«D on Karlos* yuksak darajada haqqoniy asar sifatida qabul qi-
linadi.
«Qaroqchilar»ning jasurona g'oyasidan qoyil qoldim ,
«Fiesko» xayratlanarli, lekin shunday salohiyat
sohibining oddiylik
va tabiiylikka yaqinlashuviga doim o shubha qilib kelardim. Lekin
bizning «Karlos» shubham ning asossiz ekanini ko'rsatdi»,-deb
yozdi Shillerga G erm aniyaning ulkan aktyori Shreder. M azkur
pyesada m arkiz Pozadek rom antik qahram on paydo bo'ladi. Shiller
qahram onlari ko'pincha «g'oya jarchi»lari bo'lib kelganlar. Ana shu
jihat m arkiz Pozada boshqa qahram onlarga qaraganda yana ham
quyuqroq aks etgan. U Shilleming XVIII asrdan XVI asrga,
Filipp
II saroyiga jo'natilgan shaxsiy vakili yanglig' zohir bo'ladi.
M arkiz Poza — ilk ma'rifatparvarlik g'oyalarining ifodachisidir.
Lekin b a’zan bu g'oyalar yangichasiga, ulug' fransuz inqilobiga
ham ohang tarzda karomatli g'oyalar tarzida jaranglaydi.
M a’lumki, inqilobning birinchi davrida monarxiyani ag'darib tash-
lasli masalasi qo'yilgan emas.
Ma'rifatparvarlar xalq tashvishini
chekadigan mehr-shafkatli qirol g'oyasini olg'a surganlar. Markiz Poza
(inqilobning dastlabki notiqlari chaqiriqlariga monand tarzda) yakka taxt
sohibi ma’qul, negaki, u o'z taxtida o'tirib, olam rivojini o'z qonuni
bo'yicha
boshqarib turadi, deb hisoblavdi. «Odamlanga erk bering, ey
olampanoh, ular so'zlarini erkin ayta olsinlar», deydi u qirolga qarata.
Lekin shu bilan birga Poza ag 'd ar-to 'n ta r o'zgarishlar qilish ta-
rafdori emas. U zo'ravonlik bilan ozodlikka erishib bo'lm aydi,
ozodlik hadya etilishi kerak, deb hisoblaydi. U «inson o'zini o'zi
topishi kerak» degan fikrga boradi.
Shilleming tarixiy mavzuda yozilgan asarlari orasida «Mariya
Styuart (1800) m a’rifatparvarlik realizmi sohasida erishgan eng yirik
yutug'i bo'ldi. Unda, um um an nemis dramaturgiyasi erishgan yutuqlar
bir nuqtaga jo bo'lgandek uyushiq tarzda namoyon bo'lgan.
Shiller «M ariya Styuart»ni tahliliy dram a deb atagan. Bu ta ’bir
bo'lib o'tgan, endi rivojlanishi lozim bo'lgan voqea pyesaga asos
bo'lganligini
anglatadi.
M uallif
barcha
voqealar
kechimini
ko'rsatm aydi, balki ularning eng qaynoq nuqtalarini chizib tahlil
etadi. Shiller «Shoh Edip»ni shu toifadagi pyesa uchun nam unaviy
asar deb hisoblagan. Lekin, Shiller Sofokl asarining tashqi to -
m onini tiklagan emas. Shilleming antik merosni chuqur o'rganishi
unga yangi toifadagi psixologik fojiani yaratishda yordam berdi.
«Tahliliy drama* ham sahnoboplik va hayotiy haqqoniylik
talablariga javob berishi shart edi. «Mariya Styuart* asari aw al
uzoq davom etgan o'zaro kurash va fitnalardan so'ng Shotlandiya
qirolichasi M ariya Styuartni ingliz qirolichasi Yelizaveta Tyudor
112
asira qilib olishi vaqtidan boshlanadi.
G ap hayot yo m amot ustida
boradi. O 'tgan barcha um r masofasiga teng sanoqli kunlar, balki
soatlar ikki shaxs qismatini hal qilayotgan edi.
Yelizavetaning taxt sohibasi bo'lib qolishi om onat bir gap: u
millatning chin g'am guzori, tayanchi bo'la oladimi? Uning taqdiri
shunga bog'liq. Shu bois Shiller Yelizavetani ikki xil qiyofada
ko'rsatadi. Shiller tasvirida u qirolicha sifatida millat fazilatining
timsoli, lekin ayol qiyofasida esa shafqatsiz, riyokor zotdir.
Mariya o'zgacha obraz. Mariya
Styuart asli tarixda qora
kuchlarning tayanchi bo'lib kelgan. Uning ingliz taxtiga chiqishini
butun O vro'po mutaassiblari intiqlik bilan kutgan edilar. Shiller
Mariyani ham ikki qiyofada ko'rsatadi. M uallif M ariyaning jinoyat-
larini yashirmaydi, lekin uni hukmdorlik martabasi buzganini ham
ko'rsatib o'tadi. Hibsda o'tgan oylar Mariya uchun poklanish davri
bo'ladi. U shu chor devor ichida hukm dor sifatida emas, oddiy in
son nigohi bilan qarashga o'rganadi, g'am -alam
nim a ekanini his
qiladi. Qatl onlari yaqinlashgan sari, Mariyada ruhiy komillik yeti-
lib boraveradi. U taqdiri azaldan nola chekib, J'alakka iltijo qiladi.
U um r bo'yi azob-uqubatlar to'fonida toblanib, gunohi to'kilib,
o'zini-o'zi topishga chog'lanib turgandek bo'ladi.
«Mariya Styuart» Shillerning psixologik dram a sohasidagi eng
yirik yutug'i bo'ldi. Ushbu asari ustidagi ishlari yakunlanar ekan,
nomi yetti iqlimga ketgan dramaturg: «Nihoyat, dramaturgiyaning
tub mohiyati
nim a ekanini anglay boshladim, kasb ko'nikmasini
egallay boshladim», deyishga jazm etadi.
Lekin uning umr shamidan ozgina qismi qolgan edi. Yangi asr
boshlarida Ovro'poda uning o'lgani haqida ora-sira mish-mishlar
eshitilib turadi. Uning 1805-yil 9-mayda vafot etgani rost bo'lib chiqadi.
Nem is m a’rifatparvarlik dramaturgiyasining o'zbek teatri tari-
xida sezilarli o'rni bor: o'zbek sahnasida G 'a rb dramaturgiyasidan
sahnalashtirilgan birinchi asar Shillerning «Makr va muhabbat»
(1921) tragediyasi bo'ldi. «Qaroqchilar» ham ayni shu davrda
qo'yildi va bu ikki asar bir necha bor qayta-qayta talqin etilib,
ko'plab o'zbek aktyorlarining ijodiy kamolotida m a’lum o'rin oldi.
G yotening m ashhur «Faust» asari Erkin
Vohidov tom onidan tar-
jim a qilinishi ham o'zbek kitobxonida nemis m um toz adabiyotiga
nisbatan katta qiziqish uyg'otdi.
113