GENRIX FON KLEYST (1777—1811-y.)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

GENRIX FON KLEYST (1777—1811-y.)
G enrix fon Kleyst ko‘hna dvoryanlar xonadonida tavallud 
topib, tabaqa a n ’anasiga ko‘ra o'sm irlik chog‘idan harbiy xizmatga 
kiradi. 1792-yili Fransiyaga qarshi kurashda qatnashadi. Lekin har­
biy xizmat ko‘ngliga yoqmaganidan 1799-yili iste’foga chiqadi va 
o ‘z hayotini adabiy ijodga bag'ishlashga ahd qiladi.
Kleystning eng yetuk dram alarida vatanparvarlik ohangi, milliy 
tarixga qiziqish yaqqol sezilib turadi. Ularda qalbi el-yurtga nis­
batan ilhombaxsh sevgiga limm o-lim , mam lakat va davlat oldidagi 
burch hissiga sodiq mutaassiblik hislari ham ko‘zga tashlanib 
turadi.
Kleystning eng m ashhur dramalaridan biri 
«Geylbronlik 
Ketxan» (1810) pyesasi ham juda o'ziga xosdir. Bu pyesada Kleyst 
afsonaviy sujet bahonasida olm onlarning qadimgi o ‘tmishi haqida 
o ‘y-xayolga 
cho'm adi. 
Dram aturg 
xalq 
ijodi 
manbalaridagi 
mo'jizaviy ertak ohanglari, karomatli hodisalarni ishga solgan. 
Asarning sujeti shunday: geylbronlik qurol ustasining qizi Ketxen 
shavqatli bahodir graf Vetter fon Shtral bir-birlarini tushida ko‘rib, 
sevishib qolishadi. Ketxen yigitga g‘oyibona oshug‘u beqaror bo'lib, 
xuddi ko'lankadek, uning ortidan izm a-iz quvib yuradi. G raf sehr 
kuchi bilan qiyofasini o'zgartirishga ustasi farang boy va aslzoda, 
m akkora jazm ani Kunigunda fon Turnekdan voz kechib, oxiri 
Ketxenga uylanadi. Ketxen esa bolaligida yo‘qolib qolgan im pera- 
torning qizi malika Katerina Shvabskaya bo‘lib chiqadi.
Tangri ikki yoshning ko'ngliga solgan ulkan muhabbat asarning 
asosiy ohangini belgilab bergan. Ketxen ilk bor fol ochganda 
quym a q o ‘rg‘oshinda graf ruxsoriga ko‘zi tushib, uni sevib qoladi, 
so'ng tushida ko'radi, xudoga iltijo qilib, dilidagi orzu ijobat 
bo'lishini so'raydi. G raf ham o 'z navbatida xastaligida alahsirab, 
Ketxenni farishta qiyofasida ko'radi.
Asarning g'oyaviy-badiiy mohiyati unda taqdir hukmining ijo­
bat topishi yoki xayoliy va diniy ohanglar bilan belgilanmaydi. Pye-
143


sada xalqdan chiqqan oddiy qizning beg'ubor muhabbati, sevgisiga 
sadoqati shoirona ko‘tarinki ruhda aks ettirilgan. Pyesaning qim - 
m ati shundadir. 
Ketxenning pokdom on, beg'ubor, m a’naviy 
barkam ol qiz tarzida nam oyon bo'lishi Kleyst ijodining xalqchil- 
ligidan dalolat beradi.
Kleyst «Geylbronlik Ketxen» pyesasida «shekspirona» bean- 
doza shaklga m urojaat etdi. Ajoyib shoir Kleyst ham ingliz dram a- 
turgi kabi pyesa m atnining uchdan bir qismini nasriy shaklda 
yozgan. U nda ishtirokchilar soni ko‘p b o ‘lib, voqealar o ‘rni tez-tez 
alm ashib turadi, m uallif hayotni keng ko‘lamda aks ettirish, jonli 
tarixiy, ijtimoiy tasvirni chizishga intiladi. Shu m a’noda m azkur 
asar nem is rom antik dramaturgiyasining kelajak rivojiga yo‘l ochib 
berdi.
«Geylbronlik Ketxen» m uallif tirikligida sahna yuzini ko‘rgan 
kam dan-kam pyesalaridan biri bo'lib, u 1810-yili Vena shahar teat­
rida qo'yildi.
«Gamburglik shahzoda Fridrix* (1810) asariga XVII asr oxiri- 
dagi Prussiya va Shvetsiya urushi davriga oid tarixiy rivoyat asos 
qilib olingan. Sevgi va shon-shuhrat gashtini surish ezgu niyati bi­
lan yashovchi cho'rtkesar va jo 'sh q in qalbli shahzoda Fridrix dra- 
m aga bosh qahram on qilib olingan. U qo'm ondo n buyrug'ini 
pisand qilmay, o'zich a jangga kiradi. Shu bois u o'lim ga hukm eti­
ladi, aybini tan olgach, avf etiladi.
Kleyst prus davlatchilik g'oyasini ulug'lashni bosh m aqsad qilib 
olgan edi. G ap shundaki, davlatchilik g'oyasi Kleyst dram asida 
prus monarxiyasi shaklida ifoda etilgan. U nda prus davlatchiligi 
ideallashtirilgan holda bu davlatchilik qonunlarida insonparvarlik 
tam oyillarini ko'rish ham Kleystning istagi tarzida ifoda etiladi.
Kleystning keng xalqchillik ruhidagi «Sindirilgan ko'za» (1805) 
kom ediyasida oddiy insonlam ing axloqiylik fazilatlari zavq-shavq 
bilan tarannum etilgan.
N em is dramasi tarixida Kleystning ahamiyati alohidadir. Jahon 
teatri repertuaridan hozirga qadar o 'rin olib kelayotgan rom antik 
dram alar ijodkori sifatida u butun diqqat-e’tiborini ibratom uz qah­
ram onlar obrazini yaratish, inson m a’naviy hayotining ichki nozik 
qirralarini ochishga qaratgan edi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish