JORJ GORDON BAYRON (1 7 8 8 -1 8 2 4 -y .)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

133


JORJ GORDON BAYRON (1 7 8 8 -1 8 2 4 -y .)
Jo 'rj G ord on Bayronning ijodi insoniy erkinlik g‘oyasi bilan 
sug'orilgan shoirona dram a tarixida hal qiluvchi bosqichga aylandi. 
Bayron m uqim lashib qolgan g‘oyalarga shubha bilan qarab, ularni 
doim o o 'z tafakkuri taftishidan o ‘tkazib kelgan shoirdir. Bu dram a- 
turgiyada ham o 'zini nam oyon qilgan.
Bayron zodagon avlodi oilasida dunyoga kelib, yoshligini Shot- 
landiya qishloqlarida o'tkazgan. 17 yoshida tog'asi vafotidan keyin 
uning merosi va lord unvonini oladi, Kembrij universitetida tahsil 
ko‘radi. Bayron lordlik burchini el-yurt oldidagi, dunyo taqdiri 
oldidagi m as’ullik m a’nosida qabul qilgan edi. Lordlar palatasiga 
kirib nutq so‘zlaydi, tirikchiligi xarob ahvolga tushib qolgan 
to'quvchilarni him oya qilib chiqadi. U m ehnatkashlarni «aholining 
eng foydali qismi* deb ataydi va davlat buzrukvorlarini tartib 
o ‘rnata olm aslikda ayblaydi.
Bayron dastlabki ikki qo'shig'i «Chayld Garold* va boshqa 
asarlari bilan dovrug' taratgach, 1816-yili bir umrga o ‘z yurtidan 
chiqib ketadi. U Shveysariya, Italiyada yashaydi, Y unonistonda va- 
fot etadi.
Bayron qahram oni favqulodda ko‘rinuvchi va shu favqulod- 
daligi bilan fahrlanuvchi qahram ondir. U odam lam i sevadi, lekin 
ayni paytda ulardan jirkanadi. Ha, u boshqalarda ko'ringan bad- 
binlikni dahshat ichida o'zida ham topa boshlaydi. Shunday bay- 
ronnam o 
haybatlilik 
«Manfred* 
dram atik 
poem asida 
keng 
nam oyon bo'lgan. Asar 1816-yili Shvetsariyada yozilgan.
«M anfred» «Gyotening «Faust» asari ta ’sirida yozilgan. Bayron 
nem is tilini bilm aganidan shvetsariyalik bir d o ‘sti unga G yote asa­
rining bir qismini taijim a qilib bergan. Bayron G yote asaridan, av- 
valo, undagi olam sirini ochish, to ‘siqlarni yengishga qodir ruhiy 
qudratlilik g'oyasini qabul qiladi. Lekin «Manfred» asari umidsizlik 
ruhidagi asar bo'lib chiqdi. Bayron qahram oni olam va insoniy qalb 
sirlarini ochib, xilqat qudratini o 'z izmiga olgan holatda ko'rinadi. 
Lekin bu bilan o'ziga ham , o'zgalarga ham n a f keltirmaydi; sababi, 
M anfred nazdida dunyo qonuni — azob-uqubat chekish qonuni 
bo'lib chiqadi. M anfred jinoyat yo'li bilan odam va olamni 
anglaydi. Endi u shularning unutilishini o'ylaydi. Lekin buning aslo 
iloji yo'q.
Bayron qahram oni vijdon azobida faryod chekadi. Shoir M an­
fred obrazi orqali m a ’rifatparvarlar ezgu g'oyalari sarob bo'lib 
chiqqanligini ifodalaydi, odam lar sha’ni-nafsoniyati, deya kurash
134


ochish lozimligini anglab, noaniq kelajak qarshisida hangu mang 
bo‘lib qolgan avlodning umidsiz kayfiyati va his-xayajonini ifoda 
etgan. Shu bois Bayronning «Manfred» asarida olg'a surilgan nuq- 
tayi nazarni «m ardonavor umidsizlik» m a’nosida tushunish m um ­
kin. Toleyiga yolg'izlik yozilgan M anfred yana ham q at’iylik bilan 
beshafqat xilqatning yovuzona kuchlariga qarshi yakka o ‘zi ro‘baro‘ 
keladi, taslim bo'lm ay, o ‘zligini saqlab boradi.
«Manfred» asarining alohida shoirona ta ’sir kuchiga egaligi uni 
1834-yili «Kovent — Garden* teatrida qo‘yilishiga, R. Shuman, 
P.I. Chaykovskiylar tom onidan musiqa yozilishiga sabab bo'ladi. 
1821-yili Italiyada yozilgan «Sardanapal» asari Charlz Makredi to­
m onidan «Druri — Leyn* teatrida aynan 1834-yili q o ‘yilgan.
«Qobil» 
tregediyasi 
Bayron 
rom antik 
dramaturgiyasining 
cho'qqisi bo'lib, u ham Italiyada 1821-yili yozilgan. Asar voqeasi 
butun koinot sarhadlarida ro‘y beradi. U nda Odam ato, M omo 
havo, ularning farzandlari Qobil, Xobil, Iqlima, Olloh ra’yiga qar­
shi borgan shayton Azozil — Yelpik ishtirok etadi. O 'z inisi Xobilni 
o'ldirgan Qobilning qilmishlari orqali jam iyatda hukm surmish 
adolatsizlikka qarshi isyonkorlik g'oyasi olg'a surilgan. Bayron 
«Bibliya» rivoyatiga suyanib, insoniyat tarixining keyingi o 'n yillik- 
larida kelib chiqqan umum bashariy muamm olarini badiiy idrok 
etish bilan haqiqat izlovchi faylasuf, komil insonparvar mutafakkir 
sifatida o 'zini ko'rsatdi.
Bayronning «Qobil» asari fransuz buijua inqilobidan keyin 
boshlangan m udhish inuhitning mahsuli tarzida tug'ilgan. Inqilob 
va uning insoniylikka daxldor va dahlsizligi, inqilob davrida 
to'kilgan 
qonlarga javobgarlik 
muamm osi 
Bayron 
asarining 
markaziy muammosiga aylandi. Bayron asarida Qobil jam iyatda, 
odam lar o'rtasida o'rnatilgan m unosabatlardan, um um an, olam 
tartibotidan norozi, odatdagicha yashash tarzini aql taftishidan 
o'tkazib, boshqachasiga yashash tartibotini istovchi zot qiyofasida 
nam oyon bo'ladi. Azozil — Elpikning xizmati Qobil uchun fojiona 
oqibat bilan yakun topadi. U o 'z inisi Hobilni o'ldirib qo'yadi, ota- 
ona qahriga uchraydi, zam inni inson qoni bilan bo'yagani uchun 
o 'z inisi jasadini ko'tarib yurtdan chiqarib sazoyi qilinadi.
Bayronning «Qobil» asari Nafas Shodm onov taijim asida 
G . D anatarov asariga qo'shilib, 2000-yili Qarshi «Eski masjid* 
teatri tom onidan «Qobil va HobiU (rej. X. Avliyoquli) nom ida sah- 
naga qo'yildi.
Bayron dramaturgiyasi ingliz dramaturgiyasidagina emas, shu 
qatori XIX asr birinchi yarmi um um ovro'po dramaturgiyasi tarixida
135


ham ro ‘y bergan jiddiy voqeadir. Bayron dramaturgiyasining teran 
g'oyaviyligi, shoirona ehtiroslarga boyligi dram atik san’atning eng 
noyob ko'rinishi deb e ’tirof etilgan.

Download 9,43 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



JORJ GORDON BAYRON (1 7 8 8 -1 8 2 4 -y .)

Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish