S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

JAN RASIN (1639—1690-y.)
Klassitsistik tragediya janri rivojining ikkinchi bosqichi Jan 
Rasin ijodi bilan bog'liq. U nozik axloqiy m uam m olarni tadqiq 
etish, insoniy kechinm alar olamiga chuqur kirib borish bilan bu 
jan r takomiliga bebaho hissa qo'shgan.
Rasin L e-Ferte-M ilonda viloyat prokurori oilasida tug'ilgan. 
Bir yoshga kirmayoq onasidan, uch yoshida otasidan yetim qoladi. 
17 yoshida Por — Royal ibodatxonasi maktabiga o'qishga kiradi. 
Bu m aktabda hirsu 
havaslardan tiyinish asosiy qoidalardan 
hisoblangan. Bu qoida Rasin ijodiga t a ’sir ko'rsatm ay qolmadi.
Rasin Parijga kelar ekan, tez orada Bualo, M olyer kabi atoqli 
ijodkorlar bilan tanishadi. «Fivanom a yoki aka-uka dushm anlar* 
(1663) va «-Buyuk Iskandar» (1665) uning ilk tragediyalari edi. Ke­
yingi asari «Andromaxa» (1667) fransuz klassitsizm tragediyasi rivo- 
jida yangi voqeaga aylandi. M azkur asar voqeasi Troya tarixidan 
olingan bo'lib, unda quyidagilar hikoya qilingan edi: Troya sardori 
Xektorning beva qolgan ayoli Androm axa Axilning o'g'li Pirm ing 
qo'lida asirlikda; Pirr sevgi izhor etib, asiradan ko'ngil qo'yishni ta- 
lab etadi, aks holda yosh bolasini o'ldirishini aytadi. Androm axa 
erining xotirasiga xiyonat qilishni xohlam aydi, Pirrdan o'g'lini 
o'ldirm aslik haqida va’dasini olgach, to'ydan so'ng o 'z in i-o 'zi no­
bud qilmoqchi bo'lib, u bilan nikohga kirishga rozilik beradi. Asar 
Androm axaning g'alabasi bilan tugaydi.
«Andromaxa» tragediyasi mohiyatini bejilov xirsu havas va 
unga zid bo'lgan sog'lom aql va hurlik tuyg'usi belgilab bergan. Bu, 
aslida, jam iyat hayotining ikki asosini, ya’ni zo'rlikka asoslangan
74


mustabid tabaqaning xudbinona manfaatlari bilan um um manfaati 
orasidagi murosasiz to ‘qnashuvlarni anglatardi. Pirr millatning 
«aqli», «irodasi» bo'lishdek ulug‘ m artabani oyoqosti qiladi, shaxsiy 
xirs-ehtiros quliga aylanadi. U Andromaxaning sevgisi evaziga u n ­
ing o ‘g‘lini o ‘limdan saqlab qolish, Troyani qayta tiklash haqida 
va’dalar beradi. Pirrga ko‘ngil q o ‘yish uning yovuzliklariga sherik 
bo'lish degan gap bo‘lardi.
Androm axaning jasorati o'zini pok saqlay olish, shahid ketgan 
erining xotirasiga sodiq qolishdagina ko'rinm aydi, u yurtiga xiyonat 
qilishdan ko'ra o'lim ni afzal ko'rgan chin vatan fuqarosining m ar- 
donavar harakatida ham yorqin ifodalangan edi.
Shunday bo'lib chiqadiki, Andromaxa tirik qoladi: Pirr malika 
G erm ionaning jazm ani Orest tom onidan ibodatxonada o'ldiriladi. 
G erm iona vahim a ichida Pirrning jasadi qarshisida o'zini o'zi 
pichoqlaydi, Orest savdoyi bo'lib qoladi. Shu zaylda xirs bandalari 
shu xirsning yemishiga aylanadilar.
«Andromaxa»dan so'ng Rasin, oradan ikki yil o'tgach, «Britan- 
nik» (1669), so'ng «Berenika» (1670), 
*
Boyazid* (1672), «Mitridat» 
(1673), «Ifigeniya Avlidada» (1674) tragediyalarini yaratadi.
Rasin jam iyat tuzum ining nobopligini emas, balki axloqiy 
tubanlikni tanqid ostiga oldi. Uning tragediyalarining oilaviy 
mavzuga qaratilishi insoniy kechinm alarning axloqiy tahlil etilishi 
bilan bog'liq. Lekin Rasin oilaviy m avzulami shu qadar yuksak fo- 
jeiy darajada hal etdiki, natijada ijtimoiy hayotning m uhim jihatlari 
yaqqol nam oyon bo'ladi. «Fedra» (1677) asari shunday tarzda 'ijti­
moiy va falsafiy m a’nodagi tragediyalar sirasiga kiradi.
Fedra haqidagi tragediya Yevripid va Seneka asarlari ohangida 
yozilgan. Fedra o'zining o'gay o 'g 'li Ippolitni haddan ziyod qattiq 
sevib qolgan; u bu gunohkorona sevgidan biror n af yo'qligini tu- 
shunadi, enaga E nona maslahatlariga rioya etib, qalb azoblaridan 
qutulishi ham mumkin edi. Lekin Fedra bunday yo'l tutmaydi. U 
axloqiy taomillarga moslashishni xush ko'rm aydi, balki ularga 
o'zini o'ziga bo'yin egdirish yo'lini tanlaydi va shu bilan axloqiylik 
kishilar xulq-atvorining ijtimoiy taomili degan xulosaga keladi.
Fedra ko'plab iztirobli vaziyatlami o'tab, ilojsiz ahvolda qolib, 
oxiri o'zini o'zi halok qiladi. U o'zini sevgiga qurbon qilish bilan 
ta ’magirlik, xudbinlik balosidan ustun keladi.
«Fedra»da sevgi va axloq fojiona mushtaraklikda namoyon 
bo'lgan. Lekin bu poeziyada ko'rinuvchi hodisadir. Hayotda-chi? 
Vijdonning soxtalashuvi hisobiga xudbinlik bamisoli ko'ngil mulkiga 
aylanib qoldi. Shu zaylda gumanistlar orzu qilgan shaxsiy va um um -
75


insoniy baxt mushtarakligi sarobga aylandi. Shoir xususiy va ijtimoiy 
axloq bilan baxt orasida o'zaro mushtaraklik yo‘qligi, riyokorona 
moslashishdan cho'chib, gunohkorona sevgi vasvasasiga tushgan 
bo‘lsa-da, lekin o ‘z sevgisining o ‘tli va pokizaligi, tabiatan hayotiyligi 
bilan kishini hayratga soluvchi fojeiy ayol obrazini yaratgan.
0 ‘z ijodining so‘nggi bosqichida Rasin «Bibliya» sujetlariga 
suyanib, «Esfir» (1689) va «Gofoliya» asarlarini yozadi.
Rasin dram alarida inson taqdiri faqat fojiona ruhda idrok 
etildi. Buyuk shoir jam iyat farovonligini uning axloqiylik mezoni 
bilan bog'liq tarzda idrok etdi va uning qahram onlari timsolida 
jam iyat va axloq orasidagi ziddiyatlar o ‘z ifodasini topdi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish