«Seviliya sartaroshi* asarida muallif hujum nishini qirollik sal-
tanatiga qarshi qaratgan edi. Bomarshe nobop tuzumga nisbatan umr
bo‘yi shuuri va qalbida yig'ilgan achchiq gaplami sahnaga olib chiqqan
edi. Bu asarda bosh qahramon sifatida ko'rinuvchi Figaro o 'z manfaati
uchun emas, graf Almaviva mushkulini oson qilish yo'lida kurashadi:
uquvsiz yosh graf go'zal Rozinani qattiq sevadi, lekin o'ziga nisbatan
unda moyillik uyg'otolmaydi., iztirob chekadi, chora izlaydi.
Shunday
vaziyatda paydo bo'lib qolgan sobiq xizmatkori Figaro yana qayta
uning xizmatiga kirib oraga tushadi, o'zi uylanmoqchi bo'lib tarbi-
yasiga olgan qari Bartolo hukmidan Rozinani ozod etib, oxiri noshud
xo'jayiniga olib beradi. Asaming yangiligi unda Figaro obrazini
yangicha ruhda ekanida edi. Awallari xizmatkorlar ayyorlik, ucharlik
bilan yuqori tabaqa kishilarini dog'da qoldiruvchi
obrazlar tarzida
ko'rinar edi. Bu yerda Figaro o'zining o'tkir aql-idroki, omilkorligi bi
lan zodagoniarga to'g'ridan-to'g'ri duch keladi va ulardan har jihatdan
qolishmasligini ko'rsatadi. Yana muhimi, pyesada tabaqaviy qarama-
qarshilikka uncha e’tibor berilmagan. Qahramonlar qaysi tabaqaga
taalluqliligi bilan emas, dunyoqarashlarining turlichaligi bilan bir-
birlaridan farqlanib turadilar. Bu yerda graf Almaviva aslzodalik rut-
basini ro'kach qilmay,
Figaro qatorida turib, o 'z tabaqadoshi burjua
Bartolo va Bazillarga qarshi kurashuvchi soddadil, xushchaqchaq kishi
tarzida ko'rinadi.
«Figaroning uylanishi» asarida graf Figaroning raqibi sifatida
ko'rinadi: u Figaro uylanm oqchi bo'lgan qaylig'i Syuzanna bilan
to'yoldi birinchi tunni o'tkazish payida o 'z xizmatkori bilan
to'qnashuvga kiradi. Figaro esa zinokor graf Almaviva va Syuzan-
naga oshiq aslzoda Kerubino
intilishlirini bartaraf etib, o 'z m urod-
maqsadiga erishadi.
Figaro asam ing bu qismida shafqat talab kishi emas, u dadil
tortishadi, olishadi va haqini qo'ldan boy bermaydi. Uning achchiq
asosli so'zlari butun hukm dorlar saltanatiga qaratilgan ta ’nalar tar
zida jaranglaydi. Bomarshe Figaro obrazi bilan o 'z ijodining hayot-
ga naqadar yaqinligini namoyish etdi.
1792-yili Bomarshe trilogiyaning «Jinoyatchi ona» degan oxirgi
qismini yozadi. Lekin bu dramaturgning aw algi g'oyalaridan cheki-
nishidan o'zga ish bo'lm adi.