MARI DORVAL (1 7 9 8 -1 8 4 9 -y .)




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

MARI DORVAL (1 7 9 8 -1 8 4 9 -y .)
Fransiyaning buyuk aktrisasi 
Mari Dorval
nom i shoirona nazo- 
kat, joziba va kechinm a qudratining timsoli bo'lib qolgan. U to ­
m oshabinni larzaga solish sir-sehrini egallagan sahna sohibasi edi. 
K o'rinishdan unchalik ko'zga tashlanmaydigan aktrisa «Komedi 
Fransez» teatrining boshqa hushqom at aktrisalariga o'xsham as edi. 
Kichik jussali, xipcha, yuz ko'rinishida mutanosiblik uncha ham
sezilmaydigan, ovozi bir oz xirillab chiquvchi Mari Dorval, 
G yugoning ta'biri bilan aytganda, «go‘zallikdan yuqori» bo'lib, 
uning jozibasiga tan bermay iloji yo'q edi. Aktrisaning m aftunkor- 
ligi uning his-tyg'ularining favqulodda o 'tk ir ta'sirchanligi, china- 
kam extiros bilan yo'g'rilgan ovoz tuslanishi, turish holati va qo'l
127


ishoralarining betakrorligi bilan izohlanardi. Uning iste'dodi doira­
sida insoniy uqubat, sevgi-sadoqat va qahr-g'azab tuyg'ularini 
ifodalashda shakl va om illam ing cheki yo‘qdek edi. Zo'rlik va no- 
haqlikka qarshi ko'tariluvchi ruhiy shijoatning zaifalik m alohatiga 
m ushtarak kelishi Dorval iste’dodining ayricha belgisi edi.
D orvalning ota-onasi aktyor bo'lishgan, u bolalikdan teatrda 
katta bo'lib, 
eita sahnaga chiqadi. 
1818-yili 
Parijga 
kelib 
konservatoriyaga o'qishga kiradi, lekin tez orada uni tashlab ketadi. 
Dorvalning o ‘ziga xos alohidaligi konservatoriya ta'limiga mos 
tushm aydi. Dorval hayotining tasnifchisi uning konservatoriya 
quchog‘ida o ‘tgan davrini shunday ta'riflagan: «Ana, o ‘sha tabiat va 
o 'z qalbidan saboq olib san'atga yo‘l olgan noziknihol qiz 
konservatoriya professorlari qarshisida turardi. Ko'ngil izmi bilan 
yurgan, turgan qizga endi qadam tashlash, tabassum qilish, nafas 
olish nazariyasi, ya'ni qahr-g'azab, uyat, dahshat, qo'rquv, quvonch 
kabi andozaga kirib qolgan an'anaviy ehtiros mezonlari tizimini 
o'zlashtirish m ashaqqati turardi; qaysi extiros qaysi she'rning 
qayerida tugashi haqida so 'z borardi....»
Dorval eng nufuzli «P ort-S en-M arten» xiyobon teatri artistiga 
aylanadi. 
Unga 
shon-shuhrat 
keltirgan 
jan r 
xazin 
dram a 
(m elodram a) bo'ldi. D yukanjning « 0 'ttiz yil yoxud Qim orbozning 
hayoti* (1827) xazin dramasidagi Ainaliya uning birinchi dovrug'li 
roli edi. Spektaklda Dorval xazin dramaga xos o'gitnam o, obraz 
qambarligi doirasida chinakam insoniylik qadriyatini topa bilish va 
uni jo 'sh q in his-kechinm alar orqali tom oshabinga yetkazish layo- 
qatini namoyish etadi. Aktrisa oilani kafangado qilgan qim orboz eri 
Joij Jerm oni dastidan jigar-bag'ri kuysa-da, zorlanm ay, g'am -alam
o 'tid a yonuvchi, shikasta qalb, oriyatli, andishali ayol obrazina 
yaratadi. U sahnada o 'n olti yoshlik chog'ida paydo bo'lib, pyesa 
oxirida 46 yoshga yetganida ham , m uallif izohicha, uning 
«baxtsizlikdan holi tang qiyofasida beozorlik va toleiga tobelik hissi 
ko'rinib turardi*. Dorval muallifga zid ravishda Amaliyaning Joijga 
em as, balki bolalarga nisbatan m ehr-m uhabbatiga urg'u bergan edi. 
Aktrisa m azkur asarda ilk bor o'zining sevimli onalik mavzuyini 
birinchi o'ringa olib chiqadi. U chinchi parda Dorval uchun asosiy 
sahnaga aylanadi. G 'a m -alam d an ozib, qarib ketgan, sochlari 
to 'z g 'in Amaliya-Dorval ochlikdan toliqib, jo n talvasasiga tush- 
gan bolasi atrofida nim a qilarini bilmay azob chekib depsinar 
edi. Kuya-kuya adoyi-tam om bo'lgan m ushtipar ona m usibatining 
haqqoniy 
ifodalanishi 
tom oshabinlam i 
xayratga 
soldi 
va 
m elodram aning fojia darajasiga chiqishiga olib keldi.
128


Dorval 1831-yili Dyum aning «Antoni» rom antik draniasida 
Adel D' Erve rolini uynaydi. Asarda ikki oshiq-m a’shuqaning ahd- 
paymonlari zo'rlik toshiga urilib, barbod bo'lishi hikoya qilingan. 
Adel — Dorval ulkan va beg'ubor sevgi timsoliga aylangan edi. 
Oxirgi pardada u baxtiqaro sevgilisi hanjari bilan chavoqlanib 
yiqilar ekan, dahshatli holatdan larzaga tushgan tom oshabin xaya- 
jonini bosolmay serrayganicha qotib qoladi.
Dorval o ‘sha yili Gyugoning, «M arion Delorm» dramasida 
M arion rolini o ‘ynaydi. Dorval she’riy asarlarni odatda, ancha qi- 
yinchilik bilan o ‘zlashtirgan, negaki uning she’riyatni o'ziga sing- 
dirishi qiyin kechardi. Shu bois sevgiga sodiq, fidoyi M arion roli 
ustidagi ish unga ayniqsa qadrli edi. Dorval ijodi uchun an'anaviy 
mavzu bo'lgan sevgi orqali ifoda etiluvchi poklanish mavzusi 
M arionda ham o ‘ziga xos jo'shqin kechinmali tarzda namoyon 
bo'ldi.
1835-yili Dorval «Komedi Fransez» teatrida o'zi uchun maxsus 
yozilgan Vinining «Chatterton». asarida Kitti Bell rolini o'ynaydi. 
Kitti-Dorval xudbin, riyokor, daval kishilar orasida begona, o 'z 
yog'ida o'zi qovrilgan g'aribu benavo yolg'iz ayol; yakka-yagona 
quvonchi — uning bolalari. Aktrisa betayanch, tortinchoq, ushoq 
m ushtipar bu juvonning malohati va jo'shqin onalik m ehr- 
shafqatini ajib shoirona qalb tug'yonlari orqali namoyon etgan edi. 
Uning nozik harakatlari, kichik gavdasi, o'ychan katta-katta moviy 
ko'zlari, mayin va siniq ovozida boshdan kechirgan musibatli hayot 
qissasi aks etib turardi. Aynan Kitti Bellga o'xshash bebaxt, 
so'qqabosh shoir C hatterton paydo bo'lib qoladi. Ular yordam 
qo'lini cho'zish bahonasida o'zlari bilmagan holda bir-birlarini 
sevib qolishadi; bu shunday, sevgiki, ularni bitta o'lim gina undan 
xalos, qilishi mumkin. Dorval so'nggi pardada ayniqsa yaxshi 
o'ynagan edi. U fojia sahnasini antiqa bir tarzda kursatish 
maqsadida sahnaga narvon qo'yib berishlarini so'raydi. C hatterton 
zahar ichadi, uning o'lim i aniq: ular dillarini o'rtagan sevgi izhorini 
bayon etishar, so'ng C hatterton «Kittini itarib yuborib, tebranib- 
depsinib 
yuqoriga, 
xonasiga 
ko'tariladi; 
dahshatdan 
hushini 
yo'qotayozgan Kitti uning ortidan ko'tarila boshlaydi, yiqiladi, nar- 
vonga yopishadi, tirm ashadi, yurolmay, changak bo'lib, bexos 
keskin harakat qiladi, oyoqlari ko'ylagiga ilashib, chekkalab qo'llari 
olg'a intilgancha yuqoriga siljiydi, jon-jahdi bilan eshikni o'ziga 
tortadi, eshik ochilganda uning ko'zi jo n talvasasida yotgan 
Chattertonga tushadi, ko'kni qoplagudek dahshatli hayqiriq eshiti- 
ladi. U m rida biror m arta ovoziga zeb bermagan bu beozor xudojo'y
129


ayolning dabdurustdan ko'tarilgan xayqirig‘i uning o'lim dan boshqa 
iloji qolm agan so‘nggi hayqiriq ekani o ‘z -o ‘zidan ayon edi*. Dorval 
yaratgan obrazlar turlicha bo'lib, ulam ing hammasini yovuz 
kuchlar bilan to'qnashuv orqali insoniylik va beg'ubor sevgi- 
sadoqat hislarini tasdiqlash g'oyasi birlashtirib turadi. U sahnada 
bir paytning o'zida oddiy, to 'p o ri va m ardona, mungli va ulug'vor, 
kuchli va kuchsiz b o 'la olar va ham isha o 'z insoniyligi bilan to- 
m oshabinlarini o'ziga m udom m aftun eta olardi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MARI DORVAL (1 7 9 8 -1 8 4 9 -y .)

Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish