GENRIK IBSEN (1 8 2 8 -1 9 0 6 -y .)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

GENRIK IBSEN (1 8 2 8 -1 9 0 6 -y .)
G enrik Ibsen norveg milliy teatrining asoschisi sifatida may­
donga chiqdi. U norveg teatri repertuarini yaratibgina qolmay, teatr 
faoliyatining faol ishtirokchisi, yirik teatr mutafakkiri sifatida ham 
nam oyon bo'ladi.
Ibsen Norvegiyaning Shiyen degan kichik shaharchasida tijo- 
ratchi Knut Ibsen oilasida tug'ilgan. Uning teatrchilik faoliyati 
1851-yili Bergen shahrida yangi ochilgan milliy teatrda boshlanib, 
bu yerda yetti yil, so‘ng Xristianiya (Oslo) milliy teatrida 1862- 
yilga qadar rejissor va dramaturg sifatida ijod qiladi. «Sevgi hango- 
masi» hajviy komediyasi yaratilib, hukm ron doiralar tazyiqiga 
uchragach, Ibsen 1862-yili yurtini tashlab ketish va o'zining 27 yil­
lik hayotini chet elda o'tkazishga majbur b o iadi.
Ibsenning 1840—50-yillarda yozilgan asarlari norveg xalqi tari- 
xiga qaratilgan («Taxt uchun kurash») bo‘lsa, 60-yillari yozilgan 
«Per-G yunt», «Brand» kabi dramalari rom antik ruhdagi ijod na- 
munalari hisoblanadi.
Ibsen hayot voqeligining aynan o'zini tasvirlash shaklini am a- 
liyotga olib kirdi. Shundan uning asarlarida insoniy kechinmalar 
o ‘z oqimi bo'ylab tabiiy davom etib, sun’iylikdan holi tarzda 
nam oyon bo'ladi. Ibsen nutqining teatrga xos ko'tarinkiligi, 
a n ’anaviy m onolog, chetga qarab so'zlash shakllaridan voz kechib, 
butun diqqatning jonli muloqotga qaratilishi e ’tiborni tortadi. Ayni 
chog‘da u teatr va dramaturgiyaga yangicha jilodorlik, sahnaviylik, 
nafosat tushunchalarini olib kirdi. Uning pyesalarida kundalik tur- 
m ushda unchalik ko'zga tashlanmovchi istihola va mushkulotlar 
borlig‘icha jo'shib turadi, sinchkovlik bilan saralangan detallar ham 
keng m a’noli shoirona obrazlar tasviriga aylanib ketadi. Dram a- 
turgning tub m a’no va ruhiyat bilan bog'liq bu omillari shu qadar 
ifodaliki, ular goho timsoliy m a’no kasb etib, Ibsen dramaturgiyasi 
poetikasini nam oyon etishga xizmat qiladi. Timsoliy ifodalar Ibsen 
asarlarining hayotiylik to'qim asiga zinhor putur yetkazmaydi, ak- 
sincha, shoirona um um lashm a tarziga ko'chib, bamisoli tom chida
165


olam aks etgani singari voqeaning ichki m ohiyatini ochishga xizmat 
qiladi, oqibat natijada, inson va m uhit orasidagi m ushkulona no- 
m utanosiblikni nam oyon etadi. Ibsen dramaturgiyasida pyesa «ostki 
oqim i»ni ochishga yordam beruvchi tub m a’no, m uhit kabi unsur- 
lar ham , odatda, zohiran jo ‘yali turm ushning ichki nobopligini 
ochishga qaratilgan bo'ladi.
Ibsenning XIX asr G 'arbiy O vro'po tanqidiy realizm ining eng 
izchil va m ukam m al ifodasiga aylangan dramanavislik tizim i adib- 
ning ayni ikkinchi ijodiy bosqichida tugal shakllandi.
Ibsen 1879-yili o'zining eng sara asarlaridan biri «Qo‘g‘irchoq 
uy» dram asini yaratadi. Bu pyesa oila haqida bo'lib, undagi fikr- 
o'y, intilishlar oilaviy-ruhiy dram a m uam m osidan tashqari ayolning 
oiladagi o 'm i, odob-axloq, jam iyat tuzum ining nobopligi bilan 
bog'lanib ketadi.
Pyesa oilaviy baxt va osudalik kayfiyatini ifodalashdan boshla- 
nadi. Er-xotinning bir-biriga parvonaligi, bolalarning sevinch- 
shodligi baxt ufurib tuigan oila tasaw urini beradi. Bank xizmatchisi 
X elm er oilaning kam -ko'sti haqida o'ylasa, sadoqatli yori N o 'ra
oila sarishtaligi haqida g'am chekadi. Ibsen bu baxtiyorlik suv usti- 
dagi ko'pikdek om onat ekanini asta-sekin oshkora etib boradi. 
Bayram ona 
m uhit 
qo'ynida 
kutilm aganda 
fojeona 
ohanglar 
ko'tarilib, 
kuchaya-kuchaya, oxiri 
«baxtiyor oilaning barbod 
bo'lishi — N o'raning erini tashlab, uydan chiqib ketishi bilan ya- 
kun topadi. Bu ko'rgilikning sababi nim ada edi?
N o 'ra erining og'ir xastaligi chog'ida undan yashirincha vek- 
selga o'zi im zo chekib, shu pul hisobiga uni xorijda davolatib qay- 
tib kelib, endi o'zicha o 'sh a qarzni to 'lab yurardi. X elm er tasar- 
rufida bank xizmatchisi bo'lib ishlovchi Krogstad bu ishdan xabar- 
dor edi. X elm er uni ishdan bo'shatadigan bo'lib qoladi. Krogstad 
N o 'rad an iltim os qilib, Xelm er uni ishdan bo'shatm asligini 
so'rashini aytadi. Bu amalga oshm agach, Krogstad Xelmerga xat 
orqali bu sim i oshkor etadi. Pyesa voqealari zohiran shu tarzda avj 
oladi: X elm er xotinining m ehribonchiligini nazarda tutib, him oya 
qilish o 'm ig a, uni «nohalollik»da ayblaydi va shu bilan bog'liq 
holda uning xudbinligi ochilib ketadi.
Xelm erning diyonatsizligi N orani o 'z hayoti va oilaviy 
taqdiriga yangicha ko'z bilan qarashga m ajbur etadi. N o ra riyokor- 
lik, adolatsizlikka chidolm ay, pokiza, beg'ubor turm ush deya oilani 
tark etishdek m ash’um ona qarorga keladi. Pyesada oilaning barbod 
bo'lishi sahnasi nurli his-tuyg'ularga yo'g'rilgan holatda xotima 
topadi: yolg'on-yashiq, riyokorlik xurujiga qarshi o'laroq ruhan pok
166


yangi inson dunyoga keladi.
Adibning keyingi «Arvohlar» (1881) pyesasida ham ijtimoiy- 
psixologik dram a yo'nalishi davom ettirilgan. Unda ham badxulqlik 
m uam m osi 
olg'a 
surilgan. 
Asar 
g‘oyaviy-badiiy 
jihatdan 
«Qo‘g‘irchoq uy» pyesasiga yaqin bo‘lsa-da, undagi tanqidiy ruh 
keskinroqdir. Agar Ibsen «Qo‘g‘irchoq uy»da o 'z insoniylik naf- 
soniyatini him oya qilishga qodir, murosasiz ayol qiyofasini chizgan 
bo'lsa, «Arvohlar»da buning ziddi o'laroq ju r’atsiz, mute ayolning 
musibatli taqdirini ifoda etgan.
