SARA BERNAR (1 8 4 4 -1 9 2 3 -y .)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

SARA BERNAR (1 8 4 4 -1 9 2 3 -y .)
Sara Bemar XIX asrning oxiri XX asr boshlarida ijod qilib, o'z yurti 
qatori xorijda ham tanilgan fransuz teatrining eng shuhratli aktrisasi edi.
Sara Bernar Parij konservatoriyasida tahsil ko'rib, 1862-yili ilk 
bor «Komedi Fransez» teatrida Rasinning asarida Ifigeniya rolida 
sahnaga chiqqan. S. Bernarning san’ati g'oyaviy jihatdan cheklan-
159


gan va katta hayot haqiqatidan bir qadar uzoq b o ‘lgani holda 
o'zich a hayratlanarli edi. U sahna texnikasining xassos ustasi edi. 
Ovoz tuslanishi, nutq ohangdorligi, ishlanib, charxlangan gavdasi
turish holatlarining o'zi bir tom osha edi. Uning san ’ati «taqlidiy 
maktab» estetik tam oyillarining ajoyib ifodasi edi. Sara Bernar 
o 'tk ir kuzatuvchanligi, kishini o'ziga rom etish jozibasi, ajib texnik 
omillari tufayli fojeiylik c h o 'g 'i past asarlarda ham tom oshabin qal- 
bini zabt eta olardi.
Sara B ernar «Komedi Fransez» teatrida Rasin va Volter trage­
diyalarida fojeiy rollarni z o 'r m ahorat bilan o'ynagan. Lekin uning 
fransuz teatrining birinchi darajali aktrisasi ekanini zamonaviy asar­
larda o'ynagan rollari tasdiq etdi.
D yum aning «Gul ko'targan xonim» asaridagi M argarita G ote 
aktrisaning eng noyob rollaridan biri bo'ldi. Atoqli rus m unaqqidi 
A. Kugel S. B ernar o'yiniga tan berib, shunday yozgan edi: «Nomi 
chiqqan bu ayolni bu ndan-da z o 'r tasvir etish amri m ahol; uning 
kasb-korining arzon garov tarovati, qalbi tubida pinhon tutilgan 
bedavo dil og'riqlari ajib tarzda nam oyon bo ‘ldi», «Uning ayollik 
m alohatiga ta ’rif yo 'q, - deya xotirlaydi m unaqqid, — yig'loqi 
qo'llari, faiyod chekuvchi qaddi-qom ati favqulodda z o 'r ifodaviyligi 
bilan hayratlanarlidir».
Sara B ernar erkaklar rollarini ijro etish bilan ham shov-shuv 
ko'targan. Shulardan biri H am let roli edi. Bu Shekspir obrazi 
talqiniga qo'shilgan hissa emas. Lekin bu rol aktrisaga o 'z ijro tex­
nikasining yuksakligi va san’atining hamisha navqironligini n am o ­
yish etish im konini berdi. S. Bernar H am let rolini ellik u ch yoshida 
o'ynagan. U fojeiy shahzodani Parij kiborlariga xos z o 'r shukux va 
nazokat bilan ko'rsatdi. Uning H am leti juda yosh va ayol misol 
husndor edi. Fransuz teatr tanqidchilari «ilohiy Sara»ning yangi 
rolini yuqori baholadilar. Lekin ayni chog'da Shekspir qahram o- 
nining goh-goh ko'zida shahzodaning g'amkashli hissi o 'm id a
g'am zali hislar jilvalanuvchi fasohatli va uddaburon, q o 'rs saroy 
m ahram iga aylanib qolishini ham ta ’kidlab o'tdilar.
Sara B ernar «tafakkur sohibasi» toifasiga kiruvchi emas, balki 
tugal va go'zal ijro san ’atining sohibasi edi. Sara Bernar iste’dodi 
tabiatan tug'yonli italyan aktrisasi Duze yoki rus aktrisasi Komis- 
sarjevskayadek darajasidan ancha uzoq va shu bois bu san ’atkorlar 
qalbini band etgan davrning fojeiy m uam m olari uning san’atida 
ham isha ham aksini topavermadi. Lekin uning ijodi aktyorlik 
san’ati tarixida z o 'r m ahorat va chinakam artistlikning benazir n a­
munasi tarzida o 'rin oldi.
160



Download 9,43 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SARA BERNAR (1 8 4 4 -1 9 2 3 -y .)

Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish