• VILYAM SHEK SPIR (1 5 6 4 -1 6 1 6 -y .)
  • S tursunboyev jahon teatri




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/134
    Sana27.09.2024
    Hajmi9,43 Mb.
    #272697
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134
    Bog'liq
    Jahon tetri tarixi

    Tomas Kid 
    (1557— 1595) asarlari ham munosib 
    o'rin tutgan. Uning «Ispan fojiasi» asari ingliz sahnasida qasos tra- 
    gediyasi janrini shakllanishiga turtki bo'ldi.
    M arloning yana bir m ashhur zamondoshi Robet G rin (1558— 
    1592) bir necha pyesalari, ayniqsa «Jord G rin, Vekfild dala 
    qorovuli» qahram onlik komediyasi bilan o 'z iste’dodini yaqqol 
    nam oyon etgan. G rin ijodining xalqchilligi uning ifoda uslubida 
    ham yaqqol ko'rinadi.
    Shekspirning salaflari U yg'onish davri ingliz tragediyasi va ko- 
    mediyasiga asos soldilar: xalq sahnasiga qimmatli g'oyaviy, axloqiy 
    haqiqatlar kirib keldi, sahnada qudratli qahram on, yangi zam on- 
    ning mardonavor, shijoatkor kishisi obrazi mujassam etildi.
    VILYAM SHEK SPIR (1 5 6 4 -1 6 1 6 -y .)
    Shekspir dram alari jahon san ’ati yutuqlarining eng nodir na- 
    m unalarini tashkil etadi. Davrning real voqeliklarini teran aks etti- 
    ruvchi bu asarlar kundalik turm ushning ruhsiz izoxi bo'lib qolmadi. 
    Ular yuksak um um lashm a asarlar darajasiga ko'tarildi. Bu hoi 
    dramaturgga jam iyatdagi shiddatli to'qnashuv va ziddiyatlami ochib 
    tashlash, 
    davrning 
    m ashaqqatli 
    m uam m olarini 
    olg'a 
    surish 
    imkonini berdi. Inson va U yg'onish davri haqidagi haqiqat 
    qanchalik achchiq va o'kinchli bo'lm asin, Shekspir bu haqiqatni 
    butun borlig'icha to 'la -to 'k is bayon qilib berdi.
    58


    Ulug‘ mutafakkir va daho so‘z ustasi Shekspir nom ining jahon 
    teatri tarixida abadiy boqiyligi u yaratgan san’atning insonparvar- 
    ligi, xalqchilligi, m azm unan g‘oyat teran va haqqoniyligi bilan bel- 
    gilanadi.
    Vilyam Shekspir 1564-yil 23-aprelda Angliyaning qoq yuragida 
    joylashgan Stretford shahrida tavallud topgan. Uning otasi Jon 
    Shekspir o'ziga to ‘q savdogar va teri oshlovchi hunarm and edi. 
    Onasi Meri kambag‘allashib qolgan arden dvoryan oilasidan 
    chiqqan.
    Vilyam yetti yoshida mahalliy maktabga boradi. Bu yerda 
    o ‘quvchilar notiqlik san’ati, m antiq ilmi, lotin, yunon tillari, antik 
    adabiyot, mifalogiya asoslaridan voqif bo'ladilar. 1580-yillarning 
    oxirida Shekspir Stretfordni tark etib, sayyor truppa safida bir- 
    m uncha vaqt viloyatlarda safarda bo'lgan, so‘ng Londonga kelib, 
    bir truppaga ishga kirgan.
    Shekspirning ijodiy faoliyati 1594-yildan «Lord Kamerger 
    truppasi» — bilan bog'liq. U atoqli aktyor Richard Berbedj rahbar- 
    lik qiluvchi shu teatrda 1612-yilgacha ishlaydi. Uning so‘nggi to ‘rt 
    yillik umri Stretfordda o ‘tadi. U 1616-yiIning 23-aprelida, o'zi 
    tug'ilgan kuni shu shaharda dunyodan ko‘z yuniadi.’
    Shekspir o 'ttiz yettita pyesa yozgan. Ijodining dastlabki o ‘n yil- 
    ligi (1590—1600) davomida ikki tragediya («Romeo va Julyetta», 
    «Yuliy Sezar»)dan istisno faqat komediya va tarixiy solnom alar 
    yaratdi. Bu asarlarda Shekspirning hayotga bo'lgan ishonchi ufurib 
    turadi, shundan bo'lsa kerak, bu bosqichni — hayotbaxsh ijod 
    davri deydilar. «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir» kabi asarlar yaratil­
    gan 1600— 1608-yillar fojeaviy ijod davri, «Qish ertagi», «Bo'ron» 
    kabi pyesalar dunyoga kelgan 1608—1612-yillar rom antik ijod davri 
    deb izohlanadi.
    Tarixiy solnoma deganda Angliyaning keyingi uch yuz yillik 
    tarixidan olib yozilgan dram alar ko'zda tutiladi. Bular «Genrix VI» 
    ning uch qismi va «Richard III» va «Richard II», «Genrix IV»ning 
    ikki qismi va «Genrix V» dan iborat ikki tetralogiyadan iborat asar­
    lar majmui bo'lib, ularda davlatning yaxlitligi, uning xalqqa 
    g'am xo'rligi, odil va dono hukm dor tom onidan boshqarilishi m u- 
    am m olari olg'a surilgan. H ukm dorning shaxsi masalasi hamisha 
    Shekspirning diqqat markazida bo'lib kelgan. Shekspir oqil va qobil 
    hukm dor obrazini birdaniga chizmaydi:
    G enrix VI, masalan saxiyqalb, insonparvar, lekin irodasi bo'sh 
    m onarx bo'lganidan feodaliar beboshligini jilovlay olmaydi. Uning 
    qotili 
    G loster, 
    bo'lg'usi 
    Richard III 
    esa irodasi metindek
    59


    m ustahkam , yuksak aql-idrok egasi, am m o qabih va yovuz kimsa. 
    «Ricliard III»da Shekspir R ichardni kishilarning fikr-o'yini darhol 
    o'qiy oladigan va ulam i darhol sehrlab, o ‘z izmiga sola oladigan 
    shaxs tarzida ko'rsatgan.
    Richard shahzoda Eduardni ham , qirol G enrix VI ni ham qatl 
    ettiradi. Eduardning bevasi m alika A nna qaynatasi Genrixning 
    jasadi qabristonga olib ketilayotgan tobut orqasida borar ekan, 
    Richard uni qarshi oladi. M otam libosidagi bu ayolni Richard 
    shunday avraydiki, Anna uning uzugini qabul qilib, erining shu 
    qotiliga tegishga rozilik berganini o ‘zi ham bilmay qoladi. Sheks- 
    pirning ta ’kidlashicha, qon to'kilgan joyda farovon davlat qurilishi 
    mum kin emas, jinoyat bilan baxtli jam iyat qurib bo'lm aydi. Ri­
    chard jang arafasida o ‘z chodirida uxlar ekan, tush ko'radi. Richard 
    o'ldirgan kishilarning arvohlari uning qarshisida birm a-bir paydo 
    bo'lib, qotilga o'lim tilab saf tortib o 'tib boradilar. Bu sahnada vo- 
    qealarga yakun yasovchi sahna deyish mumkin. Richardning 
    yovuzligiga shu sahnada hukm chiqariladi. Qotilning o'lim i rnu- 
    qarrar: u R ichm andning q o'lida o'ladi.
    Shekspirning «Yanglishlar komediyasi*, «Qiyiq qizning quyi- 
    lishi», «Veronalik ikki yigit», «Yoz tunidagi tush», « 0 'n ikkinchi 
    kecha» kabi komediyalari 1590-yillarning mahsuli bo'lib, ular 
    Uyg'onish faslining nurli dunyoqarashi va erkin insonning tabiiy 
    mehr-saxovatiga ishonch tuyg'usi bilan iim m o-lim . Ulardagi kulgi 
    odatdagi fosh etuvchi komediyalarga xos qahrli, achchiq kulgiga 
    o'xsham aydi. Bu kulgi inkor etishga emas, balki shaffof hayot qu- 
    vonchlari-yu sog'lom va baxtli kishilar quvonchlarini ifoda etishga 
    qaratilgan. «Qiyiq qizning quyilishi* ham bundan mustasno emas. 
    Shekspir o 'jar ayol va m usht bilan uning esini kiritgan er haqidagi 
    ingliz farsidan shunday san’atkora foydalanganki, natijada, ulkan 
    sevgi, vafo va sadoqat haqidagi komediya paydo bo'lagn. Luchen- 
    sio, G rem io va G ortenziodan iborat uch og'ayni zodagon Baptis- 
    taning Bianka degan qizini sevib qolishgan. Lekin Bianka opasi 
    Katarina turm ushga chiqm aguncha erga chiqolmaydi. Katarina shu 
    darajada o'jar, qo'rski, biron yigitni yoniga yo'latm aydi. Shunday 
    vaziyatda Katarinaga m unosib xushtor topiladi, u qizdan ham o'jar, 
    chapdast Petruchcho edi. O 'jarlikda bir-biridan qolishmaydigan bu 
    ikki yosh «tanishuv, olishuvlar* orqali bir-birini topadi va baxtli 
    nikohga erishadi, Bianka esa Luchensioga turm ushga chiqadi.
    Erkak qiyofasiga kirib, ajoyib-g'aroyib sarguzashtlar ila m urod- 
    maqsadiga yetuvchi yigit-qizlar timsollari Shekspir asarlarida 
    ko'plab uchraydi. Bunga birgina misol: kema halokatga yo'liqadi;
    60


    akasi Sebostyanni yo‘qotgan Viola yigitchasiga kiyinib, o ‘ziga 
    Sezario isrnini olib, graf Orsino xizmatiga kiradi. Orsino grafinya 
    Oliviyani sevsa-da, lekin qizda unga nisbatan moyillik yo‘q. Ishga 
    Sezario (Viola) kirishadi: Oliviya, qarangki, Orsino nom idan kelgan 
    sovchini munosib yigit deb bilib, unga sevgi izhor qiladi: Tabiiyki 
    Viola inkor etadi. K o'p o ‘tm ay, ayni Violaga o ‘xshash yigit kirib 
    keladi, u Violaga ikki tomchi suvdek o ‘xshash b o ig an akasi Se- 
    bostyan edi. Sebostyan Oliviyani taklifini darhol qabul qiladi, ular 
    qovushadilar. Shu bahona ikkinchi juftlikning ham baxti kuladi. 
    Orsino o 'z xizmatchisining latofatli qiz ekanini bilib qolgach, unga 
    uylanadi.
    «Yozgi tundagi tush» asarini Shekspir komediyalari orasida eng 
    shoirona komediya deyish mumkin. U nda nafis Iirizm, sehrli fan- 
    tastika, dag'al kulguli tunnush lavhalari ajib bir uyg‘unlikda 
    nam oyon bo'lgan. Asar voqeasi graf Tezeyning to'yida ko'rsatilishi 
    lozim b o ig an toinoshaning mashqi tarzida tasnif etilgan. G erm i- 
    yaning otasi uni Demetriyga turmushga berm oqchi, qizi esa Lizan- 
    drni 
    sevadi. 
    Ikki 
    yosh 
    otalar 
    tazyiqidan 
    qochib, 
    o'rm on 
    quchog'idati panoh topadilar. Oxiri Lizandr va Gertniya Yelena va 
    Demetriy bir-birilarining visoliga erishadilar.
    Shekspir ijodining ikkinchi bosqichida inson tabiatining 
    go'zalligi va komilligini madh etuvchi komediyalar, odil saltanat 
    tarzini tasdiq etuvchi solnomalar o'rnini dard-alam , qahr-g‘azabga 
    t o l a tragediyalar egallaydi, ularda gum anistlar ezgu niyatlarining 
    sarob b o lib chiqishi, qabihona xudbinlik tantanasi, «zamonlar rish- 
    talarining uzilishi» o ‘z ifodasini topdi.
    Shekspir ijodining birinchi bosqichida yaratilgan «Romeo va 
    Julyetta» tragediyasida feodal adovat o 'rta asr bid’ati Uyg'onish 
    davrining serzavq yoshlari olamiga qaram a-qarshi qo'yildi. Romeo 
    va Julyettalam ing oilalari — Mantekki va Kapulettilar shunday 
    murosasiz raqiblarki, dushmanlik hissi keksalaradan yoshlarga ham 
    ko'chgan edi: 
    Kapulettining jiyani Tibalt Rom eoning do ‘sti 
    Merkutsioni olishuvda qilich bilan halok etadi, so'ng Romeo Ti- 
    baltni o ld irad i. Romeo Veronadan badarg‘a qilinadi. Julyetta 
    cherkovda rohib Lavrentiy homiyligida Romeo bilan nikohlangan 
    b o lsa -d a , lekin vaziyatdan foydalanib, ota-onasi uni Bekning 
    qarindoshlaridan Parisga turmushga berib yuborishlari m um kin edi. 
    Ruhoniyning maslahatiga ko'ra Julyetta 42 soat uxlatuvchi dori 
    ichadi, toki, o lik deb sag'anaga ko'm ilgach, uyg'onish soatida 
    Romeo yetib kelishi kerak. Julyettaning o lim id an xabar topgan 
    Romeo sag'anaga o ‘zi yetib keladi, Julyettani o lik deb bilib, zahar
    61


    ichadi. Julyetta uyg'onadi, R om eoning o ‘lik jasadini ko‘rgach, 
    uning yonidan pichog'ini olib, o ‘zini o ‘zi nobud qiladi.
    Veronalik ikki oshiq-m a’shuq haqidagi qayg'uli qissa — bu ayni 
    zam onda jah o n adabiyotida g'olib sevgi haqidagi doston ham dir. 
    Shekspim ing «Romeo va Julyetta* dram asining shukuhi — bu sevgi 
    g'oyasidan iborat, - deb yozgan edi. V. G . Belinskiy, — zero, 
    oshiqlarning ko‘tarinki, dil so'zlari yulduzlar nuridan porlab, o'tli 
    to iq in bo'lib yog'ilib turadi...»
    R om eo va Julyettaning muhabbati birdaniga alanga oladi. 
    Rom eo Julyettani birinchi ko'rishdayoq m o'jizakor parivashga duch 
    kelgandek bo'ladi, borlig'i o ‘zgarib, ju ra t va dadillik kasb etadi.
    Jam olidan m ash'allar ham b o ‘ldilar xira!
    T un q o ‘ynida olmos yanglig" barq urar husni.
    G o ‘yo zanji qulog‘ida porloq zirakday;
    Bu dunyoga nisbatan u kop qimmatbaho!
    G o ‘yo oppoq kabutardir z o g ia r ichida.
    U ning xusni bo'laklam ing husnin uchirar.
    Ilgari xam sevarmidim? Toning, kuzlarim!
    Shu kungacha go‘zallikni bilmas ekanman.
    Samoviy va ayni zaminiy sevgi ehtiroslari Romeo Julyettaning 
    hadsiz qalb sahovatini ochib yuboradi.
    Dengizlarday bepoyondir m enda saxovat,
    Dengizlarday m enda chuqur sevgi-muhabbat.
    Q ancha behad tortiq qilsam m uhabbatim ni,
    Shuncha cheksiz — bepoyon bil saxovatimni.

    Download 9,43 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   134




    Download 9,43 Mb.
    Pdf ko'rish