Asar bosh qahram oni Alving xonim va uning eski oilaviy do'sti 
rohib M anders o'tm ishni eslaydilar, bu sobiq oila boshlig'i mister 
Alvingning axloqsizligi bilan bog'liq m ash'um ona o'tm ish tarzida 
nam oyon bo'ladi.
Otasining ta ’siridan xoli o'sgan Osvald ham bora-bora Alving 
xonim ko'z o'ngida xuddi otasidek axloqan tuban kimsa tarzida 
nam oyon b o'la boradi.
Dram ada irsiyat mavzusi kuchaya borib, oxiri Osvaldning 
halokati bilan nihoya topadi. Haroin-xarish yashashning kasofati 
shu bo'ldiki, Osvaldning yosh umri xazon bo'libgina qolmadi, bu­
tun alvinglar xonadoni barbod bo'ldi.
«Arvohlar» Ibsenning eng nam unali ruhiy dramasi sanaladi. 
U nda voqealarning qisqa vaqt ichida va to r m akon doirasida o'tishi 
obrazlar ruhiyatini teran ochish va insoniy kechinm alam ing shid- 
datkorlik bilan o'sib borishiga olib keladi. Odatda, m um toz pyesada 
ko'rinuvchi bu xususiyat pyesada o 'z tubdorligi, kayfiyat tarangligi, 
bahs usullari bilan o'zaro qovushib, mazkur asarning yangicha 
psixologik va publitsistik dram a tarzini olishiga sabab bo'ladi.
«Arvohlar»dan so'ng, bir yil o'tgach, 1882-yili Ibsennig «Xalq 
dushm ani» degan dramasi yaratiladi. Bu yerda oilaviy mojarolar 
ijtimoiy m uam molarni ochish manbayi tarzida tasvir etilmagan. Bu 
Ibsen ijodida ijtimoiy ziddiyatlarni jam iyat hayoti doirasida tadqiq 
etishga qaratilgan asardir.
Voqea Norvegiyaning janubidagi kichik bir kurort shaharcha- 
sida ro 'y beradi. Bu shahar aholisining farovonligi shu kurortdan 
tushgan daromadga bog'liq. D oktor Stokm an kutilmaganda kurort 
suvining zararli bakteriyalar bilan bulg'anganligini aytib, «ulkan 
darom ad 
keltiruvchi 
bu 
shuhrati 
ketgan 
shifoxona* 
«o'lat 
o ‘rasi»dan o'zga narsa emas, deb vahim a ko'taradi. Shaharning 
«davlatm and buzrukvorlari ham da shifoxonadan m anfaatdor boshqa 
kishilar o 'zaro birlashib, olimga qarshi bosh ko'taradilar.
167


Stokm an «Biz erkin jam iyatda yashaymiz, erkin qatiyatli m at- 
buot bo'lib nahotki m en tom onda turmas?» deya o'zini haq deb 
turib oladi. Badkirdor turm ush doktom ing o 'y — m ulohazalarini 
puchga chiqaradi: shahar hukm dorlari va shifoxona egalarining 
tazyiqi ostida o 'sha «erkin va qatiyatli m atbuot* Stokm an 
maqolasini chop etishdan bosh tortadi, cho'ntaklari bo'shab qol- 
ishidan ch o'chigan m anfaatparas kimsalar olom oni — «yakmusht 
bo'lgan» ko'pchilik o 'z zarbasini doktorning o'ziga qaratadi.
Ishdan quvilib m atbuotda chiqish im konidan m ahrum etilgan 
Stokm an nutq erkinligidan foydalanm oqchi bo'ladi. U nutq so'zlab 
shifobaxsh suvning zararli ekanini jam oatchilikka oshkor qilishi 
kerak edi.
Stokm anning so'zlashiga y o 'l qo'ym aydilar. Lekin unga yana 
ham dahshatliroq boshqa bir narsa ham ayon bo'ladi: «Bizning bor 
m a ’naviy hayotiy chashm alarim iz zaharlangan, butun fuqarolik 
ijtimoiy hayotim iz yolg'on — yashiq bilan bulg'angan zaminga 
qurilgan ekanini angladiim , deydi u.
Stokm anning jam iyat erkinligi borasidagi tasaw uri puch bo'lib 
chiqadi. U adolatsiz va soxta m uhitga qarshi urush ochadi. U 
ko'pchilik ham isha haq degan tushunchadan voz kechib, ko'pchilik 
ham isha nohaq degan fikrga keladi. Shundan u «eng kuchli inson
— yakkalanib qolgan inson», degan umidsiz xulosa chiqaradi.
«Xalq dushm ani» asari badiiy jihatdan o 'sh a paytda Ibsen 
ijodida ustuvor bo'lgan psixologik dram a turidan farqlanib turadi. 
Zam onaviy turm ush tartibotini keng ko'lam da tasvirlash muallifdan 
ishtirok etuvchilar sonini ko'paytirish, om m aviy sahnalardan foy- 
dalanish, o 'rin birligi qoidalaridan voz kechishni talab etgan edi. 
B uijua dem okratiyasini fosh etuvchi ushbu pyesada kulgili, m utoyi- 
bali sahnalarning bo'lishi e ’tiborlidir. Bosh qahram on ham bundan 
m ustasno emas. Ibsen doktor Stokm anni qahram on qilib emas, 
balki soddadil, to 'p o ri, am alda uquvsiz, odatda, bunga qaram ay erk 
va haqiqat uchun kurashuvchi oddiy inson sifatida uning qiyofasini 
chizdi.
Asarda qo'yilgan m uam m olarning o'tkirligi adib nom ining 
darhol keng shuhrat topishiga sabab bo'ladi. Pyesa talash bo'lib 
sotiladi. Yaqinda deyarli «xalq dushm ani» deyish darajasida ayblan- 
gan yozuvchi asariga bu safar teatr m a’m urlari teatr eshiklarini 
keng ochib qo'ydilar. Asar birinchi m arta 1883-yili Xristianiyada 
qo'yilib katta muvaffaqiyat qozondi. K o'p o 'tm ay barcha Skandi­
naviya, shuningdek G erm aniya va Angliya teatrlari sahnalaridan joy 
oldi. Stokm an roli K.S.Stanislavskiyning eng e ’tiborli rollaridan
168


bo'lib qoldi.
1884-yili Isbenning ijtimoiy dramalari turkum idan so'nggi na- 
munasi bo'lm ish «Yowoyi o ‘rdak» asari yaratiladi. Bu crda ijtimoiy 
mavzu bir qadar o'zgacha tarzda yoritilgau. Dramadagi asosiy 
m uam m o o ‘sha davr jam iyati hayotining qon-qoniga singib ketgan 
soxtalik va riyokorlik mavzusidir.
80-yillarning o'rtasida 
Ibsen ijodining so'nggi, 
uchinchi 
bosqichi boshlanadi. Bu bosqich asarlarida ham m uallif awalgidek 
zamonaviy jam iyat hayotini haqqoniy aks ettirib, insonparvarlik 
ideallarini himoya qilib chiqadi. Lekin shu davrda yozilgan «Ros- 
mersxolm» (1886) va «G edda Gabler» (1890) dramalarida fojiona 
umidsizlik ohanglari kuchayadi. Ibsen ezgulikning g‘addor sharoitga 
zid kelishini chuqurroq anglab, hayotga m a'yuson a ko‘z bilan 
qaray boshlaydi.
Ibsenning ijodi ko'pgina mam lakatlarning ilg'or san’atkorlari 
faoliyatiga ta ’sir ko‘rsatgan. D uze, S. Bernar kabi sahna ustalari 
ijodida, XIX—XX asrlar jahon dramaturgiyasining ko'pgina yirik 
yutuqlarida Ibsen m a’naviyatining ta'siri sezilib turadi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GENRIK IBSEN (1 8 2 8 -1 9 0 6 -y .)

Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish