• «Etik kiygan mushuk» (1797) va «Olamning pala-partishligi»
  • LYUDVIG TIK (1 7 7 3 -1 8 5 3 -y .)




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/134
    Sana27.09.2024
    Hajmi9,43 Mb.
    #272697
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134
    Bog'liq
    Jahon tetri tarixi

    LYUDVIG TIK (1 7 7 3 -1 8 5 3 -y .)
    Lyudvig Tik teatr tarixchisi, taijim on, rejissyor va bir qator 
    pyesalar muallifi b o iis h bilan birga nemis rom antik dramaturgiyasi 
    va teatri tarixidan nufuzli o ‘rin olgan dram aturglar sanog'ida turadi.
    Tik butun um rini adabiy va teatr ijodiga qaratgan zot edi. 
    K o'pgina rom antiklar qatori Tik ham xalq ijodi va k o 'h n a nem is 
    adabiyotiga alohida qiziqish bilan qaraydi. U nemis ertaldarini ro­
    m antiklar ruhida qayta ishlab, ularni nashr ettiradi. N em is «Xalq 
    ertaklari» deb atalm ish kulliyotlar ham uning e ’tiboridan chetda 
    qolmaydi. U XV—XVII asrlarda ijod qilgan nem is dram aturglari 
    asarlarini to 'p lab o'rgandi va keyinroq ular «Nemis teatri» nom i bi­
    lan to'plam tarzida nashr etiladi. Tikning «Ko‘hna ingliz teatri* 
    degan kitobi ham uning o'tm ish teatr hayotiga qiziqib qaraganligi- 
    dan dalolatdir.
    N em is rom antiklariga xos to'pori va g'arib kundalik hayotdan 
    uzoqlashish hususiyati Tik asarlarida yaqqol aks etgan. Bunga u er- 
    tak-pyesalarda real borliq bilan teatr tom oshasi, m aishiy turm ush 
    bilan taxayyur chegaralarini bir-biriga tutashtirish orqali erishdi.
    140


    «Etik kiygan mushuk»
    (1797) va 
    «Olamning pala-partishligi»
    (1799) 
    pyesalarida, masalan, ishtirokchi kimsalar badiiy timsollik holatidan 
    chiqib, dab-durustdan sahna ishchisi bilanm i, asar muallifimi, to- 
    m oshabin bilanmi m uloqotga kira boshlaydi. Odatda, tom osha 
    davom ida sahnada ro‘y beruvchi «ishkalliklar» oraga tushib, san- 
    naviy holatni buzishga olib keladi. Shu usul bilan m uallif tasvir- 
    lanuvchi hayot voqeligiga nisbatan o ‘z kinoya va istehzoli m unosa- 
    batini ifoda etadi.
    Shu m a’noda Tikning «Bolalar uchun ertak» deb ataluvchi 
    «Etik kiygan mushuk» pyesasi juda ibratli. Bu odatdagicha boy- 
    vachchalar, zodagonlar didiga m o‘ljallangan asarlardan farqli 
    o'laroq, keng doira teatr ishqibozlariga qaratilgan g‘ayriodatiy 
    komediya edi. Ayni paytda u teatr rom antizm ning rom antik kinoya 
    qoidasini amalda tasdiq etuvchi dasturiy asar hamdir. Undagi 
    voqealar rom antiklar alohida ko‘ngil q o ‘ygan «teatrda teatr» ifoda 
    usuli asosiga ko‘rilgan. Sahnada teatr sahnasi va tom oshabinlar zali: 
    voqea bir vaqtning o ‘zida zalda ham , sahnada ham davom etadi; 
    sahnada etik kiygan mushuk haqida ertak nam oyishkorona ravishda 
    o ‘ynaladi; soddadil, lekin qovoqbosh bechora hoi Gotlib meros ol- 
    ish o ‘rniga mushuk oladi. Mushuk bo'lganda ham biroz olg'irligi 
    b o ‘lsa-da, turgan-bitgani aql, amali zo‘r m ushuk edi. Mushik 
    o ‘ziga bashang etik tiktirib berilishini so'raydi, shundan so'ng u er­
    tak syujeti b o ‘yicha noshud xo'jayini ishini o'nglashga kirishadi. 
    Kishilar ko'zi tushishi bilan quti o ’chadigan, o ‘z m ahram larini ezib 
    adoyi-tam om qilgan Olabuji tengsiz im konini ko‘z-ko‘z qilib, turli 
    qiyofalarga kiradi, lekin behosdan sichqonga aylanib qolganini o ‘zi 
    ham sezmaydi. Shu on m ushuk bir tashlanadi-yu, uni gumdon 
    qiladi. Asfalasofinga ketgan zulm korning m artabasi-yu, * boyligi 
    Gotlibga o ‘tadi. Bu hodisaga mushuk «Endi G otlib misolida bosh- 
    qaruv tizg‘ini uchinchi tabaqa (buijua) q o ‘liga o ‘tdi» deya istehzoli 
    so‘z qotadi. «Demak, bu inqilobiy pyesa ekana-da» deya to ­
    m oshabinlar baqirib xushtak chalib, yer tepinib o ‘z noroziligini 
    bildiradilar.
    Lekin bu yerda inqilobdan asar ham yo‘q edi. Ovsar Gotlib 
    malikaga uylanadi, yangi qirol yaxshi xizmatlari uchun mushukni 
    orden bilan mukofotlaydi va dvoryanlik unvonini beradi.
    Tom osha davomida sahnadagi tom oshabin pyesa voqeasiga 
    aralashib, unda goh hayotiy haqiqat yo'qligi, goh pand-nasihat 
    unutilganligini aytib g‘ovg‘o ko’taradi, tom osha alg‘ov-dalg‘ov 
    tusga kiradi. Quti o ‘chgan m uallif sahnaga chiqqanicha niyatini tu- 
    shuntira ketadi, aktyorlar q o ‘rquvdan suflyor so'zini eshitolmay
    141


