S tursunboyev jahon teatri




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/134
Sana27.09.2024
Hajmi9,43 Mb.
#272697
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134
Bog'liq
Jahon tetri tarixi

85


INGLIZ TEATRI
DRAMATURGIYA
1688—1689 yil-ingliz buijua inqilobi tufayli ingliz teatri tarixida 
yangi davr boshlanadi. Hokimiyatga qaytib kelgan Styuartlar dinasti- 
yasi puritanlar tom onidan quvg‘in qilingan teatmi qayta tiklaydi.
M a ’rifatparvarlik teatriga xos qator teatr janrlari dastlab Angli- 
yada shakllandi. Shunday janrlardan biri sentim ental (hazin) tash- 
viqiy komediya bo'lib, uning bosh maqsadi — yaxshilik na- 
m unalarini ko'rsatish bilan kishilarni ezgulikka d a ’vat etishdan ibo­
rat bo'ldi. Keskin to'qnashuv va kulgili vaziyatlarni chetlab o'tuvchi 
bu xil komediyada burjua turm ushi ko'tarinki ruhda ifodalandi, 
burjuacha axloqiy tam oyillar tasdiq etildi.
1730-yillarning boshida yana bir jan r — buijua tragediyasi yoki 
m eshchan dramasi paydo bo'ladi. M eshchan dramasida oddiy in­
son fojeiy sahnaning bosh qahram oniga aylandi. Joij Lillo (1693— 
1739)ning «London savdogari yoki Jorj Barnvel qissasi» (1731) asa­
rining ulkan muvaffaqiyati bu janm ing sahnada tasdiqlanishiga ku- 
chli ta ’sir ko'rsatadi. Asarda Jon Barnvelning suyug'oyoq Milvudga 
ilashib qolib, uning qistovi bilan xo'jayinining mulkini o'g'irlashi, 
keyin merosiga egalik qilmoqchi bo'lib, o 'z amakisini o'ldirishi 
haqida hikoya qilingan edi. Jinoyatchilarning har ikkalasi ham qatl 
etiladi.
Ballada operasi va m ashq (repetitsiya) janrlari keng yoyiladi. 
Bu janrlarga m ansub asarlarda mavjud tartibotga nisbatan tanqidiy 
m unosabat kuchli ifoda etilgan. Ballada operasi — parodiya janri- 
dir; unda qo'shiqlar, odatda, m utlaqo nomuvofiq ohanglarda, ya’ni 
kulgili so'zlar g'ussali, g'ussali so'zlar kulgili ohanglarda aytilgan. 
Q ahram onlar bamisoli ikki qiyofali bo'lib ko'rinadilar: m asalan
qaroqchilar tarzida 
ko'ringan 
kimsalar m utlaqo 
o'zgacha — 
qaroqchi-siyosiy arboblar tarzini oladilar.
Mashq — repetitsiya janri «teatrda teatr» usuliga asoslangan 
janrdir. Bu janrning tarixi «Bukengemning» M ashq (1671) pyesasi- 
dan boshlandi. 25 ta pyesa yozgan yirik hajv ustasi G enri Filding 
(1707— 1754) ham bir qator pyesalarini m ashq janrida yozib, buijua 
demokratiyasidagi soxtaliklarni fosh etgan.
Lekin tom oshabinlar orasida keng shuhrat topgan ballada ope­
rasi janri bo'lib, u Jo 'n G ey (1685—1732) ning 1728-yili sahna- 
lashtirilgan «Qashshoq operasi» asaridan so'ng keng taraqqiyot 
yo'liga kirdi. XX asrda «Qashshoq operasi* sujeti asosida B. Brext
86


«Uch mirilik opera» asarini yozdi.
XVIII asm ing 60-yillaridan «odatdagi» komediya taraqqiyoti 
boshlanadi. U quvnoq komediya nomi bilan dunyoga kelib, senti­
m ental komediyani siqib chiqara boshlaydi.
Oliver Goldsm it (1728—1774) «Teatr haqida tajriba yoki 
quvnoq komediya bilan hazin komediya chog‘ishmasi» risolasida 
komediya tabiatan kishida hazin, iztirobli tuyg‘ularni emas, balki 
o'zining 
quvnoq-xushchaqchaqlik 
xususiyati 
bilan 
hayotga 
oshiftalik hissini uyg‘otuvchi jan r ekanini ko‘rsatib, o ‘zi bu borada 
«Bir tun xatolari» (1773) asarini yaratib ibrat ko'rsatadi. «Bir tun 
xatolaris zam ondosh kishilarning fe’l-atvorini qiziq Iavha va 
obrazlar orqali ko‘rsatish bilan ingliz m a’rifatparvarlik dramaturgi- 
yasida 
insonning 
axloqiy olamini 
tadqiq 
etishga qaratilgan 
yo'nalishning ilk namunasi edi.
«Quvnoq komediya» sohasida erishilgan tajribalar XVIII asr ingliz 
dramaturgiyasining eng yirik vakili — Richard Brinsli Sheridan 
(1751—1816) ning ijodi uchun zamin bo‘lib xizmat qiidi. U 24 yo­
shida «Raqiblar» (1775) degan birinchi komediyasini sahnaga olib 
chiqadi. Uning ortidan shu yiliyoq «Duenya» degan ballada operasini 
yaratadi. 1777-yili yaratilgan «G‘iybat maktabi» komediyasi ingliz 
m a’rifatparvarlik komediyasining eng yirik namunasiga aylandi.
Sheridan teatrga juda ishqiboz kishi bo'lib, 1776-yili atoqli ak­
tyor David G arrik egalik qiluvchi «Druri-leyn» teatrini sotib oladi. 
K atta qarzga botsa-da, teatrning eski binosini buzib, yangisini tik- 
laydi. Tom osha zali deyarli ikki baravar kengaytiriladi. yong'indan 
saqlash uskunalari o'rnatiladi. Sahna shunday jihozlangan ediki, 
unda ko'l hosil qilish mumkin edi. Qayta qurilgan tetarning ochi- 
lish kuni aktyorlardan biri tom oshabinlarning ko‘z o'ngida shu 
k o ‘lda qayiqda suzgan. Taqdir o ‘yini qiziqki, shu teatr 1809-yili 
yong'indan kuyib kul bo'ladi.
Sheridanning ham m a asarlari shov-shuvli muvaffaqiyat qozon- 
gan. Lekin bir asari —«G ‘iybat maktabi* hajv tig‘i eng o ‘tkirligi bi­
lan ajralib turardi. Munofiqlik ingliz jamiyatining qon-qoniga singib 
ketgan illatlardan edi. Shu bois ingliz m a’rifatparvarlari ingliz Tar- 
tyufini ko‘rsatish bo'yicha uzoq muddat harakat qilib kelganlar. 
Shu vazifani Sheridan «G ‘iybat maktabi*da Jozef Serfes obrazi 
orqali amalga oshirdi. Sheridan tom oshabin uchun qandaydir no- 
tanish, yangi voqealam i chizmagan. O 'sha davr ingliz asarlarida 
uchrovchi voqealar yangichasiga tahlil ko'zidan o ‘tkazilgan ed^ 
Oliyjanob, m o 'tab ar shaxs bo'lib «ko‘ringan» Jozef Serfesni keksa 
P iter Tizlning ayoli Tizl xonimga «yaxshi» m aslahatlar berish orqali
87


o'ziga og‘dirib olishi, yom onotlik hisoblangan ukasi C harlz Serfes- 
ning aslida oliyjanob inson bo'lib chiqishi tom oshabinni m aftun 
etarli darajada qiziqarli lavhalarda ko'rsatilgan edi.
Ingliz tetari M a’rifatparvarlik davrida Shekspir davri darajasida 
dram aturgiya yarata olmadi. Lekin sahna san’ati, xususan, aktyor 
ijrochiligi sohasida butun Ovro‘poga ibrat b o ‘larli natijalarga erish- 
di.

Download 9,43 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134




Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish