ROMEN ROLLAN (1 8 6 6 -1 9 4 4 -y .)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

ROMEN ROLLAN (1 8 6 6 -1 9 4 4 -y .)
«Inson hayotini fayzli qiluvchi jamiki aql-zakovat ne’matlari ora­
sida bizni tubsiz hayratga soluvchi ne’mat — teatrdir». Bular XX asrning 
atoqli so‘z ustasi, dramaturg va teatr nazariyachisi Romen Rollan 
qalamiga mansub so'zlardir. Ko‘p jildlik «Jan Kristof» va «Maftunkor 
qalb» romanlarining muallifi Rollanning yozuvchilik, publitsistlik, san’at 
tadqiqotchiligi sohalarida kechgan ko'p qirrali faoliyatida dramaturgiya 
sezilarli o'ringa ega. Uning qalamiga mansub o‘n ikki pyesaning bir- 
inchisi — «Valine’mat Lyudovik» 1897-yili yozilgan bo'lsa, «Robesper» 
degan so'nggisi 1938-yili yaratilgan.
Rollan teatrni jam iyat hayotini aks ettiruvchi «jangovar qurol* 
deb atadi. Uning eng sara pyesalarida va ko'p jihatdan XX asr ja ­
hon teatr madaniyati rivojini belgilab bergan «Xalq teatri* (1903) 
kitobida ana shu g'oya o 'z aksini topdi.
Rollan «Xalq teatri* kitobida badiiy ziyolilarni xalq hayotini 
teran anglashga, o 'z ijodini xalqqa xizmat qildirishga chaqirdi. Rol­
lan qahram onlik ruhidagi san’at, insonning his-tuyg'usi, aql-idro- 
kiga ta ’sir ko'rsatuvchi yirik shakldagi shoirona realistik san’at 
yaratish muammosini olg'a surdi. U yang: teatrni «xalqning noni 
qatori tashvishiga sherik* bo'lishi lozimligini ta ’kidladi.
Rollanning kitobi Fransiyada xalq teatri tamoyillarini shakllan- 
tirishda dastur bo'lib xizmat qildi. Rollan o 'z kitobida ulug' fransuz 
buijua inqilobi davriga murojaat etib, ziyolilarni xalq teatri uchun 
«Fransiyaning qahramonlik epopeyasini* yaratib berishga chaqirdi. 
Bu epopeyada u xalq kurashi manzaralarini jonlantiruvchi qudratli 
tarixiy shaxslar hayot haqiqati bilan uyg'un tarzda keng falsafiy 
umumlashmaga aylanishi kerak, degan fikrni olg'a surdi
Rollan o'zi shu g'oyani ro'yobga chiqarish niyatida «Inqilob 
dramalari* deb nomlanuvchi turkum pyesalar yaratdi. «Qashqirlar» 
(1898), «Aql tantanasi* (1899), «Danton» (1900), « 0 'n to'rtinchi 
iyul» (1901) shunday dramalarning dastlabkilari edi. Fransiya in­
qilobi davrining ur-yiqitlari, qatag'on dahshatlarini aks ettiruvchi 
m azkur asarlaming har biri Rollanning yangi shakl va g'oyalar 
yo'lidagi murakkab izlanishlari samarasi tarzida tug'ilgan.
«Qashqirlar» pyesasida Rollan inqilobiy ko'tarilishriing fojiali 
ko'rinishlarini chizib, inqilobiy burchning insoniylik axloqiga 
zidligini 
ifoda 
etdi. 
«Aql 
tantanasi»da 
inqilobchi 
qon- 
qardoshlarning o'zaro qonli adovati, yakobinchilar qatag'oni, si­
yosiy gij-gijlardan aql-hushi uchib, jazavaga tushgan g'ofil olom on 
haqida so'z ochdi. «Danton»da Rollan inqilob dohiylari ustidan
155


hukm 
chiqarishdan 
o'zini 
tiyadi, 
lekin 
om m aning 
xatarli 
ko'tarilishlaridan hangu mang bo'lib, ezgulik nim ada-yu, yovuzlik 
nim ada degan jum boq qarshisida turib qoladi, javob izlaydi...
Adib «Oln to 'rtin ch i iyul» pyesasidagina bu savolga javob top- 
gandek bo'ladi. U n da xalq bosh qahram on tarzida ko'ringan edi. 
Ichki g'oyaviy-badiiy birlikka ega bo'lgan bu asar Bastiliyaning oli- 
nishi bilan bog'liq lavhalar asosiga qurilgan.
Rollan 1939-yili «Robesper» dramasini yaratadi. U nda fransuz 
inqilobining yakobinchilar partiyasi ag'darilishi bilan xotim a topuv- 
chi 
eng 
fojiali 
davri 
aks 
ettirilgan. 
M uallif 
inqilobning 
mag'lubiyatga uchrashi sabablarini badiiy tadqiq etgan edi. Inqilob 
dohiylarining fojiasi ularning xalq m adadidan m ahrum bo'lib qol- 
ganliklarida edi. D ram ada Rollan D antonning qatl etilishi lavhasi- 
dan Robespem ing halokatigacha bo'lgan voqealarni chizish asosida 
psixologik jihatdan m urakkab, qudratli insoniy sajiyalar yaratgan 
edi. El-yurt m anfaatini shaxsiy m anfaatdan ustun qo'yib, vatani- 
ning shon-shuhrati yo'lida jonini qurbon qilgan jafokash Robesper 
shunday qahram onlardan edi. Asar qahram onona rom antik ruhda 
xotim a topadi. «Robesper» asari «Inqilob dramalari» turkum iga ya- 
kun bo'libgina qolm ay, shu bilan birga R ollanning «Xalq teatri» ki- 
tobida olg'a surilgan chinakam dem okratik, hayotbaxsh san ’at 
yaratish g'oyasini ham am alda ro'yobga chiqargan yirik shakldagi 
dram a nam unasi tarzida yuzaga keldi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ROMEN ROLLAN (1 8 6 6 -1 9 4 4 -y .)

Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish