yaratadi. X am let, Lir, M akbet, Sheylok,
Richard
III
uning
Shekspir asarlarida yaratgan eng sara rollari edi. Lessing pyesalarida
ham M arinelli («Emiliya Golotti»), N atan («Dono N atan») kabi
esda
qolarli
obrazlar ijro
etadi.
M um toz
komediyalardan.
M olem ing «Tartyuf» asarida T artyuf rolini o ‘ynagan. By rollarni
ta'kidlab o ‘tishning o ‘zi Zeydelman ijodiy ufqi naqadar keng aktyor
ekanini tasdiqlaydi.
Zeydelman rol ustida ishlar ekan,
har doim uni muqimlashib
qolgan siyqa andozalardan xalos etar, yangicha, zamonaviy ruhda
talqin etishga intilardi. U ayniqsa ijodining ko‘rki bo‘lib qolgan
Gyotening «Faust» asaridagi
Mefistofel roli ustida, murakkab ijodiy
jarayonni boshdan kechiigan edi. Gap shundaki, Mefistofel, bir to
m ondan, foniy dunyo yovuzligini o ‘zida mujassam etgan timsoliy,
obraz,
ikkinchi tom ondan, qadimgi xalq rivoyatidan olingan Iblis
obrazidir. Shu tufayli u haddan tashqari mavhum yoki qo‘pol,
so‘xtasi sovuq obrazga aylanib qolishi mumkin edi. Gyote uni fal
safiy m a'noda talqin etgan. Lekin bundan qat’iy nazar, Gyote xalq
ning iblis haqidagi afsonaviy tasaw uriga asoslangan. Zeydelman ham
o ‘z obraziga aynan shu asosga qurdi. Tom oshabinlar Zeydelmanning
mavhumlikdan holi butkul o'ziga xos, betakror obraz yaratganligidan
hayratga tushdilar. U nda um umlashma
ifoda tarzi aniqlik, hayotiylik
belgilari bilan shu qadar ko'rishib ketgan ediki, bu aktyoming obraz
qiyofasiga kirish imkoniyati benihoya keng bo'lganligidan dalolat edi.
Zeydelm an san’atining kuchi g'oyaviy teranlik bilan teatrona
tomoshaviylikning o'zaro m ushtarak tarzda ifoda etilganida edi.