lar belgilab bergan. Bu teatrlar tashkiliy jihatdan ikki turga
bo‘lingan edi: biri aktyorlaming o'zlari tom onidan boshqariladigan
hissadorlik (paychilik) va yana biri kapitalistik tijorat asosiga quril-
gan teatrlar edi. Tijoriy teatrlar tizimida bino, libos, sahnaviy ji-
hozlardan
tortib
barcha
moddiy
ashyolar
teatr
egasi —
tadbirkorning xususiy mulki hisoblangan.
Bu xil teatrlarda tad-
birkor foyda ko'rishni ko‘zlab, arzon-garovga kerakli pyesa topgan,
truppa yollagan. Filipp Genslo shunday teatr egalaridan bo‘lib, bir
n echa teatrga egalik qilgan.
Londonda barcha teatrlar shahar hokimiyati tasarrufidagi
hududlardan tashqarida, Tem za daryosi qirg‘oqlarida joylashgan
edi. «Shahar buzrukvorlario teatrni «andishasizlik makoni» deb
e ’lon qiladilar. 1576-yilning 6-dekabrida Londonda teatr to-
moshalarini ko‘rsatishni m an etish haqida buyruq chiqariladi.
Aktyorlar, asosan, huquqsiz kambag'al
kishilardan iborat edi,
ular qirollikning rasmiy hujjatlarida uysiz daydilar qatoriga kiritil-
gan bo'lib, biror aslzoda homiyligiga olinmagan taqdirda shafqatsiz
ravishda jazolanar edi. U lar qaysidir martabali shaxsning «ma!ayi»
degan nom ostida jon saqlashga majbur edilar. H atto, Shekspir
faoliyat ko'rsatgan truppa ham «Lord Kamerger malaylari» nomi
bilan yuritilgan.
Biroq quvg'in va ta ’qiblar teatr rivojini to'xtata olmadi.
Tem zaning soya-salqin janubiy sohilida birin-ketin yog‘ochdan
om m abop teatrlar qad ko‘tara boshladi. Ularning biri yumaloq, biri
to ‘rt qirrali, yana biri sakkiz qirrali («Globus» teatridek) edi. Bular
faqat sahnasining usti yopiq teatrlar bo'lgan.
Spektakllarni ko'rishga 1500—2000 gacha tom oshabin kirgan.
«Globus» teatri atrofi taxta bilan o'ralgan
sakkiz qirrali shaklda,
tom osha zali ichkariga cho'zilgan sahnadan iborat bo'lgan. Pros-
senium deb ataluvchi old sahna, orqa sahna va orqa sahna tepali-
giga joylashgan tepa sahna — balkon spektakl ko'rsatiluvchi ma-
konlar hisoblangan. Tepa balkonning oynasi bo'lib, pastlikdagi ki-
shilar bilan shu oyna orqali m uloqot (m asalan, «Romeo va Julyet-
ta»da
R om eo
va
Julyetta
suhbati)
o'rnatilgan.
Spektakl
ko'rsatiladigan kunlari
balkon-sahna ustidagi minoraga, odatda,
bayroq qadab qo'yilgan.
Spektakl sahnaga gilam, bo'yralar to'shalib, bezatilgan holatda
ko'rsatilar, tragediyalar o'ynalganda tepaga qora, komediyalarda
yashil rangli mato tortib qo'yilar edi. Badiiy bezaklardan ayrim
izohlar o'rnidagina foydalanilgan.
Bir tup daraxt, masalan, voqea
o 'rm o n d a kechishini anglatgan, ayrim hollarda voqea o 'tish joyi
69
yozilgan taxtachalar sahna ustuniga ilib q o ‘yilar edi.
Truppalar tarkibi
8
tadan 14 nafargacha aktyordan iborat
bo'lgan. H ar bir aktyorga bir nechtadan rol o'ynashga to ‘g‘ri kel
gan. Eduard Alleyn (1566—1626) va Richard Berbedj (1567— 1619)
Shekspir davri teatrining eng m ashhur aktyorlari bo'lganlar. Alleyn
Genslo
truppasida ishlab, M ario tragediyalaridagi Am ir Tem ur,
Faust kabi rollarni ko‘tarinki ruhda ijro etgan. Shekspir nazarida
uning ijrosida soxta vajohat va ko'tarinkilik ustun edi. Richard
Berbedj Shekspirning yaqin do'sti bo'lib, u «Globus» teatriga bosh-
chilik qildi va O tello, Hamlet,
Richard III, Qirol Lir, M akbet kabi
rollarni birinchi bo'lib ijro etdi. Bu aktyor o'zining teran kechin-
malari bilan tom oshabinlam i hayratga solgan.
Shekspir sahnada insoniy kechinm alam i haqqoniy va shoirona
jo'shqinlik bilan ko'rsatishni ko'zlab, aktyorlar oldiga shunday talab
qo'ygan edi: «So‘zga
yarasha harakat qiling, harakatga yarasha
gapiring. Lekin bular tabiiylik chegarasidan chiqmasligi shart. H ar
qanday haddan oshm oqlik — teatrning maqsadiga xilofdir*. Ri
chard Berbedj Shekspirning shu talablarini ko'zda tutib sahnaga
chiqqan birinchi aktyor edi.