, zohiriy lazzatli yashash tarzi ostida pinhon tutilgan badx-
ulqlik illatlarini istehzo va qochirimlar ko'magida ochib tashlaydi. U
qorishiq hislami jonlantirishda g'aroyib, turfa zid holatlar yaratish usu-
lini amalga kiritdi. «Uindermir xonimning yelpig'ichi yoki Batartib
ayol haqida pyesa* (1892) komediyasida eri va go'dak qizalog'ini tash
lab, jazm ani bilan qochib ketgan Erlin xonim haqida hikoya qilingan.
Qizig'i shundaki, yomonotliqqa chiqqan bu juvon o'zgalar deya shax
siy huzur-halovatidan voz kecha oluvchi eng pokdomon, mehr-
shafqatli ayol bo'lib chiqadi.
«E ’tiborga nom unosib ayol» (1893) pyesasida to'ralarcha
bepisandlik bilan «chiqit»ga chiqarilgan Arbetnot xonim aslida
hurm atga loyiq edi, lekin uni yo'ldan urgan, el-yurt ko'z o'ngida
m o 'tab ar hisoblangan zodagon yigit esa, bir pulga arzim as kimsa
ekani ochib tashlanadi.
«Erm isan-er» (1895) komediyasining nom idan ham uning
piching asosiga qurilganligi sezilib turadi. Pyesada davlat sirini sotib
boylik va m artaba orttirgan siyosiy arbob xususida so'z boradi. Ar-
bobning hurm acha qilig'idan bexabar xotini va jam oatchilik uni
o'zgalarga o 'rn ak bo'ladigan zot deb biladilar. Qizig'i shundaki,
m uallif «nam unali er» Robert Chilterni qoralam aydi, zero u ya-
182
shayotgan jam iyatda dovrug‘ va m artaba egasi bo'lm oq uchun bun-
dan o'zgacha yo'l tutib bo'lmasdi.
Uayld ingliz adabiyotida benazir uslubsoz ustalardan biri bo'lgan.
Inson’fe’l-atvorini ifodalashda unga ikki-uch jumla kifoya edi. Uning
«Jiddiy bo'lish qanchalik yaxshi* (1895) quvnoq komediyasi serzavq
tasvir, lavhalarga boyligi bilan e ’tiborlidir. Hayot noxushliklaridan but-
kul holi boigan bu komediyada o'tkir dialoglar orqali serzavq
lavhalardan yana ham serfayz lavhalar tug'ilib, turfa manzaralar
yaratilgan edi.
Bazmi jam shid, fasohatli suhbatu ishqiy uchrashuvlar, shohona
ballar zodagonlar yashash tarzining ajralmas qismi bo'lgan.
Uayldning har bir komediyasida shunday bayram ona hayot m an-
zarasi u yoki bu shaklda piching, istehzo pardasiga o'ralgan holda
o 'z ifodasini topgan. Shu jihatlariga qaramay, Uayld komediyalari
yozib tugallanishi bilanoq sahnadan o'rin olar, o 'sha zoti oliylar ta-
baqasining o'zi tom onidan zavq-shavq bilan kutib olinar edi.
1893-yili Uayld dramaturgiyasidan alohida o'rin olgan pyesa dun
yoga keladi. Bu «Injil» voqealaridan olingan Yahyo payg'ambar (pye
sada Iokanaan deb olingan)ning o'limi haqida fransuz tilida bitilgan
bir pardali «Salomeya» dramasi edi. Muallif rivoyatga o'zicha erkin
tarzda yondashgan. Pyesada Yahudiy malikasi Salomeya sevgi, hirs-
havas ramzi misolida namoyon boigani holda payg'ambar Iokanaan
o'lim va zohidlik ramzi yanglig' gavdalangan. Asaming boshidanoq
vahima va tahlika ruhi jo'shib turadi: har kishi o'zini bostirib kelayot-
gan dahshatli voqealar qarshisida turgandek his etadi.
Shoh Xirod, Salomeya bir o'yin tushib bersa, istagan xohishini
ado etajagini aytadi. Salomeya esa ishqi tushib qolgan lokanaan-
ning boshi keltirilishini so'raydi. lokanaanning barkashga solingan
boshini keltiradilar. M alika payg'am barning labidan bo'sa olib, ich-
gan qasamini ado etadi. Salomeyani ishq ehtirosi, Iokanaanni
qahr-g'azab tuyg'usi shu qadar k o 'r va kar qilib qo'yganki, ular
yorug' olam ni hol-jonini o'ziga rom etib olgan ana shu hislarsiz
qabul qilolmaydilar; Xirod qo'rquv dahshatidan joni bo'g'ziga
tiqilayotgan kabi xotini Xirodiya qalbini egallab olgan qasoskorlik
alam idan faryod chekadi. «Salomeya» pyesasida oyning sarg'ish
nuri yana ham m ash’um ona ko'rinish hosil etuvchi zulum ot olami
hukm ronki, uni aql-idrok emas, dahshatli xohish-ehtiroslar bosh-
qaradi, sevgi va o'lim , hirsu havas va shafqatsizlik bir-biriga
qo'shilib ketadi. «Salomeya» pyesasi Uayldning simvolizm yo'lida
qalam tebratganligi qatori real borliqdan ham uzoqlashganligini
ko'rsatadi. Uning Salomeya vujudini qoplagan dahshatli ehtiros va
183
hatto shafqatsizlikdan go'zallik axtarishi bejiz emas.
Uayld umri poyonida dramaturgiyaga m urojaat etm ay qo'vadi.
Lekin yaratgan asarlarining o'zi ham uning nomi jahon adabiyoti
va teatri tarixidan o 'rin olishiga m unosib kafolat bo'ldi.
|