4.
Atoqli fransuz aktyori Leken tragediya ijrochiligida qanday
yangi tamoyillarga asos solgan? M. Dyum enil va I. Kleron ijro
yo'llarining bir-biridan farqi nim ada?
ITALIYA TEATRI
Del arte komediyasi yagona teatr turi sifatida xalq orasida ya-
shab kelgani holda Italiyada adabiy dramaga asoslangan teatr
yaratilm adi. M a’rifatparvarlik davri shunday
teatr yaratilishi zarur-
ligini taqozo etdi. M a’lumki, del arte komediyasi (niqoblar ko
mediyasi) badiha asosiga qurilgan teatr bo‘lib, unda m ahorati ada
biy dram aga m oslanm agan aktyorlar faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ital
yan m a’rifatparvarlari oldida yagona adabiy tilga asoslangan dram a
turini yaratish vazifasi ko‘ndalang b o ‘lib turardi. Bu vazifa italyan
teatrini tubdan isloh qilish orqali amalga oshirilishi m um kin edi.
Atoqli italyan dramaturgi Karlo G oldoni butun faoliyatini shu vazi-
fani ado etishga qaratdi.
KARLO GOLDONI (1 7 0 7 -1 7 9 3 -y .)
Karlo G oldoni Venetsiyada doktor oilasida tug'ilgan, teatrga
juda ishqiboz bu oilada G oldoni ham bolaligidan havaskorlik spek-
takllarida rollar o'ynab, kelajagi teatr bilan bog'liq bo'lishini belgi
lab olgan edi. O ta-onalari uning advokat bo'lishini istardilar,
shunga ko‘ra u Peduan universitetida tahsil ko'radi, m a’lum vaqt
oqlovchi bo'lib ishlaydi. 1734-yili Venetsiya teatr truppasiga pye-
salar yoza boshlab, shu bo'yi hayotini
butkul badiiy ijodga
bag'ishlaydi.
Aktyorlarda adabiy dram a ijrochiligi bo'yicha ko'nikm a hosil
qilish orqali del arte komediyasini isloh qilish m um kin edi. Bosh-
lanishda G oldoni aktyorlarga odatdagidek senariylar yozdi, 1738-
yili «Dunyoviy kishi yohud M am olo jam oa yuragi* degan pyesada
birgina rol uchun m atn yozadi va aktyorlar bilan ishlab, m atn
ustida aw ald an 'ish lab sahnaga chiqish badiha usulidan afzal
ekanligini am alda isbotlab beradi. G oldoni o 'z islohotida del arte
komediyasiga xos sahnaboblik jihatilarini saqlab qoladi. Xususan,
mjoro tuzish, holatlarini keskinlashtirish
usullarini adabiy dramaga
olib kirdi, lekin lof,— bo'rttirishlardan voz kechdi. N atijada, in
soniy m unosabatlarning tub m a ’nosini anglatish G oldoni pye-
salarining asosiy fazilatiga aylandi.
100
G oldoni o 'z komediyalarini «xulq-atvor komediyasi» deyish
o 'm ig a b a’zan m uhit komediyasi yoki jam oa komediyasi deb ata-
gan. Bu o'ziga xos atam alarning mohiyati xalq hayotini keng tasvir-
lash, turli tabaqa kishilariga xos xususiyatlarni ochishdan iborat
yagona ijodiy intilishning ifodasi edi. Bu toifadagi komediyalarda
G oldonining
fikricha, bosh qahram onlar boim asligi kerak. Dram a-
turgning vazifasi, uningcha, haqqoniy um um iy ijtimoiy muhit m an-
zarasini yaratishdan iboratdir.
G oldoni «jamoa komediyasi* talablariga amal qilgan holda
shahar turm ush m anzaralari, turli ijtimoiy tabaqalar hayotining
kashfiyotchisi sifatida ko'rindi. «Qahvaxona», «Yangi uy» (1760),
«Kiojiliklar hangomasi (1762), «Yelpig‘ich» (1763) va boshqa pye-
salar
shular jum lasidandir.
«Kiojiliklar
hangomasi*
ayniqsa
qiziqarli. O 'sha davrda birorta dramaturg «quyi*
tabaqa kishilari
hayotini shu darajada yorqin ifoda etmagan. Bu baliqchilar hayoti-
dan olingan xushchaqchaq komediyadir.