    dovdiraydi, ishchilar sahna pardasini beo'rin yopib, yana muallifni 
    gapga qoldiradi.
    Pyesa siyosiy m usohabadan ham holi emas. U nda m uallif 
    nazarida biron-bir o'zgarishga yo‘l ocholmagan fransuz inqilobi 
    haqida sha’m alar eshitilib turadi. U chinchi tabaqa vakili G otlib 
    obrazi kinoyaviy usulda chizilgan. F ikr-o‘yi taralabedodlik bilan 
    band zodagon tom oshabinlam ing to ‘rachilik kayfiyati xajv ostiga 
    olinadi.
    Turm ush ikir-chikirlari tasvirining «ayoliy tasaw u r bilan qo- 
    rishiq holda kelishi, ko'tarinki orzu-istak va kinoya uyg‘unligi, ada- 
    biy teatrga xos m asharaom uz ifoda usullari Tik pyesalari Gotsining 
    pyesa-ertak «fyablari» bilan yaqinligidan dalolat beradi. Tik yangi 
    teatr tasvirchilik vositalarini ishlab chiqadi. U teatrning shartlilik 
    tabiatiga asoslanadi. «Teatrda teatr» jozibadorligini ko‘rsatish m a- 
    horatida bo‘lg‘usi rejissura ustasining yo'li va teatr nazariyachi- 
    sining o ‘tkir zakovati ko'rinib turardi. Tik tom onidan sinchkovlik 
    bilan ishlanib, am alda qoMlanilgan teatrga xos tomoshaviylik usuli 
    estetik tamoyil tarzida dram aning keyingi rivojiga o ‘z ta'sirini 
    ko‘rsatdi,
    1799-yildan Tik ijodining ikknichi bosqichi boshlanadi. Bu 
    davrda XV—XVI asrlar nem is xalq kitoblari asosida yaratilgan «Av- 
    liyo Genovevaning hayoti va o ‘limi» (1800), «Im perator Oktavian» 
    (1804), «Fartunat» (1816) pyesalari diniy sujetlar tasviriga qaratil- 
    gan. Bulardan birinchisi eng mashhuri b o iib , unda o ‘rta asr 
    mirakli, shaklida avliyo. Genoveva hayoti tasvir etilgan. Asarda ka- 
    tolikchilik ruhi, o ‘rta asr davriga ihlosmandlik tuyg‘usi ufurib 
    turadi. «Avliyo G enovevaning hayoti va olimi» diniy o ‘git ruhidagi 
    asargina emas. U nda xalq kitobidan olingan oddiygina lavha 
    ko'h n a rivoyat tarzida tasvir etilgan. Pyesada diniy ohang ixlos 
    qo'yishga qaratilgan tashxis tarzida nam oyon bo'ladi.
    Tik pyesalar yozish bilan birga o ‘zini rejissyor sifatida ham
    ko'rsatgan. 1819-yildan u Drezden teatrining badiiy rahbarligi vazi- 
    fasini egallaydi. Tik teatrning nimaligini «His-ehtiroslar epkini, bu- 
    yuklik va yuksaklik, hayrat va dilkusholik» vositasida kishini o'ziga 
    rom etuvchi badiiy ta sa w u r tarzida ta ’riflaydi. Tikning fikricha, 
    bunday m aftunkorlikka klassitsizmga xos ohangdorlik va va’z usuli 
    o 'm id a tabiiy hayotiy nutq asosida o'zaro uyg'un harakat qilish 
    orqali erishish m um kin. Uning talabiga ko'ra, spektakl shartlilik 
    asosida bezalishi, tom oshabin diqqatini aktyordan chalg'itm aslik 
    u chun orqaga gilam tortib, spektakl ko'rsatish lozim. T eatr liboslari 
    ham shu kabi shartli um um lashgan tarzda bo'lishi m um kin. Tik ak-
    142


    tyor bilan tom oshabin orasida o'zaro: uyg‘unlik yaratgan Shekspir 
    davri teatrini eng ibratom uz teatr deb hisoblagan.
    Tik teatr faoliyatining ahamiyati uning teatrda romantizm 
    estetikasi tamoyillarini tasdiqlashi bilan izohlanadi. Atoqli adib va 
    dram aturg Kleys esa o ‘z pyesalari orqali nemis rom antik dram a- 
    sining repertuardan o ‘rin olib, nemis sahnasida uzoq vaqt 
    davom ida hukm surishini ta'm in etib berdi.

    Download 9,43 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   134




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    LYUDVIG TIK (1 7 7 3 -1 8 5 3 -y .)

    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish