S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

GYOTE (1749—1832-y.)
Yogann Volfgang G yote Frankfurt-M aynda boy oilada tavallud 
topgan Gyotening otasi huquq doktori bo ‘lib, ota-bobolaridan 
meros qolgan sarmoyadan tushuvchi foiz hisobiga yashagan va 
o ‘g‘lining tarbiyasi bilan shug'ullangan.
Gyote oilada juda yaxshi tarbiya ko‘radi, so'ng Leypsig va 
Strasburg universitetlarida tahsilni davom ettiradi. Gyote bolaligi- 
dan teatrga ishqiboz bo‘lib yashagan. Teatrga borish uning o'quv 
jadvaliga kiritilgan edi. Uning yoshlikdan o ‘zini dramaturgiyada si- 
nab ko‘rishi ajablanarli emas. U m ashhur bo'lib ketgan «Gyots fon 
Berlixingen* (1773) nom li birinchi pyesasini Strasburgda yozdi. Bu 
xalq hayotiga bag‘ishlangan birinchi nemis tarixiy dramasi bo'lib, u 
yangi adabiyotni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Asar 
oilaviy-maishiy mojaro emas, balki to 'g 'rid a n -to 'g 'ri ijtimoiy-siyo- 
siy to'qnashuv asosiga qurilgan edi.
Asardagi voqea XVI asr D ehqonlar urushi davrida sodir 
bo'ladi. Uning m arkazida tarixiy shaxs obrazi turadi. Gyote Volter 
va boshqa m a’rifatparvarlardan farqli o'laroq tarixga haqqoniy 
qarashga harakat qildi. Gyote zamonaga qandaydir «sha’ma» qilish 
m a’nosida tarixga murojaat qilgan emas. Tarix uning uchun jaddiy 
tadqiqot manbayidir. Tarixni zamonga xizmat qildirish vazifasini 
esa Gyote ikki davr uchun um um iy m uam m oni olg'a surish orqali 
amalga oshiradi. Shu bilan u m uam m oning zam on uchun dolzarb- 
ligini tarixiy m antiq asosida tasdiq etib beradi.
107


Gyote o 'z umidini bosh qahram on bilan bog'laydi. G yots mi- 
solida parokandalik vaziyatida ham o'zini yo'qotm ay, ikkinlanmay, 
o 'z e ’tiqodi va idealiga sodiq qola oluvchi shaxs siymosini 
ko'rgandek bo'ladi. Gyote murosasizlikni emas, balki kurashish 
g'oyasini olg'a surgan. H atto, kutilgan natijani bermagan kurash ham 
foydali, zero u insoniy qadriyatlami himoya qilishga qaratilgan 
bo'ladi. Shu sababli ham G yote Gyotsning jasoratini kelajak avlodlar 
uchun nam una deb hisoblaydi. «Seni rad etgan zamonga xayf» deydi 
Gyots haqida uning o'lim i chog'ida asar qahram onlaridan biri.
Tarixiy mavzudagi keyingi «Egmont» (1775) asarida ispan 
hukmiga qarshi kurashgan nedirlandlar sardori graf Egm ont ispan 
noibi gersog Alba tom onidan qatl etilishi hikoya qilingan. 
Shahzoda Oranskiy Albaning taklifini rad etib, o 'lim dan qo'rqib 
uning huzuriga borm ay, o'zini chetga oladi, Egm ont esa kelishuv 
yo'li bilan ispan zultnidan ozod bo'lish m um kin deya o'zini 
o'lim ga giriftor etadi. Oranskiy zarurat tufayli yurtini tark etgan, 
ziyrak siyosatchi, Egmont esa buning aksi, o'zini o'zi qo'lga tu- 
shirib beradi. Lekin asam ing qahram oni Oranskiy em as, balki Eg­
m ont. Egm ont o 'z e ’tiqodi yo'lida halok bo'lish bilan o'zining yuk­
sak insoniylik sha’nini ko'rsatadi. Bu yerda G yotening insonparvar- 
ligi nam oyon bo'lgan. Egmont xalqqa nam una b o 'la oladigan 
m a’naviy barkamol qahram on tarzida ko'rinadi.
G yote «Ifigeni Tavridada» (1779), «Torkvato Tasso» (1790) kabi 
tragediyalar yozadi. Lekin uning «Faust» tragediyasi jahon adabiyoti 
xazinasiga qo'shilgan bebaho hissa bo'ldi. Gyote bu asar ustida yet- 
mish yil davomida goh to'xtab, goh davom ettirib ish olib borgan. 
Gyote bu asarda m a’rifatparvarlikning tub m a’no va mohiyati inson- 
ning olam aro muloqoti, tabiat sirlarini anglash va shu cheksiz 
m o'jizalar xilqatida o 'z o'rnini topishida ekanini ifoda etib berdi.
O 'rta asrlarda G erm aniyada Faust degan darveshsifat bir tabib 
o'tganligi haqida rivoyatlar to'qilgan. Shulardan biri M arloning 
«Faustning fojiali tarixi» tragediyasiga asos bo'lgan edi. G yote trage­
diyasida Faust qartaygan holatda shayton Mefistofelni uchratishi va 
o'zaro shartnom a tuzishlari bilan voqea avj oladi. Shartnoinaga ko'ra 
Mefistofel Faustni yoshartiradi, Faust umrining qaysidir pallasida 
hayotdan qoniqish hosil qilganini bayon etgan paytda, shayton unga 
egalik qilish, ya’ni o'ldirish huquqiga ega bo'ladi. Shayton Faust totli 
hissiy damlarni tortiq etish bilan Faustni qo'lga tushirmoqchi 
bo'ladi: go'zal Gretxen bilan uchrashtiradi, davlat ishlarida lavozim- 
lar bilan siylaydi. Lekin birortasi Faustning ko'ngliga taskin berol- 
maydi. Unga hayotning m a’nosi nimada ekani noaniq bo'lib qolav-
108


eradi. Fojianing oxiridagina u hayotning m a’nosi erk uchun ku- 
rashish ekanini anglay boshlaydi. So‘nggi lavha: dengiz qa’ridan 
ajratib olingan dala, Faust yer ag'darish bilan band, qartayib qolgan 
bo‘lsa-da, u juda osuda va m ainnun, bu keng olamda o'zini endi 
topgandek edi. «Shoshma, e ko'hli fursati zamon*, deya xitob qiladi
u. Shu zaylda shart buziladi. Mefistofel uning jonini oladi. Lekin 
shayton endi inson ruhining nechog'li ulug'vor ekanligini isbot et- 
ishga ulgura olgan Faustga ega bo‘la oldi, xolos.
«Faust» falsafiy teran asar bo'lish bilan birga hayotiy haqqoniy 
asar hamdir. G yotening aynan «Faust» asari M a’rifatparvarlik rea- 
lizmining eng ulkan muvaffaqiyati hisoblanadi. Bu asar XVIII va
XIX asrlar adabiyotini bir-biri bilan bog‘ladi va ayni zam onda o ‘z 
davrinigina emas, um um an, yangi zam on poeziyasining eng yirik 
yodgorligi bo'lib qoldi.
G yote dramaturggina emas, shu bilan birga, teatr san’atining 
yirik arbobi ham edi. 1791-yildan 1817-yilga qadar u Veymar saroy 
teatriga rahbarlik qiladi, o 'z teatr inaktabini yaratadi.
FRIDRIX S H IL L E R (1 7 5 9 -1 8 0 5 -y .)
Yogann Kristofor Fridrix Shiller Vyunemberg gersogligining 
Marbax shahrida zobit oilasida tavallud topgan. Yoshligidan uni gersog 
Karl Yevgeniyning yopiq harbiy bilim yurtiga o'qisliga beradilar. Bu 
yer — o'quv maskanini emas, qamoqxonani eslatardi. Talabalar ota- 
onalari bilan ham nazoratchining kuzatuvi ostida uchrashardilar.
