PYER BOKAJ  (1799 - 1862-y.) Pyer Bokej




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

PYER BOKAJ 
(1799 - 1862-y.)
Pyer Bokej
kam bag'al ishchi oilasida tavallud topgan. Uning 
m ashaqqatli yoshligi to'quvchilik fabrikasida o'tgan. Bu muhtojlik 
yillari uning xotirasida bir um r m uhrlanib qolgan. Xat-savodi 
chiqishi bilan Bokaj Shekspir asarlari mutolaasiga beriladi, sahnaga 
chiqish ezgu niyati bilan yashaydi. U Parijga yayov kelib Parij 
konservatoriyasiga kirish im tihonlarini topshiradi. Uning bir yo- 
qdan kelishgan tik qaddi-qom ati, qahram onlik rollariga m onand 
o 'tli shijoati va ikkinchi yodan Parij konservatoriyasidek m o'tabar 
dargoh, nufuziga erish tuyuluvchi faqirona kiyimlari im tihon 
hay’ati a ’zolarida hayrat va ajablanish hislarini uyg'otm ay qol- 
m asdi. Bokaj konservatoriyaga qabul qilinsa-da, kamhaijligi tufayli 
o'qishni uzoq davom ettirolm aydi, u xiyobon teatrlari aktyoriga ay-
126


lanadi. Bokaj qanday rol o ‘ynam asin, unda inson baxtiga rahna 
soluvchi zulm -zo'rlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi ayovsiz 
kurash olib boruvchi qahram on qiyofasini yaratishga harakat qiladi. 
U ning qahram onlari — Gyugoning «Marion Delorm* asaridagi 
Didyem i, Pianing «Ango» pyesasidagi Fransisk I ni fosh etgan An- 
gomi yoki Antyening «Jahongashta ayol» melodramasidagi xalq 
qasoskori Qariyami, bularning hammsi ham murosasiz adolat ku- 
rashchilari tarzida nam oyon bo‘lganlar.
Bokaj fransuz sahnasida birinchi bo'lib adolat va haqiqat 
yo'lida kurasha-kurasha fojionona o ‘limga m ahkum etilgan dili 
so‘niq, jafokash rom antik qahram onlar siymosini yaratdi. Dyum a- 
ning «Antion» asarida yaratilgan (1831) sevgi o ‘tida telbalarcha 
azob chekuvchi Antoni shunday qahram onlarning to 'ng'ich i bo'ldi. 
Aktyor o ‘yinida rom antizmga xos bo'rtm a his-ehtiroslar keskin 
tarzda qah-qahadan ingroq-xo'ngrashga, shodlikdan beiloj iztirobga 
ko'chib, o'zaro almashinib, insoniy kechinm alar ko'lam ining yana 
ham kengayishiga olib kelgan edi.
Bokaj ijodining isyonkorona ruhi adolat tantanasiga ishonib, 
o'zi qo'liga qurol bilan ishtirok etgan 184-yilgi inqilobdan keyin 
yanada avjga kiradi. Inqilobdan qutilgan orzu-um idlar puchga 
chiqqan, «Odeon» teatrining rahbari sifatida sahnani rasmiy davlat 
mafkurasiga qarshi minbarga aylantirish harakat qiladi. Tabiiyki, 
siyosiy xatarli teat rahbari hokimiyatga qarshi targ'ibotchi tarzida 
ayblanib tez orada ishdan bo'shatiladi.
Bokaj ijodi yirik iste'd o d sohibining erk hissi, qalb tug'yonlari 
ifodasi bo'lgani holda u o 'sha davr fikri erkparvar kishilarning bay- 
rog'iga aylanadi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish