Lem etrning dunyoqarash va ijodiy uslubi shakllangan m urak
kab davrda rom antizm bilan realizmning o'zaro qo ‘shiluvi m a’qul
ko‘rilmagan. Lem etr ijodida har ikkala yo‘nalish mushtaraklik kasb
etdi; rom antizm yo‘nalishiga xos mavhumlik va hissiy jo ‘shqinlikda
yuz beruvchi bo'shliqlarni aktyor ijtimoiy, maishiy turm ush tafsilot-
lari va dalolatlari bilan to ‘ldirib,
obrazlarning m antiqiy izchil,
yanada ta ’sirchan va hayajonli bo'lib chiqishiga erishdi.
V. Antyening «Adre karvonsaroyi» melodramasidagi Rober
M aker roli Lemetrning eng dovruq'li rollaridan biri bo‘ldi. Mazkur
obrazni u ikki xil tahrirda yaratgan. Birinchi bor uni 1823-yili ma-
zaxomuz tarzda yaratib, m elodram a tabiatini butkul o ‘zgartirishga
muvaffaq bo ‘ladi. M elodrama badiha,
hazil-mutoyiba, qochirim -
Iarga boy, shukuhi baland spektakl bo ‘lib chiqdi. Ikkinchi tahrirda
aktyor asarni «Rober Maker* deb atab (o ‘zi hammualliflik qilib)
Robebem i aksionerlik jam iyatining raisi, yulduzni benarvon uradi-
gan moliyachiga aylantiradi. 0 ‘z «xunari»ni olam aro yoyish uchun
R ober havo sharida uchib ketadi.
Aktyor Dyukanjning « 0 ‘ttiz yil yoxud Qimorbozning hayoti»
(1827) asarida o'zining eng fojiaviy rom antik
qahram onlaridan biri
Jorj Jerm oni obrazini yaratadi. Aktyor Jerm oni misolida pul vasva-
sasida insonning qay darajada axloqiy tubanlikka tushishini
ko'rsatdi. Joij o 'ttiz yillik hayoti davomida kelajakka ishonuvchan
yosh, navqiron yigitdan jinoyatga qo'l uragn musofirni (o'g'li bo'lib
chiqadi) o'ldirib, ruhan so'niq, holdan toygan qariyaga aylanadi.
Aktyor
qim orda
yutishning
zavq-shavqi-yu
yutqizishning
m ash’um ona alam -iztiroblarini qahram onning ichki ruhiy kechin-
malari natijasi sifatida ko'rsatadiki, bu melodrama tusining
o'zgarishiga olib keladi.
Lem etr Gyugoning «Ryui Blaz» (1838) asarida o'zining eng
shoirona jo'shqin obrazlaridan birini yaratgan.
Ryui Blaz xalq
iste’dodi, qudrati va musibatining timsoliy ifodasiga aylandi; u xalq
qasoskori, xalq ezgu niyatini mujassam etuvchi shoir va ayni
chog'da m ajnunona oshiq tarzida gavdalanadi.
Viktor Gyugo Lem etr o'ynagan shu roldan olgan taassurotini: u
«Leken bilan Garrikning, Edmund Kinning
shiddati va Talmaning
hissiy qudratini o'zaro singdirgan holda Ryui Blaz obrazi orqali qad
ko'tardi*, deya ta ’kidlagan edi. Bu fikr Frederik Lemetrning butun
ijodiga taalluqli xususiyat haqida aytilgan edi, deyilsa ham bo'ladi.