Shiller o'zining «Qaroqchilar» deb atalgan birinchi pyesasini 
shu yerda 19—20 yoshida yozgan. Asar qo'shni Mangeym gersog- 
ligida qo'yiladi (1781). Shillerni badiiy ijodga qo'l urganlikda ayb- 
lab, Karl Yevgeniy avaxtaga tashlaydi, jazodan qutilgach, u bir um - 
rga Vyurtembergdan chiqib ketadi. T a’qib-tazyiqlar ostida uning 
keyingi «M akr va muhabbat» (1783), «Fiyesko fitnasi» (1784) pye- 
salari yaratiladi.
Shiller Leypsig, Drezdenda yashaydi, umrining so'nggi davrini 
Veymarda Gyote bilan ijodiy ham korlikda o'tkazgan. U tarixni 
o'rganishga beriladi, lyen dorilfununining professori unvoniga sa- 
zovor bo'ladi. Tarixiy mavzularda «Don Karlos», o 'ttiz yillik ta- 
rixidan «Vallenshteyn haqida trilogiya, «Orlean qizi», «Vilgelm 
Tell», «Mariya Styuart» tarixiy dramalarini yaratadi.
«Qaroqchilar» Shillerning birinchi asari bo ‘lsa-da, aka-uka 
Karl M oor va Frans M oor orasidagi to'qnashuvni yovuzlik bilan 
ezgulik orasidagi kurash tarzida um um lashtirish orqali um um -
109


insoniy ideallar m adhiga aylangan tragediya tarzida dunyoga 
chiqdi. 
Riyokor 
Fransning 
ig'volari 
tufayli 
Karl 
otasining 
qarg'ishiga uchrab, merosdan m ahrum etiladi, so‘ng qaroqchilar 
safiga q o ‘shilib, ularning boshlig'iga aylanadi. M a’rifatparvarlik ru- 
hidagi aka-uka to ‘qnashuviga asoslangan asarlarda aka-uka orasi­
dagi m ojaro oila doirasida boshlanib shu yerda yakunini topgan 
bo'lsa, Shiller bu mojaroni shekspirona usulda tahlil etadi. Bu 
yerda aka-uka orasidagi to'qnashuv «Qirol Lir»dagidek keng 
miqyosda ko'zdan kechirilgan. Shiller o 'z asarida obrazlarga keng- 
roq ijtim oiy m a ’no beradi. Frans, masalan ochiqdan-ochiq feodal 
tartib him oyachisi tarzida ko‘rinadi; o ‘z maqsadi yo'lida eng yovu- 
zona usullarni ishga soladi. Vakil orqali Karlni o ‘ldi, deb ishonti- 
rish uchun uni otasining oldiga yoilaydi, joni chiqm agan otani, 
o id i deb sag‘anaga oborib tashlatadi, turli ig'volar bilan Karlning 
sevgilisi Amaliyaga egalik qilmoqchi bo'ladi.
Karl M oor adolatsiz kimsalardan qasos olish uchun qaroq- 
chilarga qo'shiladi. Lekin uning sheriklari davlatm and kishilar qa- 
tori kam bag'allam i ham talaydi, bolalar va xotin-qizlarni ham
qilichdan o'tkazadi. Karl adolatni tiklash o'rniga, aksincha adolat- 
sizlikni kuchaytirib yuboradi. Buni m ard, adolatparvar Karl 
anglaydi, o 'zini qonun hukmiga topshirishga majbur bo'ladi. Q a­
roqchilar to'dasi Karl oldidagina burchdor b o im a y , Karl ham 
to 'd a oldida burchdor edi. Bu bosqinchi kazzoblar to'dasiga Karlga 
xos bo'lgan oliyjanoblik yot edi. Karl o 'z sevgilisi Amaliyani ular­
ning k o'z o'n gida chavoqlab o'ldiradi va shu hisobiga to'dadan
ajraydi va o'zini ham qonun jazosiga m ahkum etadi.
«M akr va muhabbat» tragediyasida zamonaviy voqea, zam ona- 
viy ijtim oiy m uhit doirasida insoniy siymolar chizilgan. Pyesa 
m arkazida kam bag'al sozanda Millerning qizi Luizaning zodagon 
Ferdinandga bo'lgan sevgi tarixi turadi. Ferdinand otasi fon Val- 
tem ing istagicha grafning o'ynashi bo'lib kelgan suyuq'oyoq Mil­
ford xonim ga uylanishi kerak. Bu fon Valtem ing graf oldidagi 
nufuzini oshirib, m ansabida qolishiga sabab bo'lardi. Lekin Ferdi­
nand M ilfordga uylanishdan bosh tortadi. Shunda fon Valtem ing 
kotibi Vurm Luizaga Ferdinandni sevmasligi haqida xat yozdiradi. 
X atdan xabarbor bo'lgan F erdinand oxiri Luizaning uyiga kelib, 
so'nggi bor sevgilisi bilan uchrashib, o'zi zahar ichadi, sevgilisiga 
ham zahar ichiradi. O 'lim i chog'ida Luiza Ferdinandga uning ota­
sining zo 'ri tufayli xat yozganligi, aks holda qari otasi qam ab 
qo'yilishini va ham on Ferdinandni sevishini aytadi.
110


Mazkur tragediyada qahramonlar hayotiyligi bilan ajralib turadi. 
Luiza m a’naviy boy sevgi egasi tarzida ko'rinadi. U sevgilisi visoliga 
yetish uchun kurashadi, azob chekadi, lekin qabihona muhitning qur- 
boniga aylanadi. Luizaning otasi Miller o 'z mehnati bilan kun 
ko'ruvchi o 'rta hoi tabaqaning vakili, qizi Luizaga o'ta, mehribon ota, 
oddiy inson tarzida umumlashtirilgan. Bu inson timsolida jabr- 
zulmdan kalovlab qolgan jonsarak insonlar taqdiri umumlashgan.
F erdinand kishilarning shunday yangi bo'g'iniga mansubki, u 
o'zaro tenglik, sevgi-sadoqat g'oyalarini tasdiq etishga qodir 
shaxsdir. Ferdinand m a’rifatparvarlik dramasining boshqa qah- 
ramonlartga qaraganda ijtimoiy qabohat nim a ekanini chuqurroq 
his etadi va yovuzlikka qarshi m ardonavor kurash boshlaydi. U 
chekinish, ikkilanish nim a ekanini bilmaydigan qahram on.
Lekin shu bilan birga, Shiller mavjud hayotiy borliqdan chekin- 
maydi; sevgi mojarosini «g‘oyibdan keluvchi» baxt tarzida chizmaydi. 
Ikki sevishganning qarashlari turlichadir. Luizaning xatti-harakati 
vaqti kelib Ferdinand uchun um um an tushinarsiz bo'lib qoladi. 
Luiza nega sevgilisi bilan birga qochib ketishdan bosh tortdi? Ferdi­
nand buning sababini tushunishga qodir emas. Ana shu o'zaro mo- 
jaro va tushunmovchilik har ikkala oshiq-m a’shuqani o'limga olib 
keladi. Ferdinand o'zining hayot-mamoti deb bilgan Luizaga ishon- 
may qo'yadi va natijada, unga o'lim dan boshqa chora qolmaydi.
Tragediyada «oiIaviy fojia» ijtimoiy m a’no ko'lam i kengligidan 
ijtimoiy fojia darajasiga ko'tariladi. Shu bilan birga, Ferdinand ijti­
moiy manfaat yo'lida emas, balki o 'z baxt-saodati deya kurashadi. 
Lining noroziligi yovuz kimsalarga qarshi qaratilgan norozilikdir.
Q ahram onlar pokiza axloq deya uzlarini jabr-zulm tig'iga 
uradilar; ularning vijdon va axloq pokligi yo'lidagi kurashlari ki- 
shilarni erkparvarlik ruhida tarbiya etib boradi. Lekin 80-yillarga 
kelib, bu usul urnini yovuzlikka ochiqdan-ochiq qarshi kurashish 
shakli egallaydi.
«Makr va muhabbatodan so'ng ezilgan 

Download 9,43 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish