NAZORAT SAVOLLARI
1. Bernard Shou G 'a rb tafakkur dramasining asoschilaridan
biri ekani. Paradoks ifoda usuli nim a va Shou nega shu usulni o 'z
dram aturglik ijodi uchun asos qilib olgan? Shouning «Pigmalion»,
«Parivash Ioanna* pyesalarining zid fikr — paradoksal xususiyatga
egaligi nim ada ko'rinadi?
2. Atoqli ingliz aktyorlari — G e n ri Irving va Ellen Terrilar-
ning «Litseum» teatridagi faoliyati. U lar Shekspirning qaysi asar
larida qanday rollar ijro etganlar?
3. G ordon Kreg rejissor, m usawir va teatr nazariyachisi sifatida
sahnada hayot voqeligini aks ettirishda qanday yo'l tutdi? Nega u
go'zallik va makoniy ifoda muammosiga alohida diqqat-e’tibor qarat-
188
gan? Nega u sahnada m e’moriy inshoot ifoda vositalarini ishga solishga
intildi?
NE M IS TEATRI
N em is san’ati XIX asrning so‘nggi choragida O vro'poda keng
tarqalgan naturalizrn. simvolizm, impressionizm yo‘nalishlarida
rivojlanadi. Dram aturgiya ayniqsa keng ravnaq topadi.
G erxardt G auptm an dramaturgiyasi XIX asrning oxiri XX asr
boshlarida o ‘z ahamiyatiga ko'ra jahon miqyosida yirik voqelikka
aylandi. Dramaturgiya ravnaqi milliy teatrning gullab-yashnashi
uchun zamin tug‘dirib berdi. Aynan G erm aniyada yangi teatr
turi — rejissorlik teatri o'zining ilk natijalarini ko'rsata boshlaydi.
«M eyningen teatri*, Maks Reynxardtning rejissorlik faoliyati shun
day hodisalardan edi.
GERXARDT GAUPTMAN (1 8 6 2 -1 9 4 6 -y .)
G erxardt G auptm an ikki asr oralig'ida san ’at olamida paydo
bo'lgan turli yo'nalishlarga daxldor, favqulodda ko'p qirrali ijod so
hibi sifatida maydonga chiqdi. G auptm an dastlab naturalizrn, so'ng
simvolizm va neorom antizm yo'nalishlarini o'tib, oxiri q at’iyan re
alistik ijod yo'lini tanlab oladi.
G auptm an «Tong oldida* (1889) degan birinchi pyesasidayoq
o'zini ashaddiy naturalist sifatida ko'rsatadi. Pyesa avvalida asosiy
hisoblangan ijtimoiy noboplik mavzusi oxiri chetga surilib, uning
o 'm in i irsiy xastalik muammosi egallaydi: ichkilikbozlik, badxulqlik
baloyi taqdir hukmiga aylanadi, Krauze xonadonini barbod etadi.
«G'ariblar* (1890) asarida qahram onlarning fojiali taqdiri irsi-
yat bilan emas, balki jarohatli muhit bilan belgilangan. Yosh olim
Fokerat uyiga kutilm aganda m ehm on bo'lib kelgan syurixlik talaba
Annani sevib qoladi. U bir yoqdan qizning m aftunkorona latofati-
dan qalbi o'rtansa, ikkinchi yoqdan xotini Kete oldidagi m as’ullik
hissidan eziladi. Fokerat ko'ngil izmi bilan yashovchi, m a’naviy
komil kishi bo'lgani holda q at’iyatsizligidan Anna ketishi bilan
o'zini o'zi boshqarolm ay nobud bo'ladi.
Yolg'izlik faqat Fokeratning qismati emas, Annani ham
yolg'izlik azobi ezadi; u Fokerat bilan uchrashgach, oddiy ayol
bo'lib baxtli yashash naqadar afzal ekanini anglaydi. Personajlar sa-
jiyalarining yorqinligi, qalb og'riqlari, dilga uriluvchi mayin bahoriy
kayfiyat — bularning jam i «G'ariblar» asari yangi usul dramasining
189
eng noyob nam unasi ekanini ko‘rsatardi. 0 ‘ziga xos m uloqot usuli,
ya’ni «begonasirab so‘zlashish», kechm ishning ichki tub mohiyatiga
tutash ichki m ulohazalar, dardli sukunatlar m azkur asarning favqu
lodda badiiy kashfiyot ekanini ko‘rsatardi. Sahnaviylikning bunday
ichki tahlikaviy tarzi asarga nisbatan alohida qiziqish uyg'otdi.
«G ‘ariblar» pyesasining nom i o ‘sha davrda O vro'po ziyoliy-
larining m a ’lum qismi orasida ko ‘zga tashlangan m a ’naviy tanaz-
zulning um um lashm a ifodasi tarzida qabul qilindi. M azkur asarda
G auptm anning ijodida bosh m avzulardan biri, ya’ni insonning
tuban m uhitga qarshi noroziligi mavzusi yetakchi mavzuga aylandi.
Personajlar sajiyalarining yorqinligi qalb og'riqlar, dilga uriluvchi
mayin bahoriy kayfiyat — bulaming jami «G‘ariblar» asari yangi usul
dramasining eng ibratli namunasi ekanidan dalolat edi. 0 ‘ziga xos
muloqot usuli, ya’ni «begonasirab so‘zlashish», kechmishning ichki
tub mohiyatiga tutash ichki mulohazalar, dardli sukunatlar mazkur
asarning favqulotda badiiy kashfiyot ekanini ko‘rsatadi. Sahnaviy
likning bunday ichki tahlikaviy tarzi asarga nisbatan teatrlarda alohida
qiziqish uyg‘otadi. Asar ilk bor 1891-yili Bramning «Erkin sahna» sida
qo'yilib, so‘ng ko‘pgina Ovro‘po teatrlariga kirib boradi. 1899-yili
yangi tuzilgan Moskva Badiiy teatrida qo'yiiadi.
G auptm an «G ‘ariblar»da ziyolilar hayoti haqida hikoya qilgan
boMsa, m ashhur dram alaridan biri «To‘quvchilar»da (1892) quyi ta-
baqa hayotiga murojaat etadi, fabrika egalariga qarshi bosh
ko'targan
Seliziya
ishchilari
obrazlarini
yaratadi.
M uallif
to'quvchilarni xayrixohlik bilan ko‘rsatgan bo‘lsa, korxona egasi,
bebosh Dreysigerni qahr-g‘azab bilan ko‘rsatadi.
G . G auptm an dramasda to'quvchilar ongining shakllanish
jarayoni q o ‘zg‘olonning avjlanish bosqichlarini chizish orqali ochib
berilgan. Birinchi pardada ishchilar ochlik, xo'rlik azobini boshdan
kechirsalarda, tarqoq va sustkash olom on tarzida gavdalanadi. Ik
kinchi pardaning oxirida to ‘quvchilar Xorining kurashga chorlovchi
q o ‘shig‘i (G auptm an q o ‘zg'olon chog'ida chindan ham aytilgan
q o ‘shiqni kiritgan edi) sahnasidan boshlab ishchilar norozilik
g'oyasi ta ’sirida uyishib, qudratli kuchga aylanib borishi yaqqol
ko'zga tashlanib turadi.
Izchil inqilobchilik hech qachon G auptm an dunyoqarashiga
xos b o im ag an . G auptm an qurolli kurash m uam mosini olg‘a surgan
emas;
nasroniylik «m ehr-shafqat tuyg‘usi» tufayli bu asarni
yozganligini qayd etgan.
1896-yili G auptm anning «C ho‘kib ketgan qo ‘ng‘iroq» falsafiy-
ertak pyesasi dunyoga keladi. Asar qahram oni ch o ‘yan quyuvchi
190
G enrix degan usta ulkan q o ‘ng‘iroq yasab, uni baland tog* ustiga
osib qo'ym oqchi bo'ladi. Lekin qo'ng'iroq olib ketilayotganda ban-
didan uzilib, ko'l qa’riga g'arq bo'ladi. G auptm an ertagining fal
safiy mohiyati — olamning nom utanosibligini ta ’kidlashdan iborat:
unda tog' qoyasi va vodiy misolida m a’naviylik va m a’naviyatsizlik
har biri o'zicha timsoliy olam ekanligi ochib beriladi. Vodiy —
tiriklik m askani, inson tayanchi, quvonchu alami shu yerga xos;
tog' go'zal, fusunkor, iekin insoniy g'am -tashvish, baxt-sururdan
xoli olam. Farishta misol shoirona timsol Rautendeleyn — shu
olam ning ilhombaxshligi, go'zalligi va ezguligi timsoli.
Tadqiqotchilik adabiyotida usta Genrix oddiy odamlardan
o'rganuvchi, nitsshecha «komil inson* degan mulohazalar uchraydi.
Muallif Genrixni san’atkor, ya’ni m a’lum darajada g'ayrioddiy siymo
tarzida ko'rsatgani holda zaminni tark etib, odamlaming dard-
tashvishidan yuz o'girib ijod qilishi mumkin emasligini isbot etdi.
Genrixning tashlab ketgan xotini Magda dard-xasratdan yig'lay-yig'lay
dunyodan o'tadi. Bolalari onasining ko'z yoshlari to'kilgan ko'zachani
otalariga olib keladilar. Usta aybini bo'yniga olib, oxiri uyiga, do'st-
birodarlari oldiga qaytadi. Lekin Genrixning fojiasi shundaki, u endi
qishloqning bo'g'iq muhitida ham, tabiatning keng qo'nida ham
yasholmaydi, Rautendeleyning oldiga qaytish chog'ida halok bo'ladi.
G enrix borliq ifodachisi Magdadan ham , ezgulik va nafosat
timsoli Rautendeleyndan ham ajralishni istamaydi: borliq orzusiz,
nafosatsiz maftuni yo'q bir xilqat, lekin o 'z navbatida ezgu orzu
ham zam iniy qadriyatsiz havoyi bir narsadir. Bu ikki asos birlashu-
vining ilojsizligi ertakning shoirona olamiga qayg'uli ohang baxsh
etib turadi.
Xalq ijodiga xos ohanglar — sirli tabiat kuchlarining ajib bir su-
ratda m aftunkorona jilolanishi, rom antiklar tom onidan alohida
qadrlangan san ’atkor va ijodkorlik mavzui ta ’rifi timsoliy obrazlarga
boy bu «C ho'kib ketgan qo'ng'iroq* ertagining yangi romantizm
ruhidagi asar ekanini ko'rsatadi. Ayni paytda m azkur pyesada
G auptm an ijodiga xos tarzda tengsizlik muhitiga nisbatan norozilik
ohangi ufurib turadi.
XX asr G auptm an ijodiga yangi ohanglar olib kirdi. Dramaturg
bu davrning to'lqinli voqealarini ham isha ham to 'g 'ri baholay ol-
gani yo'q. lekin u hayotining keyingi o 'n yilliklari davomida qator
yirik dram atik asarlar yaratdiki, bular m uallif ijodining dastlabki
davrida bo'lganidek insonparvarlik g'oyalariga m udom sodiq qol-
ganidan dalolat beradi.
191
1932-yili G erm aniyada hokim iyat tepasiga fashistlar kelishi
arafasida G auptm an o'zining birinchi pyesasi nomiga qiyosan
«Hayot shomi» pyesasini yozadi. Pyesa markazida maxfiy tijorat
uyushm asining m aslahatchisi, yirik kitob nashriyotining egasi yet-
mish yoshii Klauzen obrazi turadi. Yosh bokira qiz Inken Petersni
sevib qolgan yetm ish yoshii Klauzenning o 'z qadr-qim m ati uchun
kurashi, bolalam ing ota mulkini egallash yo'lidagi harakatlari
dram a rivojini belgilab bergan. Pyesada sodir b o iuvch i har bir vo
qea asta-sekin ochilib boruvchi keng ko'lam li voqelikning ramziy
ifodasi tarzida nam oyon bo'ladi.
Klauzen xonadoni G auptm an uchun shunday timsoliy «nusxa»
ki, butun G erm aniyada avjga chiquvchi ichki kurash shu xonadon
misolida aks etib turadi. Dram aturg M attias bolalarining «it-mushuk,
bo‘ri-tulki»ga aylanishi otani holdan toydirib, oxiri butkul adoyi ta-
mom qilislilari va buning ruhiy va ijtimoiy sabablarini zukkolik bilan
tadqiq etadi. Klauzenning kuyovi Erix Klamrot nashriyotda ham ,
oilada ham asta-sekin ham m a narsani o'ziga qaratib oladi. «Kundek
ravshanki, m ening um r bo'yi qilgan xayrli va ulug'vor ishlarim endi
uning qo'lida qabixona oldi-sottiga aylanmoqda» deydi arm on bilan
Klauzen. Klamrotning qilar ishi — kuch-g'ayratini mamlakatning
m a’naviy ravnaqiga qarshi qaratishdan iborat.
Pyesada M attias Klauzen nem is m adaniyati shukuhining ifoda-
chisi sifatida nam oyon bo'ladi. Klauzen Gyote so'zlarini tez-tez
esga olib turadi, bolalarining nom ini ulug' shoir qahram onlari nom i
bilan atagan (Volfgang, Ottiliya, Egm ont). Dram aturg nazdida
Klauzen o 'z m a ’naviy komilligi bilan XX asr Gyote ruhining m u-
jassam etuvchisi edi.
U o 'z sevgilisi Inkenning sha’ni uchun kurashib (Inkenning
oddiy odam lar sirasiga kirishi, bog'bonning jiyani ekani G auptm an
uchun uncha ahamiyatli em as), o 'z erkinigina emas, shu qatori bu
tun bir m a’naviy qadriyatlar olamini ham him oya qiladi.
Mattias Klauzen ezgu a ’molidan chekinmay vaqt sinoviga dosh
berib, muallifning ijodiy hayoti davomida unga yo'ldosh bo'lib kel
gan qahram onlardan biri edi. Jasur, faol g'ayrioddiy Klauzen shaxsi
G auptm anning aw al yaratilgan Iogannes Fokerat, Arnold Kram er
obrazlarini eslatib turadi. Lekin dramaturgning ilk qahramonlari
tuban m uhitga qarshi turishda ojizlik qilgan bo'lsalar, Klauzen
«murdorlar to'dasi» bilan oxirigacha mardonavor kurash olib boradi
va shu kurashda mahv bo'lib «o'z erki va e ’tiqodi»ga sodiq qoladi.
G auptm an «Hayot shomi» pyesasida m adaniy a n ’analar, m a’
naviy qadriyatlarning ulug'vorligi, kuch-qudratini k o 'z -k o 'z qilib,
192
vahshiyona m a’naviyatsizlik, yovuzona kuchlar xurujini fosh eta
oldi. G auptm an uchun oilaviy-psixologik dram a shakli uning butun
ijodiy yo‘li davom ida ulkan ijtimoiy ziddiyat va to ‘qnashuvlami
ochish vositasi bo ‘lib keldi.
Pyesaning ijtimoiy mazmundorligi teatrlaming bu asarga nisbatan
qiziqishini
oshirib
yubordi.
Asarni
birinchi
marta
1932-yili
M. Reynxardt «Nemis teatri»da sahnaga qo'yadi. Uni 1974-yili Ham
za nomli o‘zbek teatri H. G 'ulom taijimasida sahnaga qo‘ydi. Klauzen
rolini O. Xo‘jayev va Inken roilini O. Norboyevalar ijro etdilar.
G auptm anning 1937-yili yozilgan «Zulmat» dramasi o ‘ziga xos
tarzda «Hayot shomi» pyesasining davomi bo'lib, unda fashistlar
gerrnaniyasida yashovchi Klauzenga o'xshash kishilaming taqdiri
haqida hikoya qilingan. M uallif falokatning naqadar daxshatli
ekanini asarning nom idayoq anglatgan. Agar dram aturga Klauzen
haqidagi fojiada quyosh botdi, lekin so'nggi nur so‘ngani yo'q desa,
1933-yildan keyingi G erm aniya ko'z ilg'am as zulmat bilan
qoplanib ketdi degan xulosaga keladi. Dram aturg «Zulmat» dram a-
sida o 'z qahram onlarini odamzodning taqdiri, uning yo'l-yo'rig'i,
olam da zo'rlik va yovuzlikning o'rni haqida shiddatli musohabaga
tortib, «azoblangan, quvg'in qilingan» insoniyatni yo'q qilib
bo'lm aydi, deb xulosa chiqaradi.
Atridlar urug'i haqidagi qadimgi afsonaga asoslangan «Ifigeniya
Avlidada», «Ifigeniya Delfaxda», «Agamemnonning o'lim i», «Elek-
tra» (1940—1944) tetralogiyasi G auptm an ijodi so'nggi davrining
cho'qqisi bo'ldi. G auptm an rivoyatlarga asoslanish bilan 1930—
1940-yillar O vro'po tafakkur dramasi va romanchiligida avj ola
boshlagan
«umumbashariy
m ezonda
his qilish
va fikrlash»
(T. M ann) tamoyili rivojiga turtki berib, qadimgi rivoyat yoki tarix
materiali yordam ida zamonaviy muammolarni hal etish m um -
kinligini yana bir bor tasdiqladi.
Dramaturg Argos shohi Agamemnon xonadonida sodir bo'luvchi
qonli kurashni tadqiq etarkan, uzoq moziy nafasini to'la saqlab, qah
ramonlar ruhiyatini ham shu muhit taqozosi bilan ko'rsatishga erishdi.
Ayni zamonda Gauptm an ko'pgina zamonaviy o'tkir masalalami olg'a
surdi. U urushning inson tabiatini barbod etuvchilik ta ’siri haqida so'z
ochdi, insonning ikkiyoqlama xususiyati ya’ni ham sahovatliligi, ham
yovuzligi, shaxsning iym on-e’tiqodi, jamiyat oldidagi burchi muam-
molarini ko'tarib chiqdi. Dramaturgning antik tetralogiyasi Ovro'po
bo'ylab yopirilgan fashizm «o'lati» va urush vayrongarchiligining fo-
jiona xotirasi bo'lib qoldi.
193
G erxerdt G auptm anning ijodi ko‘p jihatdan XIX va XX asrlar
chegarasida nem is teatrining rivojlanish y o ilarin i belgilab berishi
bilan O vro'po dramaturgiyasi va teatri rivojiga qo'shilgan m uhim
hissa bo'ldi.
|