G oldoni «jamoa komediyasi»ga kelish bo'sag'asida «Ikki boyga
bir malay* (senariysini 1745-yili, to 'la matnini 1749-yili yozgan)
degan ilk pyesasida birinchi bor turlicha insoniy timsollarni
yaratishga harakat qilgan. U nda voqea o 'ta tig'iz o'sib boradi:
Klarichaning otasi bo'lg'usi kuyov Rasponi o'ldi, deb xabar top-
gach, o 'z qizini sevgilisi Silvioga berishga qaror qiladi. Kutilma-
ganda Rasponi qiyofali yigit, aslida Rasponining singlisi Beatricha,
Pantalonedan va’da qilingani — qizini berishini talab etadi. Shu
zaylda Klaricha Beatrichaning yigit emasligini bilolmay, uzoq
m uddat
aziyat chekadi, Silvio Rasponi (Beatricha) bilan duelga
chiqadi, oxiri xizm atkor Truffaldino yordamida Beatricha o'zi qi-
dirib yurgan sevgilisi Flarindo bilan uchrashadi.
«M ehm onxona bekasi* (1753) komediyasida G oldonining ko'p
qirrali obraz yaratish niyati M irandolina obrazi orqali ro'yobga
chiqqan. U nda shunday voqea hikoya qilingan: kichik bir m eh-
m onxonaga joylashgan uch zodagon uning egasi M irandolinani
sevib qolishgan; m arkiz Forlipopoli: «M en uni yaxshi ko'rganim
uchun turibm an*, desa, graf d ’Albaforita: «Men nega Florensiyaga
keldim, m ehm onxonada nim a qilib yuribman*, deya M irandolinani
undan ham yaxshi ko'rishini uqdirm oqchi bo'ladi. Kavaler de Rip-
pafratta ayol zotini um um an sevmaydigan kishi bo'lsa-da, u ham
oxiri M irandolinani sevib qoldi. M irandolina
oxiri m ehm onxona
xizmatchisi Fabritsioni sevishini aytib uch zodagonni dog'da
qoldiradi. M irandolina o 'z qadrini oyoq osti qilmaydigan jasur,
om ilkor, dilbar qiz tarzida nam oyon bo'lgan.
101
G oldoni
kishilaming
fe’l-atvorini
darhol
ilg'ab,
badbin,
nom aqbul harakat va qiliqlarini beayov kulgi va hajv ostiga olar edi.
Uning ijodida ayniqsa dvoryanlar tabaqasi hayoti kulgiga aylandi.
Hayotda o ‘z ustunligini boy berishdan qo‘rqib, eski imtiyoz va aqi-
dalarga yopishib olgan oqsuyaklar uning asarlarida keskin fosh etildi.
Goldoni o ‘z ijodi davomida 267 ta pyesa yozgan bo‘lib, shular-
dan 155 tasi komediya, qolganlari tragediya, tragikomediya va
boshqa jan r asarlaridir. U yaratgan xulq-atvor komediyasi XVIII asr-
ning o ‘rtasida noyob badiiy hodisaga aylandi. G oldonini umum
Ovro'po miqyosida tan olinishimng sabablaridan biri ham shundadir.
G oldoni asarlari o ‘z sahnabopligi
va um um insoniy m azm unga
egaligi bilan dunyo teatrlarida nufuzli o 'rin tutib keldi. Ilk bor
1927-yili o ‘zbek sahnasida qo'yilgan «Ikki boyga bir malay»
(C ho'lpon tarjimasi) Respublikamizda keng tarqalgan asarlardan
biri bo'ldi. 1934-yili H am za nom li akademik drama teatrida «M eh-
m onxona bekasi» asari qo'yiladi, M irandolina rolini S. Eshon-
to ‘rayeva m ahorat bilan ijro etadi.
K. G oldoni ijodi avjga chiqqan bir paytda italyan dram aturgi-
yasida yangi nom paydo bo'ladi. Bu Karlo G o ‘tssi edi. 1721-yili
Venetsiya teatrida uning «Uch apelsinga sevgi» degan fiyabi (teatr
ertagi) katta muvaffaqiyat bilan ko'rsatiladi. 1762-yili G o ‘tssining
«Malikai Turandot» fiyabi yanada shov-shuvli muvaffaqiyat qozo-
nadi. Bular tom oshabinlarning G o'tssi tom oniga o ‘tib ketishi va
G oldoni teatri nufuzining tushib ketishiga sabab bo'ladi. Parijdagi
Italiya Komediyasi teatrida dram aturg bo'lib xizmat qilish haqidagi
taklifga binoan G oldoni 1762-yili Venetsiyani bir umrga tark etadi.