ONORI DE BALZAK (1 7 9 9 -1 8 5 0 -y .)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

ONORI DE BALZAK (1 7 9 9 -1 8 5 0 -y .)
O nori de Balzak o 'z asarlarini ilm-fanning aniq qonunlariga 
qiyosan yaratgan sohibi qalam dir. U kishilarning o 'y va intilish- 
larini «ijtimoiy hodisa* m a’nosida anglab, yozuvchining vazifasi 
ijtimoiy m uhit, jam iyatning axloqiy tarzini tasvirlashdan iborat, deb 
hisobladi.
Balzak fransuz teatriga tanqidiy m unosabatda bo'ldi. U rom an­
tik dram a va m elodram ani hayotiy haqiqatdan uzoq pyesalar tar-
122


zida qoraladi. Balzak teatr va dramaturgiyaga o 'z rom anlarida aks 
etgan tanqidiy realizmni olib kirishga harakat qildi.
Uning dramaturgiyadagi faoliyati 1830-yillaming oxirida avj 
oldi. «Oila sabog‘i», «Votren» (1839), «Kinola orzulari* (1841), 
«Ishbilarmon» (1844), « 0 ‘gay ona» (1848) Balzakning romanlari 
kabi burjua jam iyati manZarasini keng ifoda etuvchi dram alar tar­
zida yaratildi.
Balzakning dramaturg sifatidagi eng sara asarlaridan biri 
«Ishbilarmon» komediyasi bo'ldi. U zamonaviy hulq-atvor haqidagi 
haqqoniy va yorqin hajviy komediya tarzida dunyoga kelgan edi. 
U nda boyish vasvasasiga tushgan qahram onlar o 'z maqsadiga eri- 
shish yo'lida eng jirkanch usullami qo'llashdan ham tortinmydilar; 
kishi ta ’magirmi, jinoyatchim i yoki nufuzli ishbilarmonmi, buning 
farqi 
yo'q; gap 
uddaburotilikda, 
n af keltirish-keltirmaslikda
murosasiz olishuv jangida savdogarlar, turli darajali bitja uddabu- 
ronlari, cho'ntagida hech vaqosi yo'q singan kiborlar, puldor qay- 
liqlari hamyoniga ishongan po'rim yigitlar, hatto fursatini topib, 
egalari sirini chayqovga soluvchi malaylar ishtirok etadi.
Pyesadagi asosiy kimsa ishbilarmon Merkade aqlliligi, irodasi- 
ning mustahkamligi va odamshavandaligi bilan ajralib turadi. Shu 
xususiyatlari tufayli u eng og'ir vaziyatlardan ham osongina chiqa 
oladi. Qarzlarini ololmagan kishilar uni qam atm oqchi bo'ladilar, 
lekin shu on ular o'zlari bilmagan holda uning aqli, aniq hisob- 
kitoblaridan hayratga tushib, hatto uning nayranglarida ishtirok 
etishga rozi bo'lib qoladilar. Markade — xomxayollik ko'chasiga 
kirmay, har ishdan manfaat ko'rishga ustasi farang shaxs. U o 'z 
zamoni hamjihatlik zamoni bo'lmay;' o'zaro raqobatda manfaat 
ko'rish zamoni ekanini yaxshi biladi. «Him m at, o'zaro hamdardlik 
adoyi tam om bo'ldi, ularni pul siqib chiqardi. Endi birgina manfaat 
degan narsa qoldi, zero endi oila degan gap yo'q, ayrim shaxslar 
bor, xolos»— deydi u. Insoniylik rishtasi uzilgan jam iyatda or- 
nom us, hatto halollik degan tushunchalam ing m a’nosi qolmaydi. 
Besh franklik tangani ko'rsatib, Merkade shunday xitob qiladi. 
«Ana o 'sh a hozirgi or-nom us degani. Xaridom i molingiz ohak 
emas, shakar ekaniga ishontira oling; boy bo'lsangiz deputat ham , 
vazir ham bo'la olasiz».
Balzak insoniy fe’l-atvorlami ijtimoiy faoliyat tarzida qurib, za­
monaviy «ishbilarmonlar» jamiyatning «muayyan qismi» ekanini tahlil 
etib berdi. Uning dramatuigiyasiga xos realizmning kuchi shundadir.
Balzakning dramaturglik faoliyati « 0'gay ona» asari bilan ya- 
kun topdi. Bu asarga mavzu bo'lgan voqea N apoleon qo'shinida
123


xizmat qilgan sobiq general, fabrikachi de G ranshan xonadonida 
1829-yili sodir b o ia d i. G rafning xotini G ertruda uning birinchi 
xotinidan tug'ilgan qizi Polina va fabrika boshqaruvchisi, kam- 
bag'allashib qolgan graf Ferdinand de M arkandal pyesaning asosiy 
ishtirokchilaridir. Oila oldida bir m uam m o ko'ndalang turib qoladi: 
gap shundaki, Ferdinand va Polina bir-birlarini Romeo va Julyetta 
misol qattiq sevardilar. G eneral de G ranshan murosasiz banapart- 
chi b o iib , burbonlar tarafida xizmat qilgan M arkandalning ashad- 
diy dushm ani bo'lib kelgan. Shu bois Ferdinand o 'z otasi nom ini 
yashirgan holda yuradi. Ferdinand bilan Polinaning sevgisi G ertru- 
daning ham qarshiligiga duch keladi. G ertruda generalga tur­
mushga 
chiqishdan 
aw al 
Ferdinandning 
o'ynashi 
bo'lgan. 
G ertruda generalga turm ushga chiqib, o 'z «qiliqlari»ni davom etti- 
rish m aqsadida F erdinandni fabrikaga chaqirib oladi. Ferdinand bi­
lan Polinaning yaqinligidan rashk o 'tid a yongan G ertruda har ikki 
yoshning o'lim iga sabab bo'ladi.
Balzak « 0 'g a y ona» asarida ham «voqealaming um um iy aso- 
sini» topish, his-kechinm a va voqealam ing tub mohiyatini ochish 
qoidalariga sodiq qoldi. Undagi musibatli voqealar, zodagonlarning 
kam bag'allashuvi, m anfaat yuzasidan nikohga kirish, siyosiy raqo- 
batchilarning olishuvi — bulam ing ban ijtimoiy hayot nobopligi- 
ning oqibatidir.
« 0 'g a y ona» asari 1848-yili «Tarixiy teati>da sahnaga qo'yiladi. 
Bu asar Balzakning boshqa pyesalari orasida eng katta muvaffaqiyat 
qozongan asar bo'lib chiqdi.
Balzak 
voqelikdagi 
qaram a-qarshiliklar 
murakkabligini 
ochishga qaratilgan yangi realistik ijtimoiy dram a turini yaratishga 
ju d a katta hissa qo'shdi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ONORI DE BALZAK (1 7 9 9 -1 8 5 0 -y .)

Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish