S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

FRANSUZ TEATRI
Fransiya XIX asr jahon teatr madaniyati tarixida alohida nufuzli 
o'ringa ega. Fransuz buijua inqilobi fransuz san’ati rivojiga alohida ta’sir 
ko'rsatdi. 1791-yili Ta’sis majlisi teatr haqida alohida dekret qabul qildi. 
Bunga ko'ra fransuz teatrlari orasida hukm surib kelgan imtiyozli va im- 
tiyozsiz teatr degan farqlash maqomlari bekor qilindi, kimki istasa, unga 
teatr ochish huquqi berildi. Shuning natijasida bir yil ichida Parijning 
o'zida o 'n sakkizta yangi teatr ochildi.
Klassitsizm a n ’analari boshqa mamlakatlarga qaraganda F ran- 
siyada chuqur ildiz otgan edi. Bu hoi g'oyaviy maslagidan q a t’i 
nazar rom antiklam i o'zaro birlashib, shu oqim aqidalariga qarshi 
kurashga d a ’vat etdi.
XIX asrning o'rtalarida Balzakning realistik san’ati yuksak na- 
m unalar bera boshlaydi. V. Gyugo, A. D yum a (otasi), A. de Vini 
rom antik dram alarining teatr amaliyoti bilan bog'liqligi 1820— 
1830-yillar Fransiya teatr hayotining m uhim yutuqlariga aylandi.
118


VIKTOR GYUGO (1 8 0 2 -1 8 8 5 -y .)
Viktor Gyugo rom antik teatr olam ida yirik nazariyotchi va 
dram aturg sifatida tanildi. V. Gyugoning allaqachon ona tilimizga 
ag‘darilgan «Xo'rlanganlar», «Dengiz zahmatkashlari», «Kazetta», 
«Gavrosh» kabi asarlari adib hayotligi davridayoq unga katta 
shuhrat keltirgan, xalqlar orasida keng tarqalgan edi
Gyugo N apoleon qo'shinida xizmat qilgan general oilasida 
tug‘ilgan. Gyugoning dunyoqarashi 20-yillar fransuz inqilobiy m u- 
hlti ta ’sirida shakllanadi. Adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ru- 
hida tarbiyalanganidan uning asarlari insonparvarlik g‘oyasini 
ulug‘lash bilan ajralib turadi.
Gyugo, aw alo, rom antizm uslubining nazariyachisi sifatida 
tanildi. Uning ilk «Kromvel» (1827) rom antik dramasida berilgan 
so'zboshi ushbu uslubning tub tamoyillarini asoslash bilan e ’tibor 
topdi. U klassitsizmning san ’atkorni m a’lum qoidalar doirasida 
cheklab q o ‘yishini keskin tanqid ostiga oldi. «Qoida ham yo‘q, na- 
m una ham , - dedi u. — Dram a tabiat aks etadigan ko'zgudir. Le­
kin, agar bu shunchaki usti tekis, silliq oyna bo'lsa, u borliqning 
rang-tusini emas, faqat bemavj surati aksini beradi, xolos. Drama 
shunday yig‘iq ko'zguki, unda chaqin nurga, nur alangaga aylanishi 
kerak». «San’atkor voqealar olam idan go'zalini emas, balki o ‘sha 
voqealarga xosini tanlab oladi», deb ta ’kidladi Gyugo klassitsizm 
aqidasiga sham a qilib.
«Kromvel» asarining so'z boshisida rom antik bo'rtm a (grotesk) 
nazariyasiga alohida o'rin ajratilgan. B o'rtm a m uallif tom onidan 
kuchaytirish, qabartirish m a’nosidagina tushunilmaydi. Gyugo 
bo'rtm adan bir-biriga zid va bir-birini inkor qiluvchi holatlarni 
o'zaro uyg'unlashtirish vositasi sifatida ham foydalandiki, bu voqea 
ko'lam dorligini yana ham bo'rttirib ko'rsatishga imkon yaratdi. 
Hayot rang-barangligi buyuklik va pastkashlik, musibat va kulgi, 
go'zallik va xunuklik uyg'unligidan bunyodga keladi. Gyugo 
san’atda bo'rtm a omilini m ohirona qo'llagan eng nam unali 
san’atkor deb Shekspirni tan oldi. «B o'rtm a har o'rinda o'zini o'zi 
k o 'z -k o 'z qiladi,— deydi V. G yugo,— zero to'pori kimsa o'tli ehti- 
roslardan xoli bo'lm aganidek, ulug'vor zotlar ham pastkashlikka 
boradi, kulgili ahvolga tushish ham hech gap emas. Shu bois bu 
omil sahnada doim o o'zini ko'rsatib turadi: tragediyaga goh kulgi 
baxsh etsa, goh iztirob bag'ishlaydi. Dorifurushning Romeo bilan, 
uch alvastining M akbet bilan, go'rkovning Hamlet bilan antiqa 
uchrashib qolishlari ham shu bo'rtm a vositachiligidandir».
119


Gyugo «Kromvel» asaridagi so'zboshida olg'a surilgan qoi- 
dalarga binoan badiiy nam unalam i yaratishga chog'langan, lekin 
asam ing dram atik tarqoqligi bunga imkon bermagan edi.
G yugoning keyingi «M arion Delorm* (1829) pyesasi rom an- 
tizm tam oyillari tugal va m ohirona nam oyon bo'lgan dram a tarzida 
dunyoga keldi. M azkur asarda saroy aslzodalar jam iyatiga qaram a- 
qarshi qo'yilgan «quyi tabaqa»dan chiqqan rom antik qahram on siy- 
mosi qad ko'tardi. Pyesada nasl-nasabi betayin Didye degan yigit- 
ning M arion Delorm degan qizga bo'lgan m uhabbati va qirollik 
tazyiqiga uchrab maxv bo'lishi haqida hikoya qilingan edi. Voqea 
1638-yili Lyudovik X III saroyida ro'y beradi. Asardagi kuchlar 
rasamati shundayki, qahram onlam ing o'lim idan o'zga chorasi yo'q. 
Didye va M arion Delorm halok b o iad ilar, lekin ulam ing ruhiy 
beg'uborligi, mardligi zulm va zo'rlikka qarshi ezgulik tantanasi 
tarzida nam oyon bo'ladi.
M uallif bosh vazir Reshilye obrazini yaratishda alohida m a- 
horat 
ko'rsatgan. 

biron 
m arta 
tom oshabin 
qarshisida 
ko'rinm aydi, am m o ichdan pishgan, ayyor, yovuz shaxs tarzida 
yaqqol nam oyon bo'ladi. U asarning oxiridagina M arion Didyega 
nisbatan qo'llanilgan o'lim jazosi bekor qilinishini iltijo qilib 
so'raganda, taxtiravon pardasi ortidan uning m ash’um ona «Yo‘q, 
bekor qilinmaydi!* degan dahshatli ovozi eshitiladi.
«M arion Delorm* asari XIX asr lirik she’riyatining ajoyib na- 
munasi sifatida tug'ilgan edi. Gyugoning jonli va shoirona tasviri 
Didye va M arion m uhabbatini tarannum etuvchi ko'tarinki sah- 
nalar bilan ajib uyg'unlik kasb etgan edi.
«Em ani» (1830) Gyugoning sahna yuzini ko'rgan birinchi asari 
bo'ldi. Uni nam unaviy rom antik dram a deyish m um kin. U nda 
erkin sevgi, insoniy qadr-qim m at, or-nom us tuyg'ulari ulug'langan. 
Pyesa- qahram onlari qonli intiqom jazavasiga tushadilar, chin sevgi 
yo'lida jonfidolik ko'rsatadilar; isyonkorlik ohangi asarning bosh 
qahram oni rom antik qasoskor Ernani obrazi orqali ifodalangan. 
Ernanining qirol va o 'rta asrcha qora kuchiar bilan to'qnashuvi 
asarni fojiona nihoyalanishiga olib keladi. Asosiy voqealar xabarchi- 
lar orqali m a ’lum qilinuvchi klassitsistik tragediyaga zid ravishda 
Gyugo dram asida rom antizm talablariga binoan barcha voqealar 
sahnaning o'zida sodir bo'ladi. Bu yerda klassitsizmga xos birlik 
qoidalariga ham rioya qilinmaydi; qahram onlam ing shiddatli his- 
tuyg'ulari klassitsizm dramasining tantanavor jaranglovchi ohang- 
dor nazm iy ifodalaridan o'zining jonli va jo'shqinligi bilan ajralib 
turadi.
120


«Ernani» dramasi 1830-yilning boshlarida «Komedi Fransez» 
teatrida 
sahnaga 
qo'yiladi. 
Spektakl 
«romantizm»ning 
yirik 
g'alabasiga aylandi.
Gyugo ijodining dem okratik ruhi uning «Shohona ishrat», 
(1832), «Ryui Blaz* (1838) asarlarida ayniqsa yaqqol nam oyon 
bo'lgan. «Ryui Blaz» asarida voqea XVII asrda Ispaniyada ro‘y 
beradi. U nda malay Ryui Blazning ayyor va riyokor xojasi qi- 
rolichadan qasos olish payiga tushadi. Shu maqsadda Ryui Blazga 
sayoq bir qarindoshi — don Sezar de Bazan nom ini berib, uning 
qirolicha o'ynashiga aylanishiga erishadi. Ryui Blaz qirolichaning 
jazm aniga aylanib, saroydagi eng nufuzli shaxs darajasiga chiqadi. 
H ukm dorlik sharafiga faqat shu soxta don Sezar de Bazan loyiq 
b o ‘lib chiqadi. M alay ko‘ngli pok inson edi, oilaviy kengashda 
yurtni xonavayron qilgan saroy a ’yonlarini fosh etuvchi so‘z aytadi, 
so'ng o ‘zi zahar ichib nobud bo'ladi; uning nom i ham , qirolicha 
bilan ishqiy m unosabatlar ham sirligicha qoladi.
Pyesada lirik nafosat va shoirona ruh siyosiy hajv bilan uyg'un 
tarzda nam oyon bo'lgan. Pyesada hech vaqosi qolmagan mayxo'r, 
sayoq zodagon don Sezar obrazini kiritish bilan Gyugo unda bi­
rinchi bor rom antizm ning fojeiy hangomabop ohianglarni o'zaro 
uyg'unlashtirish usulidan foydalandi.
O 'zbek sahnasiga Gyugo Respublika yosh tom oshabinlar teatri­
da qo'yilgan «Gavrosh» asari bilan kirib kelgan. 1972-yili uning 
«Qirolning dil xushi» («Shohona ishrat»ning E. Vohidov tom onidan 
ilk 
taijimasi 
shunday 
nomlangan) 
asari 
Andijon 
teatrida 
(rej. R. Hamidov), so'ng televideniyada sahnalashtirildi. Tribute 
rolini Andijonda A. Ibrohimov televideniyada H. Um arov ijro et­
ganlar.

Download 9,43 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish