• Meyningen teatri. 1869-yili M eyningen gersogligi hukmdori Georg II Lyudvig Kroneg
  • S tursunboyev jahon teatri




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/134
    Sana27.09.2024
    Hajmi9,43 Mb.
    #272697
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134
    Bog'liq
    Jahon tetri tarixi

    SAHNA SAN’ATI
    M amlakakt birlashtirilgach G erm aniyada teatr hayoti jadallik 
    bilan avj oladi. Aynan shu davrda — 1870-yillari m eyningenchilar 
    teatri 
    deb atalm ish jam oa o ‘z taraqqiyotining eng yuqori 
    ch o ‘qqisiga ko'tarilib jahonshum ul shuhrat qozonadi. XVIII asrda, 
    rasman 1831-yili sobiq Saksen-M eyningen gertsogligida paydo 
    bo'lgan kichik saroy teatri XIX asrning oxiriga kelib O vro'po teatr 
    hayotining yorqin voqeligiga aylandi. Meyningen teatri pyesa ustida 
    yangicha ishlash tam oyilini joriy etib, spektakl yahlitligi davrning 
    bosh estetik talabi ekanini am alda tasdiq etgan birinchi rejissorlik 
    teatri sifatida m aydonga chiqdi.
    Meyningen teatri. 
    1869-yili M eyningen gersogligi hukmdori 
    Georg II 
    Lyudvig Kroneg 
    (1837—1891)ni o 'z teatriga rejissor qilib 
    tayinlagach, nem is sahna san'ati jo'g'rofiyasida chet ellarda ham 
    keng shuhrat topgan o'ziga xos yangi ijodiy jam oa dunyoga keldi. 
    G erm aniya birlashtirilgach, gersoglik m artabasidan ajralgan Georg 
    II butu d iq q at-e’tiborini teatrga qaratadi: spektaklni bezash «rang- 
    tasviriy» yechim vazifasini o 'z zimmasiga oladi, xotini sobiq aktrisa 
    Ellen Fransga esa ijrochilar bilan peysa m atni ustida ishlash vazi­
    fasini topshiradi. Asarni sahnalashtirish, spektakl qismlarini o 'zaro 
    yaxlit tarzda uyg'unlashtirish vazifasi Kroneg zimmasiga yuklatiladi.
    Iste’dodli rejissorgina em as, shuningdek, salohiyatli tash- 
    kilotchi sifatida ham ko'ringan aynan shu Kroneg m enin- 
    genchilarni O vro'po badiiy izlanishlari sarhadiga chiqdi. Uning 
    bevosita rahbarligi ostida teatr 1874-yili «Yuliy Sezar» spektakli bi­
    lan Berlinda bo'ladi va shu bo'yi 1890-yilga qadar davom etgan 
    dunyo bo'ylab safarini uyushtiradi. M eyningen teatri nom i bilan 
    tarixdan o 'rin olgan bu jam o a Shekspirdan boshlab Shiller, G yote, 
    Kleyst, M olyer va boshqa dram aturglar asarlarini O vro'po m am - 
    lakatlarida nam oyish etdi.
    Meyningenchilar teatri bir qator yangi estetik tamoyillar bilan 
    ko'rindi: ular spektakl ustidagi ishni m uallif aks ettirgan tarixiy davr, 
    uning turm ush tarzini o'rganishdan boshladilar. M eyningenchilar 
    nemis sahnasida burjua tijoriy teatri hukm surgan bir paytda o 'z teatr 
    islohlarini boshlagan edilar. «Meyningen teatri* repertuari aw alo
    194


    Shekspir va Shiller asarlaridan tuzildi. Shillerdan «Makr va muhab- 
    bat* va «Don Rarlos» asarlaridan tashqari, uning ham m a pyesalari 
    (1250 m arta ko‘rsatilgan) sahnalashtirildi. Shekspir pyesalari esa bi- 
    roz kamroq — 820 bor namoyish etilgan. Bulardan tashqari teatr 
    sahnasida Kleyst, Grilparser, Moler, Geote, Lessen asarlari ham 
    o ‘rin oldi. Shu narsa diqqatga loyiqki, meyningenchilar mavjud pye- 
    salami qayta ishlash, ularga o ‘zboshimchalik bilan munosabatda 
    bo'Iish odatiga qarshi chiqdilar. Shu tarzda m um toz dramaturgiya 
    namunalari tomoshabinga asl holida yetkazildi.
    Zam onaviy dramaturgiyaga kamroq e ’tibor berildi. Lekin 
    G erm aniyada birinchi m arta shu te a trd a ' Ipsenning «Arvohlar» 
    (1886) asari q o ‘yiladi, shu yerda Byorson va boshqa ko‘plab m ual- 
    liflar asarlari ko'rsatiladi.
    M umtoz asarlarini sahnaviy talqin etish borasida meyningenchilar 
    voqeaning o ’tish davrini mufassa tasvirlash yo'lini tutdilar. Georg II va 
    Kroneg sahnada kechadigan voqealarga daxlsiz, jonsiz qurilma bo‘lib 
    qolgan an’anaviy mavxum qurilmaga qarshi kurash ochdilar.
    M eyningenchilar spektakl ustidagi ishni m uallif aks ettirgan 
    tarixiy davr, uning turm ush tarzini o ‘rganishdan boshladilar
    m usaw ir pyesada voqeaning o'tish joyiga kelib, bezak eskizini chi- 
    zar edi; m asalan Shillerning «Orlean qizi» va «Mariya Styuart» 
    pyesalari ustida shu tarzda ish olib borilgan. Janna D 'A rk yurti 
    D om rem i, ikki qirolicha — Mariya va Yelizavettalarning m ashhur 
    uchrashuvlari o'tgan Fitorongey qasri eskizlari ham on teatr arxivida 
    saqlab kelinadi. Tarixchilar va etnograflar tadqiqotlari 
    ham 
    sinchkovlik bilan o'rganilgan. Masalan, uzoq davom etgan mash- 
    qlar orqali yaratilgan Shekspirning »Yuliy Sezar» asari uchun de- 
    koratsiya arxeologik topilm alar asosida Rimda yaratilgan.
    M eyningenchilar qahram onlarni qurshab turuvchi «muhit» 
    yaratish omillariga, liboslarning tarixan haqqoniyligiga, shart-sha- 
    roit belgilarining aniq bo'lishiga alohida diqqat-e’tibor qaratdilar.
    M eyningenchilar ommaviy ko'rinishlar orqali ham sahnada 
    hayotiy 
    haqqoniylik 
    yaratish 
    maqsadini 
    ko'zladilar. 
    Kroneg 
    O vro'po teatrida birinchi bo'lib sahnada serharakat, so'zi y o'q 
    kimsa (statist)larni pyesa voqeasi doirasida yashovchi jonli kishilar 
    olom oniga aylantirdi. Truppani beistisno qabul etmagan A.N. Os- 
    trovskiydek dramaturg ham uning yig'm a xalq obrazi yaratishdagi 
    usullari haqida hayajonli so'zlar aytgan («01omon qaynoq hayot 
    og'ushida nafas oladi, hayajonga tushadi, g'azabga kiradi, to ­
    m oshabinni Antoniyning so'zlaridan ko'ra kuchliroq larzaga soladi,
    - deya o 'z kundaligida qayd etgan edi dramaturge). U «Vallen-
    195


    shteyn lageri» haqida yana shulam i ilova qilgan edi: «Vallenshteyn 
    lageri» haqida gapirm asa ham bo'ladi: bu asl hayotning o'zginasi, 
    guruhlar turlicha va ular o 'ta ishonarli: kim dir yerda yastanib yotar
    m uhim i shundaki, teatr spektaklida om m a turlichaligi bilan 
    e’tiborli edi. Bu teatrda birinchi bo'lib qutichaga o'xshash kichik 
    sahnada oz sonli ishtirokchi bilan keragida bir olam olom on taas- 
    surotini tug'dirish usullari joriy etildi. L. Kroneg jahon rejissurasi 
    tarixiga «ommaviy sahnalar» kashfiyotchisi sifatida kirdi. U so'zi 
    yo'q ishtirokchilarni guruh-guruhga ajratar va ularning h ar biriga 
    asosiy aktyorlar tarkibidan rahbar tayinlar, natijada guruh um um iy 
    vaziyatni buzm ay, belgilangan ruhiy holatda yashashi kerak edi.
    Asarning rejissorlik talqini nam unalari birinchi bor M eyningen 
    teatrida dunyoga keldi. Shu rejissorlik rejasi asosida alohida-alohida 
    aktyorlar va om m aviy sahna ishtirokchilari bilan davomli m ashqlar 
    o'tkazildi, sahnaviy ashyo va jihozlar joy-joyiga joylashtirildi.
    K o'pgina zam ondoshlar, dovrug'li nemis truppasining fazilat- 
    larini ta ’kidlash qatori, bu teatrda aktyorga nisbatan e ’tibor sustligi 
    uning eng jiddiy kamchiligi ekanini ta ’kidlaganlar.
    A. 
    Antuan meyningenchilar san’atidan kuchli ta ’sirlanganini tan 
    olgani holda keskin mulohazalar ham bildirgan: «Gersog pulni aya- 
    may, xotamtoylik bilan sotib olgan serhasham matolarni ko'z-ko'z qi- 
    lishga monand atayin o'tkir ovozli, yelkador aktyorlar tanlangandek 
    taassurot qoldiradi». K. S. Stanislavskiy esa meyningenchilar «eski ak­
    tyorlik o'yini usullarini isloh qila olmadilar», der ekan ayni paytda ular 
    uning ilk ijodiga kuchli ta ’sir ko'rsatganliklarini alohida ta ’kidlagan. 
    Staniislavskiy truppa muholiflariga javoban shunday yozgan edi: 
    «Truppada birorta iste’dodli aktyor yo'q deydilar. Bu noto'g'ri. 
    Bamay, Teller va boshqalar bor, ular faqat tashqi jihatdan e ’tiborni 
    qaratishgan, ham m a narsani yasama deyish to'g'ri emas*.
    «M ayningen teatri» o 'z amaliyoti bilan rejissor boshchiligi 
    m aqom ini tasdiq etgan birinchi nam unali teatr sifatida o'zini 
    ko'rsatdi. Aynan shu teatrda rejissor teatr ijodiy jarayonining tash- 
    kilotchisi sifatida o'zini nam oyon etdi. M eyningenchilar teatr 
    tarixiga rejissyorlik san ’atining ilk dovonlarini zabt etgan ijodkorlar 
    sifatida kirdilarki, G erm aniyada O. Bram , Fransiyada A. Antuan, 
    Rossiyada K. S. Stanislavskiy o 'z ijodlari bilan rejissurada navbat- 
    dagi dovonlarni egalladilar.
    196



    Download 9,43 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   134




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish