S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

(Jamol Kamol tarjimasi)
Oliyhimm at jangchi M akduf oyoqosti qilingan adolat nomi bi­
lan zolim ning jazosini beradi. U M akbetning boshini yoshgina 
yangi qirol Melkomning oyoqlari ostiga olib kelib tashlaydi. G 'a m - 
xasrat o 'tid a kuygan shotlandiyaliklarga tinchlik va osoyishtalik 
va’da qilinadi. Yosh hukm dor «qotil, uning do'zaxi» xotini va 
ulam ing sheriklari ustidan qatag'on o'tkazishga qaror qiladi. Lekin 
qotilning qilichidan boshi qirqilgan shaxidlar tiriladimi? Qonli vas- 
vasalardan o 'zi ajal tig'iga urilgan jasoratli M akbet tiriladimi? 
Shekspir diqqatu shuurimizni shularga qaratadi.
Shekspirning hayot voqeligining insoniylik idealiga zidligi 
haqidagi tasaw uri uning har bir tragediyasida yaqqol chuqurlashib 
bordi. Hokim iyatdan judo bo'lib, oxiri savdoyi holiga kelgan Lir 
yoki o'zini ajal tig'iga urgan Makbet («Makbet») tiriladimi? Sheks­
pirning istiqboli porloq hayotga bo'lgan ishonchi so'nadi. Shundan 
u xayoliy ruhdagi pyesalar yozib, ularda gum anistlam ing yuksak in-
67


soniy ezgu niyatlarini ifoda etadi. Bular Shekspir ijodining uchinchi 
bosqichida yaratilgan rom antik dramalardir.
0 ‘zbek san’atkorlari aynan Shekspir asarlari orqali yuksak 
ijodiy yutuqlarga erishdilar va bu buyuk so‘z ustasi asarlarini talqin 
etishda jahonning eng nodir iste’dodlari qatoridan o 'rin oldilar. 
«HamIet (1935) , «Otello* (1945) tragediyalarini qo'yishdan bosh- 
langan o'zbek sahna shekspim om asi keyinroq «Romeo va Julyetta*, 
«Yuliy Sezar*, «Qirol Lir», «Korialan», «Qiyiq qizning quyilishi*, 
« 0 'n ikkinchi kecha* kabi asarlar bilan boyidi. 2004-yili Milliy 
akadem ik dram a teatrida «Yozgi tundagi tush* (rej. A. Xojquli, taij. 
M irpo'lat M irzo) asari qo'yildi.
Shekspir asarlariga yondashuv yo'lini ilk bor «Hamlet» asarini 
sahnaga qo'ygan atoqli rejissor M annon U yg'ur, uni taijim a qilgan 
shoir C ho 'lp o n va unda Xamlet rolini ijro etgan Abror Hidoyatov- 
lar belgilab bergan edilar. M. U yg'ur «Otello» asari talqinida ham
tarjim on, ulug' shoir G 'a fu r G 'u lo m va bosh rol ijrochisi A. Hi- 
doyatovlar ham korligida shekspirona insonparvarlik mavzuyini 
ochishdan iborat yo'lni davom ettirdi va bu Shekspir qahram onlari 
timsoli 
chiqqan 
S.Eshonto'rayeva, 
O.Xo'jayev, 
Sh.Burxonov, 
N .R ahim ov kabi san’atkorlar uchun dasturulam al bo'lib xizmat 
qildi.
Shekspir dramaturgiyasi qandaydir taqir zam inda o 'z-o 'zid an
paydo bo'lib qolgan meros emas edi. Bu qudratli siymo bir guruh 
iste’dodli zam ondoshlari qurshovida ijod qilgan edi. Shekspir 
a n ’analarini davom ettii^an kenja zam ondoshlaridan biri Ben Jo n- 
son (1573—1637) bo'lib, u teatr tarixiga satirik komediyalarining 
yaratuvchisi sifatida kirdi. Frensis Bomont (1584—1616) va Jon 
Fletcher (1579—1625) ingliz dramasida zodagonlar hayoti yo'nalishi 
ifodachilari sifatida ko'rindilar.
U yg'onish davri poyoniga yetgan sari ingliz tetrida zodagonlik 
g'oyalari hukm ron kuchga aylana boradi. Buijuaziya siyosiy hoki- 
miyatni qo'lga kiritgach, 1642-yili parlam ent barcha om m abop 
teatrlarni yopish haqida qaror qabul qiladi. Shu zaylda puritanlar- 
ning m utaassibona hayqiriqlari natijasida ingliz teatrining rivoji 
m a’lum davr ichida to 'h tatib qo'yiladi.

Download 9,43 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish