qilmaslikka ilojlari qolmaydi», deydi.
X atti-harakat, kechinm a klassitsizm teatri aktyorida yetakchi
ifoda omillari hisoblangan. Lekin aktyorning obrazga kirishi taomil
hisoblanmagan. Aktyor ham m a rolda bir xilda o ‘z tabiiy borlig‘ida
ko'ringan. Shu sababli har bir spektaklda personajlarning ruhiy,
jism oniy borlig'iga m onand aktyorlar tanlangan. N atijada, m a’lum
rollam i m a’lum aktyorlar o'ynashdan iborat teatr ampluasi tartibi
shakllangan. Podsholar, qahram onlar
rollarini xushqom at, kuchli,
shirador
ovozli
aktyorlar;
m ustabidlarni
shijoatkor,
zardali,
m ustahkam irodali aktyorlar; oshiqlar rollarini o ‘tkir hissiyotli,
qaynoq ehtirosli aktyorlar... ijro etganlar.
H ar qanday holatda ham aktyor jozibali va ulug‘vor ko‘rinishi
lozim edi. Qadam lar qat’iy, shaxdam qo‘yilishi, harakatsiz holatda
oyoqlar baletchilarda boMganidek, tovonlari juftlangan vaziyatni oli-
shi kerak. Teatr liboslari ham oliy zotlar jamiyatining vaziyatni olishi
kerak. Teatr liboslari ham oliy zotlar jamiyatining dil va ehtiroslariga
m onand bo'lishi shart edi. Yangi uslubning nazariyachilari hatto, har
bir ehtiros turining m a’lum ifoda yo'sinini ham ishlab chiqdilar. M a
salan, sevgiga — nazokatli,
jozibali ovoz, nafratga — shiddatli, zar
dali ovoz ohanglari kabi, ifoda yo‘sinlari ishlab chiqildi.
Klassitsizm teatrining sahnaviy maktabi, um um an olganda,
teatr san’ati tarixida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu m aktab tufayli
aktyorning um um iy m adaniy saviyasi ko'tarildi, aktyor rol ustida
ongli ishlash ko‘nikm asini oittirdi, o 'z didini oshirdi. Klassitsizm
o ‘yin qoidalari sahna san’atining turli jihatlarini o 'z
ichiga olgan
butun bir tizim ini tashkil etdi. Bu dram a teatri bo'yicha yaratilgan
birinchi sahna maktabi edi.
Lekin ayni shu qoidalar sahna san ’atining keyingi rivojida ko‘p
to'siqlarni keltirib chiqardi. Yosh aktyor tajribali sahnadoshining
o ‘yin usulini o'zlashtirishi shart bo'lib, shundagina usta deb e ’tirof
etiladigan bo'lib qoldi. Bunday yo‘l, tabiiyki, bir niarta m uhrlanib
qolgan siyqa ifoda shakllarini keltirib chiqardi. Faqat sanoqli yuqori
iste’dod egalarigina yuqori san ’at nam unalarini yarata oldilar.
Tragediya janriga asoslangan klassitizm teatri qahram onlik
poeziyasini talab etgan bo'lsa, M olyer o 'z teatriga hajv va jonli in
soniy kechinm alar bilan yo‘g‘rilgan satirik qiyofalarni olib kirdi.
M olyer ifoda etgan hayot haqiqati — bu turm ush m anzaralarining
ko'chirm asi emas, bu inson m anaviy hayotining komediyadagi
badiiy um um lashm asi in ’ikosidir.
M olyer, aw alo, buyuk aktyor edi.
M uxlislardan biri shunday
yozgan edi: «U boshidan tovonigacha aktyor edi, unda bir necha
82
xil ovoz bordek tuyulardi; uning ham m a yeri so‘zlardi; birgina
qadam tashlashi, iljayishi, kiprik qoqishi yoki boshini liqillatishi-
ning o'zi eng so'zam ol kishining bir soatlik gapidan ko‘ra ko'proq
m a’noni anglatardi*. M olyer xizm atkorlar (M askaril, Sganarel) va
mijg‘ov Orgoti Jurden, Argan, G arpagon,
Alsest kabi rollarni ijro
etib, o ‘z sahnaviy ijodi misolida yangicha sahna san ’ati na-
m unalarini nam oyish etadi.
M olyer inson obrazini yaratishda, unga xos qusur va nuq-
sonlarni ham izlash va o ‘zaro m ushtaraklikda ko'rsatishni o 'z mak-
tabining m uhim jihati deb bilgan. U aktyorlardaij risoladagi qoi-
dalarga asoslanishni emas, balki insoniy xarakterlarni anglash, in-
sonning ichki olamiga kirishni talab etar edi. «
0
‘z rolingiz m ohi-
yatini anglang, o'zingizni o ‘sha ko'rsatilayotgan kishining o'zim an
deb tasaw u r qiling», der edi.
Klassitsizm dramaturgiyasida ham tragediya, ham komediya
janrlari taraqqiyoti doirasida ularni ijro etishning ikki xil yo‘li,
maktabi ham shakllanib bordi.
M olyer vafot etgach, u rahbarlik
qilgan truppa a ’zolari «Burgundiya oteli» truppasi jam oasi bilan
uyushib, 1680-yili shu ikki yo'nalishni o'zida mujassam etgan
«Komedi Fransez» deb ataluvchi yangi teatrga asos solindi. Bu
teatr hozirda ham fransuz sahna san’atining eng sara a n ’analarini
davom ettirib keladi.