Asar naturalistik uslubda talqin etilgan edi. U nda ijtimoiy
mavzu, m utaassibona taom il va ko'rgiliklar bir qadar yumshatiiishi
hisobiga asosiy o'ringa Osvaldning xastaligi mavzusi olib chiqildi.
Osvald A ntuan talqinida «ichi butkul chirib adoyi-tam om bo'lgan,
gavdasini terisigina tutib turuvchi inson edi,-deb yozdi zam ondosh-
lardan biri,— a ’zolari o'ziga bo'yin egmay shalvirab qolgan, yuzi
ko'pchib za'faron tortgan, ko'zlari ich-ichiga
tushib bir nuqtada
so'rrayib qolgan edi».
A ntuan repertuarni yangilash bilan cheklanib qolm ay, teatrning
barcha sohasini qayta ko'radi. Haqqoniy asar haqqoniy o'yinni ta
lab etadi, der edi u. Antuan teatrona shartlilikning har qanday
ko'rinishiga qarshi kurash ochadi. Zam onaviy pyesa qahram onlari
«Keng qasrlarda em as, biznikiga o'xshash odatdagi o'ylarda, m um -
toz teatr tom oshalaridagidek suflerxona qarshisida emas, o 'z chiro-
qlari, g'isht pechkalari qarshisida istiqomat qiladilar.
U larning
ovozlari ham bizning ovozim izdan, m uom ala tili ham nutqim izda
qo'llaniladigan siz, biz, m en-senga o'xshash gaplardan o'zgacha
emas», deb yozgan edi u.
Antuan qiroat qilib, ohang bilan o'qish usuliga qarshi o'laroq
kundalik m uom ala, yurish-turishga m onand tabiiy nutqni joriy etish
uchun kurashdi; u aktyorning m a'lum toifali rollarga ixtisoslashish
(amplua) a n ’anasini
butkul inkor etib, sajiyalari turlicha rollarda
layoqatini nam oyon etuvchi aktvomi namunali aktyor deb hisobladi.
A ntuanning rejissyorlik kashfiyoti o 'zaro uyg'un ijrochilikka
asoslangan yangi turdagi spektakl yaratishda ko'rindi. « 0 'z a ro
uyg'un ijrochilik qoidasini tub qoida deb bilgan o 'rta salohiyatli va
bir-biriga teng darajali o'ttiz nafar aktyor uyushuvi nam unaviv
truppa b o 'la oladi» deb yozadi Antuan.
Antuan aktyorlardan tashqi, nam oyishkorona ifodalardan voz
kechib, qahram onning ruhiy olamini chuqur anglash va uning qi-
vofasiga kirishni talab etadi. Shu m a’noda
sajiya ustasi A ntuanning
o'zi nam unali aktyor edi.
«Erkin teatr» spektakllarida turm ush ikir-chikirlarigacha tafsiliy
aniq bezaklar orqali mavjud hayot tarzi ifodalandi. Liboslar aniqligi
va ular spektakl ishtirokchilarining fe’l-atvori, kasb-korini ifoda
etishga qaratilishi shart qilib qo'yildi. Antuan sahnaviy joylashuv
tarzida ham k o 'p yangiliklar yaratdi. Hayotning asl ko'rinishini
jonlantirish niyatida u sahnaning mavjud kengligidan to 'la foy-
dalanishga harakat qildi.
Antuan spektakl m uhitini yaratishda yoritish ifoda om illaridan
foydalanishga alohida e ’tibor berdi. Hayajonii holatga urg'u berish
162
maqsadida, masalan, «To‘quvchilar* spektaklining uchinchi pardasi
voqealarini yarim qorong'ilikda ko‘rsatdi.
«Erkin teatr* 1896-yilga qadar faoliyat ko'rsatdi, so'ng yopildi
Buning bosh sabablaridan biri — u o 'z milliy repertuariga ega bo'la
olm adi, ikkinchi sabab moliyaviy tanglik bilan bog'liq edi. Antuan
1897-yili Parijda «Antuan teatri* degan yangi teatrni tashkil etadi.
Antuan jahon teatri rivojiga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi.
Uning
«Erkin teatr»i turli mamlakatlarda erkin ijodkorlikka asoslangan
yangi teatrlarning paydo bo'lishiga nam una bo'lib xizmat qildi.
Berlinda Otto Bramning «Erkin sahna*, Londonda «Mustaqil
teatr*, Moskvada MXT jam oalarining tashkil topishiga Antuan
teatr izlanishlarining ta ’siri kuchli bo'lgan.