talabi bilan omixtalashib ketgan edi. Aql-idrok hissiyotini boshqar-
gan bo'lsa, hissiyot sovuq aqlga iliqlik, teranlik baxsh etgan. Realist
m a’rifatparvarlar aynan shunday aql va hissiyot mushtarakligini ta-
lab etganlar.
D ruri-Leyn teatri repertuari asosini Shekspir asarlari tashkil et
gan edi. Garrik o'zining
sahnaviy obrazlari, spektakllari bilan Sheks-
pim i m a’rifatparvarlar uchun zamondoshga aylantirdi, uni inson
qalbining xassos bilmdoni va buyuk realist sifatida ko'rsatadi.
M a’rifatparvarlik davri kishilari uchun Shekspir asarlaridagi
voqealar haddan ziyod darajada dahshatli, murosasiz bo'lib tuyuldi.
Shu bois Shekspir asarlari yaxshilikning yomonlik ustidan g'alaba
qilishi m a’nosida qayta ishlandi. Masalan, G arrik talqinida Lir va
Ofeliya tirik qoladi va qirol hokimiyatga yana qaytariladi; Hamlet
ham o'ldirilmaydi.
G arrik
ijodida Richard III, Qirol Lir va Hamlet rollari,
ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'lgan. Richard III roli realistik
ijroning birinchi yirik yutug'i tarzida dunyoga kelgan edi. «U shu
qadar boy, jo'shqin tasaw u r og'ushida yashaydiki, butkul o 'z qah-
ramoni qiyofasiga kirib olgandek edi. Biror so'z aytm asdanoq,
uning o'zgaruvchan yuz-bastidan, ko'z qarashlaridan vujudida ke-
chm ish his-ehtiros tuslanishlarini uqib olish mum kin edi» deb
yozdi zam ondoshlaridan biri. Richard qarshisida uning qilichidan
shahid ketgan begunoh kishilarning arvohlari paydo bo'ladigan
sahna, ayniqsa muvaffaqiyatli chiqqan edi.
G arrikning Hamleti yana ham xayratlanarli edi. Aktyor dard-
alam lardan azobda qolgan m ardonavor kishi siymosini yaratdi.
Hamlet deyarli har bir sahnada ajib sahnaviy shakllar orqali jo'shib
turuvchi va ba’zan butkul bir-biriga zid his-tuyg'ular
hukmi ostida
ko 'rinar edi. Masalan, otasining arvohi bilan uchrashuv sahnasida
H am let, bir tom ondan, otasiga bo'lgan m ehr tuyg'usi va ikkinchi
yoqdan, arvoh qarshisidagi vahima, qo'rquv hissidan yurakni ezuv-
chi m udhish bir holatda ko'rinadi. U do'stlarining qattiq tutib tur-
gan qo'Ilaridan zo'rlik bilan chiqib, arvoh tom onga otiladi: arvohni
uzoqlashishga
ishora qiladi, so'ng qilichini yuqoriga ko'targancha,
goh sakrab-sakrab yurib, goh to'xtab, u tom onga yaqinlashadi.
Onasi bilan uchrashuv sahnasida uni ham g'am -iztirob, ham qahr-
g'azab tuyg'ulari chulg'aydi. Bu sahnalardan tom oshabin diliga
uriluvchi his-kechinm a epkinlari o'sha davr kishilarining birining
ta ’biri bilan aytganda, «Nafas oldirmas darajada ustma-ust tushgan
kaltakni eslatadi*.
89
G arrik trgediyada ham , kom ediyada ham bir xil darajada m u-
vaffaqiyat qozongan.
Eng m uhim i, turli toifadagi rollarda chiqish
san ’atkor is'tedodining barcha jihatlari ochilishiga olib kelgan.
Rejissura sohasidagi islohotni G arrik 1747-yili tom oshabinlar-
ning sahna atrofida o'tirish tartibini bekor qilishdan boshladi. Klas
sitsizm ruhidagi spektaklda tom oshabinning sahna atrofida joy-
lashuvi aktyorlatga unchalik xalaqit bermas edi. G arrik sahna
b o ‘shlig‘idan kengroq foydalanishni ko'zlaydi. 1765-yili sahna ich-
karisida p arda-to‘siqlar (ram palar) o ‘rnatilishi ham shu intilishning
natijasi edi. G arrik o ‘z teatriga atoqli fransuz va ingliz rassomlarini
taklif etadi, libos sohasida ham islohotlar o ‘tkazadi.
G arrik aktyor bilan ishlash borasida qator yangiliklami joriy
etadi. U asar,
rol ustida davomli ishlash, mashq qilish, gavda, ovoz
ifodaviyligini oshirishga alohida e ’tibor beradi. Deklamatsiya usuli-
dan qutulish va tabiiylikka erishish uning aktyorlar oldiga qo ‘ygan
eng m uhim vazifalaridan biri bo ‘ldi. G arrik birinchi bo'lib davomli
repetitsiya jarayonini taom ilga kiritdi. Devid G arrik ingliz teatri
tarixidan eng ulug‘ teatr arboblaridan biri sifatida o ‘rin oldi.